Seminar mashg‘ulotlar mazmuni 1-mavzu: pedagogika nazariyasi fanining mazmuni, mohiyati va predmeti


Anketa metodining mohiyati nimadan iborat?


Download 22.71 Kb.
bet8/10
Sana25.01.2023
Hajmi22.71 Kb.
#1118626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-seminar

Anketa metodining mohiyati nimadan iborat?
Anketa (frantsuzcha “tekshirish”) metodi tizimli savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi, ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi.
Qanday shartlarga amal qilinganda anketa metodi samarali qo‘llaniladi?
Quyidagi shartlarga amal qilinganda anketa metodi samarali qo‘llaniladi:
1) savollar muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;
2) savollar yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak;
3) savollar o‘quvchilarning dunyoqarashi, yosh, psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
4) savollarga to‘la javob qaytarilishi uchun etarlicha vaqt ajratilishi kerak;
5) anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylanmasligi zarur;
6) javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart.
Test metodining pedagogik ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etishdagi ahamiyati nimada ko‘rinadi?
Test (inglizcha “test” – sinash, tekshirish, o‘rganish) metodi – o‘rganilayotgan shaxs (respondent)ning aqliy rivojlanish darajasi, qobiliyati, muayyan ish-harakat, faoliyatni bajarishga doir ko‘nikma, malakalari, shaxsiy va irodaviy sifatlari, ruhiy xususiyatlarini aniqlash va baholashda qo‘llaniladigan qisqa standart tekshirish bo‘lib, uning ahamiyati respondentning muayyan soha bo‘yicha nazariy bilimlarini, qobiliyati, psixofiziologik, shaxsiy xususiyatlarining rivojlanganligi, ma’lum faoliyatni tashkil etishga doir ko‘nikma, malakalarning shakllanganlik darajasini aniqlashga xizmat qilishida ko‘zga tashlanadi.
Intervyu metodining mohiyati nimadan iborat?
Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish orqali uning tadqiq etilayotgan muammo, yoki umumiy muammoning biror jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabatini o‘rganilishidir.
Pedagogik tahlil qanday maqsadda qo‘llaniladi?
Pedagogik tahlilni qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik, pedagogik yo‘nalishlarda o‘rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‘oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.

Download 22.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling