Seminar mashg‘ulotlar mazmuni 1-mavzu: pedagogika nazariyasi fanining mazmuni, mohiyati va predmeti


Harbiy pedagogika qanday masalalarni o‘rganadi?


Download 22.71 Kb.
bet5/10
Sana25.01.2023
Hajmi22.71 Kb.
#1118626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-seminar

Harbiy pedagogika qanday masalalarni o‘rganadi?
Harbiy pedagogika – harbiy ta’limning o‘ziga xos jihatlarini, uni tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalarini, ilg‘or texnologiyalarini, harbiy faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etish yo‘llarini o‘rganadi.
Pedagogik innovatika qanday muammoni tadqiq qiladi?
Pedagogik innovatika – ta’lim sub’ektlari nuqtai nazardan pedagogik innovatsiyalarning mohiyati, paydo bo‘lish, rivojlanish qonuniyatlarini, pedagogik an’analar bilan kelajak ta’limining loyihalashtirilishi o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganadi.
Pedagogika fani qanday fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi?
Pedagogika fani quyidagi fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi:
1. Falsafa (tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi).
2. Iqtisodiyot nazariyasi (ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab chiqarish kuchlarining xalq xo‘jaligining mavjud holatiga muvofiq kelishini, iqtisodiy munosabatlar jarayonining umumiy asoslarini tadqiq qiladi).
3. Sotsiologiya (jamiyat, ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, guruhlar, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi, shuningdek, ijtimoiy sub’ektlarning o‘zaro munosabatlar qonuniyatlarini ochib beradi).
4. Etika (axloqshunoslik; ijtimoiy axloq me’yorlari, ularning shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rnini, axloqning shakllanish shart-sharoitlari, shakllarini yoritadi).
5. Estetika asoslari (nafis san’atni, badiiy ijodiyotni, tabiat va turmushdagi go‘zallikning mohiyatini, shakllarini, inson va ijtimoiy borliq o‘rtasidagi qadriyatli munosabatni o‘rganadi).
6. Fiziologiya (odam, hayvon yoki o‘simlik organizmi, ularning alohida bo‘laklari – muayyan tizimlari, a’zolari, to‘qimalari va hujayralarining hayot faoliyati (paydo bo‘lish, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish, atrof-muhitga moslashish kabi jarayonlar)ni, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni tadqiq qiladi).
7. Gigiena (tashqi muhitning inson organizmiga ta’sirini, ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni, ularni bilish asosida kasalliklarning oldini olish, sog‘liqni saqlash choralari va qoidalari to‘g‘risida ma’lumot beradi).
8. Psixologiya (inson faoliyati, shaxs xatti-harakatlarida borliqning aks etishini, ruhiy jarayonlar, hodisalar va xislatlarning mohiyatini yoritadi).
9. Tarix fanlari (kishilik jamiyatining rivojlanishi, muayyan davlatlar taraqqiyoti bosqichlarini tadqiq etadi).
10. Madaniyatshunoslik (madaniy rivojlanishning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, tabiat, atrof-muhitga ta’siri, madaniyat, fan, din va san’at turlari, ularning rivojlanish asoslarini o‘rganadi).
11. Tibbiyot fanlari (insonlar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, umrini uzaytirish, turli kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlarni yoritadi).
12. Ma’naviyat asoslari (milliy istiqlol g‘oyasi asoslarini, insoniyatga xos falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy, axloqiy va boshqa tasavvurlar, tushunchalarni ifodalaydi).

Download 22.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling