Seminar dars Tilning paydo bo’lishi haqidagi diniy qarashlar


Download 36.5 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi36.5 Kb.
#202401
Bog'liq
Gulruxsor Yusufjonova 3-seminar dars


3-seminar dars

Tilning paydo bo’lishi haqidagi diniy qarashlar

1.Tavrot.Til qanday paydo bo’lgan degan savol qadim zamonlar- dan insoniyatni qiziqtirib keladi. Tilning kelib chiqishi – glottoge- nez masali azaldan eng qiziqarli va bahsli mavzulardan. O’rta asrlarda glottogenez bo’yicha fikrlarning mohiyatini, ya’ni tilning kelib chiqishini ilohiy talqin tashkil qilgan edi. Bu haqda fanimizda, jumladan O.Donskix va boshqalarning asarlaridan ilk ma’lumot olish mumkin. Antic davrdan boshlab XVlll asr o’rtalariga qadar tilning kelib chiqishi talqinida uning ilohiyligi hukmronlik qilgan.Ibroniy, nasroniy, islomiy muqaddas kitoblar ham tilning paydo bo’lishi haqida o’z talqinlariga ega. Ibroniy va nasroniy dunyoda tilning paydo bo’lishi masalasi “ Tavrot” ning “Ibtido” kitobida berilgan bir necha asosiy holat orqali sharhlanadi. 1- “Tavrot”da dedi fe’li dastlab Xudoga nisbatan qo’llangan: “Xudo – Yorug’lik bo’lsin! – dedi.”Tavrot”da osmon, yer ham Xudo tomonidan shunday deb nomlanganligi aytiladi. 2- Odam Ato tushunish qobiliyatiga ega bo’lgan. Bu “Tavrot” dagi” Xudovandi Karim odamga buyurib dedi’’ iborasidan anglashiladi. Demak, Odam Ato va Xudo o’zaro so’zlashganda bir birini tushunishgan. 3- Xudoning Odam Atoga so’zlash va tushunish qobiliyatini qanday berganligi “Tavrot”da izohlanmasada, unda Odam Ato Momo Havo, Momo Havo bilan ilon, har uchalasining Xudo bilan so’zlashishlari hodisasi ham shakllangan. Demak, “Tavrot” da tilning yaratilishi haqida hech bir aniq ma’lumot yo’q. So’zlash Xudoning va Xudo o’ziga monand, ilohiy suratda yarat- gan Odamning zotiy( azaliy, tabiiy, ontologik) xususiyati.

2. Injilda til va so’z masalasi chigal jumboqlardan. “Injil” ning to’rtinchi – Yuhanno bayon etgan “ Xushxabar” qismi “Azalda Kalomulloh bor edi” oyati bilan boshlanadi:

Azalda Kalomulloh bor edi. Kalomulloh Xudo nazdida edi, Kalomulloh Xudo edi. Azaldanoq u Xudoda edi!

Asarda izohlanishicha, Kalomulloh yunoncha logos, ya’ni borliqning asosidagi ilohiy kuch va mantiq, Xudoning kalomi – Iso Masih. Dantening e’tiqodiga ko’ra, Odam gapiruvchi qilib yaratilgan va Tavrot yozilgan tilda – ibroniy ( qadimgi yaxudiy) tilde gapirgan. Bu tilni Odam Atodan Momo Havo va uning bolalari o’rgangan, biroq Vavilon ( Bobil )da aralashtirib yuborilgan ( “ Bobil minorasi va tillarning aralashuvi” rivoyati).

3. Islom filologiyasida Nuh to’foni voqeasi, ikkinchi dunyo aholisining Xom, Som, Yofas avlodidan tarqaganligi tan olinadi. Til va so’zlarning paydo bo’lishi haqida Qur’oni Karimda ancha aniq ma’lumot bor. Uning ko’p oyatlarida Alloh Taolo Odamga tilni, bayonni o’rgatgani ta’kidlanadi.Masalan, “Baqara” surasida shunday oyatlar bor.

31. Va u Zot odamga barcha narsalarning ismlarini o’rgatdi. So’ngra ularni farishtalarga ro’baru qilib dedi: “Agar xalifalikka biz haqdormiz, degan so’zlaringiz rost bo’lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!”



32. Ular aytdilar: “Ey pok Parvardigor, biz faqat sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta, Sen o’zing ilm-u hikmat sohibisan”.

Bu oyatlar tilning ilohiy, g’ayritabiiy ravishda yaratilganligi haqidagi fikrning ishonchli va yorqin namunasi. Islom olami, musulmon tafakkuri tilni Alloh Odam Ato va barcha olamni yaratgani kabi sirli va ilohiy tarzda yaratganiga shubha qilmagan. Tilning taraqqiyot qonunlari talqinida islom tilshunosligida bir necha nazariyalar yuzaga keldi.Tabiiy nazariya, ijtimoiy kelishuv, izhor, ilhom nazariyalari shular jumlasidan.Bu nazariyalarning barchasida tilning rivojlanish manbayi – Alloh va Odam, jamiyat ehtiyojlari. Alloh tilni, uning ichki qonuniyatlarini belgilagan va Odamga bergan. Dastlab til faqat undoshdan iborat edi, biroq keyinroq odamlar ikki, uch, to’rt, besh undoshdan va unlilardan iborat bo’g’inlar va affikslar hosil qildilar va nihoyat til yaratildi.
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling