Seminar mashg‘ulotlar mazmuni 1-mavzu: pedagogika nazariyasi fanining mazmuni, mohiyati va predmeti


Ijtimoiy pedagogika qanday masalalarni yoritadi?


Download 22.71 Kb.
bet4/10
Sana25.01.2023
Hajmi22.71 Kb.
#1118626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-seminar

Ijtimoiy pedagogika qanday masalalarni yoritadi?
Ijtimoiy pedagogika – shaxsni ijtimoiylashtirish qonuniyatlarini, ijtimoiy muammolarni hal qilishga pedagogik yondashish, ijtimoiy pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish texnologiyalarini yaratish masalalarini yoritadi.
Kasbiy pedagogika o‘rganadigan asosiy muammo nima?
Kasbiy pedagogika – turli (ijtimoiy, texnik, madaniy-maishiy, ishlab chiqarish) yo‘nalishlarida tegishli soha (mas., qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va b.sh.) bo‘yicha kasbiy faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yish yo‘llarini o‘rganadi.
Ta’lim menejmenti qanday masalalarni tadqiq qiladi?
Ta’lim menejmenti – ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etish va oqilona boshqarish masalalarini tadqiq qiladi.
Qiyosiy pedagogika qanday muammolarni o‘rganadi?
Qiyosiy pedagogika – ta’limning jahon, mintaqa, davlat miqyosidagi rivojlanishining umumiy va alohida tendentsiyalari, qonunlari va qonuniyatlarini o‘zaro solishtirish, qiyoslash asosida o‘rganish, xalqaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlarini, milliy pedagogik madaniyatlar almashinuvining shakl va usullarini aniqlash muammolarini o‘rganadi.
Kreativ pedagogikaning maqsadi nimadan iborat?
Kreativ pedagogikaning maqsadi – shaxs (o‘quvchi, talaba)ni o‘qishga, ta’lim olishga ijodiy yondashishga, o‘zining va o‘z kelajagining yaratuvchisi bo‘lishga o‘rgatishdan iborat.
Neyropedagogika qanday muammoni tadqiq qiladi?
Neyropedagogika – inson miyasining ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va amaliy (funktsional) rivojlantirish, shaxsda faoliyatga nisbatan faol, ongli munosabatni qaror toptirish, ijtimoiy xulq-atvorni psixologik korreksiyalash, bolalar ruhiy rivojlanishni tashxislash va bashoratlashning yangi ilmiy dasturlari, samarali shakl va metodlarini, yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tadqiq etadi.
Hamkorlik pedagogikasi tomonidan o‘rganiladigan asosiy muammo nima?
Hamkorlik pedagogikasi – turli fanlar yoki mutaxassislik asoslarining ta’lim beruvchi va oluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot asosida samarali o‘rganish mazmuni, tamoyillari, shakllari, metodlari, vositalarini ko‘rsatib beradi.

Download 22.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling