Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova


MAVZU: 17 TEMPERAMENT TIPLARI VA ULARNING TAVSIFI SHAXS VA HARAKTER


Download 446.76 Kb.
bet63/66
Sana02.02.2023
Hajmi446.76 Kb.
#1147910
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l

MAVZU: 17
TEMPERAMENT TIPLARI VA ULARNING TAVSIFI SHAXS VA HARAKTER

Temperament lotincha "Temperamentum" degan so‘zdan olingan bo‘lib, buning ma’nosi aralashma demakdir. I.P.Pavlov temperamentni quyidagicha ta’riflaydi -"Har bir ayrim kishiiing eng umumiy xarakteristikasidir, bir individning butun faoliyatlariga muayyan qiyofa beradigan nerv sistemasining asosiy xarakteristkasidir". Temperament, psixologik jihatdan olganda, kishidagi hissiyotning qo‘zg‘alishlarida va umumiy harakatchanlikda ko‘rinadigan individual xususiyatidir.


Talabalar quyidagi savollarni o‘zlashtirishi lozim. Temperamentning turlari. Temperamentning psixologik xususiyatlari. Sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik temperament tiplarining xususiyatlari. Temperamentning fiziologik asoslari.
Muhokama uchun savollar.

  1. Temperament haqida tushuncha

  2. Temperamentning nerv-fiziologik asoslari

  3. Temperament tiplariga xarakteristika


Anamnestik sxema yordamida temperamentni aniqlash
Ishning vazifasi: Nerv sistemasi xususiyatlari ko‘rsatkichlarining anamnestik sxemasi yordamida nerv sistemasi kuchi, muvozanati, ildamligini tekshirish va shu asosida o‘z-o‘zini temperament tipini aniqlash. Anamnestik sxema 48 savoldan iborat bo‘lib, uning yordamida tekshiruvchining nerv sistemasining xususiyatlari: kuchi (1 savoldan 16 savolgacha), muvozanati (17-32), harakatchanligi (33-48) aniqlash mumkin. Nerv sistemasi xususiyatlarini baholash

Nerv sistemasi xususiyatlari




Kuchi

muvozanati

harakatchanligi




ko‘rsatkich

baho

ko‘rsatkich

baho

ko‘rsatkich

baho




1




17




33







2




18




34







3




19




35







4




20




36







5




21




37







6




22




38







7




23




39







8




24




40







9




25




41







10




26




42




11




27




43




12




28




44




13




29




45




14




30




46




15




31




47




16




32




48




+belgisi bilan

+belgisi bilan

+belgisi bilan

Ballar yig’indisi

Ballar yig’indisi

Ballar yig’indisi

-belgisi bilan

-belgisi bilan

-belgisi bilan

Ballar yig’indisi

Ballar yig’indisi

Ballar yig’indisi

Ballarni algebraik
yig‘indisi

Ballarni algebraik
yig‘indisi

Ballarni algebraik
yig‘indisi

V%

V%

V%

Tekshiruvchi sxemadagi har bir savolni diqqat bilan o‘qib o‘zini-o‘zi baholaydi. Anamestik sxemadagi har bir punktniing baxosini baholash protokolga yoziladi. Nerv sistemasi xususiyatlarini baholash protokoli


Quyidagi nerv sistemasini xususiyatlari baholash shkalasi tavsiya qilinadi.



Nerv sistemasi xususiyatlarini xarakterlovchi belgilarning ko‘rinishi.

Ballar.

Tasdiqlovchi javob:
A)eng yuqori darajasi;
B)o‘rtacha darajasi;
V)past darajasi;
Noaniq javob:
A)past darajasi;
B)o‘rtacha darajasi;
V)eng yuqori darajasi;

+3
+2
+1
0
-1
-2
-3

Nerv sistemasi xususiyatlari ko‘rsatkichlarining anamnestik sxemasi.


1. Nerv protsesslari (qo‘zg‘alish, tormozlanish) kuchining ko‘rsatkichlari.

  1. Har bir mashg‘ulotning oxirida charchashni sezmayman, shuning uchun bu materialni xatto qizik bo‘lsa ham dars boshlanganidagi kabi yaxshi o‘zlashtiraman.

  2. O‘quv kuni oxirida xam uning boshlanganidagi kabi aktiv va samarali shug‘ullanaman.

  3. Uzoq davom etadigan va tegishli kuch talab qilinadigan mashg‘ulotlarining oxirigacha ham ishchanlik qobiliyatimni yuqori darajada saqlay olaman.

4.Zo‘r kuch talab etiladigan ish faolyatidan keyin ham o‘z kuchimni tez qayta tiklay olaman.
5.Xavfli vaziyatdarda ishonchsizlik, ko‘rqish va ortiqcha hayajonlanishni engil bartaraf qilib, to‘xtamasdan harakat qilaman.
6.Xavf-xatarli joylarda tavakkal ish tutishga o‘tkir
his-hayajonlarga berilishga moyilman.

  1. Yig‘ilishlarda o‘z fikrimni dangal ayta olaman, o‘rtoqlarimning kamchiliklarini yuziga ayta olaman.

  2. Mas’uliyatli joylarda qatnashishga harakat qilaman mo‘ljaldagidan muvaffaqiyatlirok erishaman.

  3. Muvaffaqqiyatsiz urinishlar, vazifalarni bajarish, zachyot topshirishda, mashqlarni o‘rganishda va boshqalarda meni o‘z oldimga qo‘ygan maqsadga erishishimga safarbar qiladi.

10.Musobaqalarda muvaffaqiyatsiz qatnashsam (yomon start, raundda yutqazganimda va boshqalar) g‘oliblik va yuqori natija uchun kurashni davom etiraman.
11. Ota-onalar, o‘qituvchilar, menga tanbehlari (qoniqarsiz baho, xayfsan, jazo va boshqalar) mening xulq-atvorimga va xolatimga ijobiy ta’sir etadi.
12. Mening ustimdan kulishganda, qaltis xazillashishganda beparvoman.
13. Aqliy mehnat bilan shug‘ullanganimda diqqatimni tashqi ta’sirlarga (gap-so‘zlarga) e’tibor bermay osongina to‘play olaman va tuta bilaman.
14.O‘rganilayotgan predmet ustida ishlayotganimda shovqin, gap so‘zlar, boshqa
odamlarning bor bo‘lishiga qaramasdan o‘z diqqatimni bir joyga qo‘ya olaman.
15. Ish yoki dars jarayonida mendan kuchli raqibniig qatnashishi mening diqqatimga, xulq-atvorimga va sport natijalarimga ijobiy ta’sir etadi.
16.Tortishuvlar, g‘idi-bidilar va boshqa ko‘ngilsiz voqealardan keyin o‘zimni osongina qo‘lga olaman, o‘z ishimni bajarishga diqqatimni qarata olaman.
II. Nerv protsesslarining muvozanatini ko‘rsatkichlari

  1. Og‘ir va qiziqarsiz bo‘lgan ishlarni (maktabda, uyda) osoyishta va chidam bilan bajaraman.

  2. Kutish paytlarida (start oldidan, kurash, olishish, bajarishdan oldin) o‘zimni to‘play olaman.

  3. Start signalini kutishda o‘zimni yo‘qotib qo‘ymayman (yugirish, olishish, shtraf to‘pini tepish kabi mashqlarni bajarish va boshqalar).

  4. Musoboqa arafasida (imtixon, sayoxat, oilaviy bayramda) mening xulq atvorim odatdagi kunlardagi kabi bo‘ladi.

  5. Odatda og‘ir sinovlar oldidan (imtixon, musobaqalardan oldin) yaxshi uxlayman.

  6. Musobaqalarda sudyaning obektiv bo‘lmagan qarorlariga va musoboqalarning uyushtirilishidagi kamchiliklariga osoyishta munosabatda bo‘laman.

  7. Kattalarning talabiga binoan o‘zimni tez tinchlantira olaman, o‘zimni ushlab turishga qodirman.

  1. His-hayajonli holatlarda (tortishuv, kelishmovchiliklar) o‘zimni tinch osoyishta tuta olaman.

25. Men arzimagan narsalarga jizzakilik qilib, asabimni buzaman.
26.O‘tkaziladigan musobaqa, zachyot chiqishlar to‘g‘risida kutilmaganda xabar topsam o‘zimni tuta olaman.
27. Qiziq yangilikni osonlikcha sir saqlay olaman.
28. Qattiq ishlashni talab qiladigan mashqlarni bajarishda ularni kayta-kayta va turlicha bajarilishiga va tugallangan bo‘lishiga chidayman va harakatlarni aniq bajarilishiga va tugallangan bo‘lishiga erishaman.
29. Har qanday ishni bajarilishiga sekin va qunt bilan tayyorlanaman.
30. Kayfiyatim xar doim mustaxkam va bir xilda bo‘ladi.
31. O‘qishda va sportdagi aktivligim ko‘tarilish va pasayishlarsiz bir xilda. namoyon bo‘ladi.
32. Mening nutqim bir tarzda, o‘z xarakatlarimni boshqara olaman.
III. Nerv protsesslarining ildamligi ko‘rsatkichlari.
33. O‘kuv mashg‘ulotlarida og‘ir masalalarni oson o‘zlashtirib olaman va ularni tez bajarishga intilaman.
34.SHoshilganimda tez-tez katta xatolarga yo‘l quyaman.
35.YAngi mashqlarni, priyomlarni va kombinatsiyalarni bajarishga o‘ylab o‘tirmasdan tezda kirishaman.
36. Raqib va musobaqadosh o‘rgoqlarimning xatti-harakatiga va musobakadagi sharoitning o‘zgarishiga tezda javob beraman.
37 O‘quv, ish va hayotda yangi ko‘nikma va odatlarni tez o‘zlashtira olaman va qiyinchiliklarsiz ularni o‘zgartira olaman.
38. Jismoniy mashklar texnikasida xatolarimni tez to‘grilayman (yugurish, kurash, olishish,vaboshqalar). '
39. Yangi o‘qituvchi, trenerlar xarakteri, talablariga, yangicha haet va faoliyat sharoitlariga tez ko‘nikaman.
40 Odamlar bilan bo‘lishni yaxshi ko‘raman, yangi tanishlarni oson topaman.

41. Tinch holatda ishlashga tez kirisha olaman (o‘quv mashg‘ulotlarni, uy vazifalarni bajarishga, trinirovka va hokazolar).


42.Bir mashkdan ikkinchi bir mashqqa, bir ishlan ikkinchisiga tez o‘ta olaman.
43.Mashqlarii tez-tez o‘zgarib turishini yaxshi ko‘raman.
44.Tez uxlayman. uygonaman va turaman.
45.Omadsizlik va yokimsiz kechinmalardan boshka holatga tez o‘ta olaman.
46.Mening kayfiyatim arzimagan narsadan tez o‘zgaradi.
47.Vegetativ o‘zgarish mening his-hayajonlarimda erkin ko‘rnnadi.
48.Mening nutqim va harakatlarim odatda tez, lekin, o‘zimni sekin gapirishga va xarakat qilishga majbur qila olaman.
Nerv sistemasini xususiyatlarini aniqlash uchun protokol ishlab chiqiladi.
1.Har uchchala grafadagi + va - belgisi aloxida qo‘shib chiqiladi.

  1. Ballarning algebraik summasi topiladi. Buning uchun bal sonidan kam ballar soni ajratib sanaladi va tafovut oldidan tegishli ballariing ko‘p soniga mos keladigan (+ yoki -) belgisi qo‘yiladi. Agar xamma 3 grafada algebrik summa + belgisi bilan chiqsa u vaqtda nerv sistemasi kuchli, muvozanatli, harakatchan tip ekanligini ko‘rsatadi; (-) belgisi bo‘lgan summa kuchsiz, muvozanatsiz, sust nerv sistemasi ekanini ko‘rsatadi. Agar grafalardagi algebraik summa turli belgilardan iborat bo‘lsa, u vaqtda nerv sistemasi xususiyatlari turli qorishigida uchraganini ko‘rsatadi, chunonchi 1-grafadagi algebraik summasi nerv protsesslarining kuchini ko‘rsatkichlari plyus (+) belgisi bilan olingan bo‘lsa, 2-sida minus bilan va 3-grafada plyus (+) belgisi bilan qo‘rsatilgan bo‘lsa, u sistemasi tipi kuchli, muvozanatsiz, harakatchanligi bilan xaraterlanadi.

  2. Nerv sistemasi xususiyatlari ko‘rinish darajasini aniqlash uchun olingan algebraik summalarni protsentlarga (%) aylantiramiz. Shu maqsadda dastavval 100%ga qabul qilingan son aniqlanadi, buning uchun har bir grafadagi baholangan savollar soni eng ko‘p ballga ko‘paytiriladi.

Masalan, birinchi grafada nerv protsesslarining kuchini ko‘rsatkichlari 16 savol. Gekshiriluvchi hamma savollarni baholadi, xech qaerda 0 qo‘ymadi, ya’ni noaniq javob bermadi. Demak, (16x3) sonini 100% deb olamiz. Agar tekshiriluvchi 2 savolni baxolamay, 0 qo‘ygan bo‘lsa, u vaqtda 100% ga, 16x3 emas, balki 14x3, ya’ni 42 o‘tadi. SHundan so‘ng proporsiya tuziladi. (masalan N.S.kuchi ballarning algebraik yig‘indisi +12 balni tashkil qildi. Bunda
48 6-------100% +12 100
+126-------X ya’ni X= ------------=25%
48
SHunga qarab nerv sistemasining xususiyatlarining nfodalanish darajasi hisoblab chiqiladi.

  1. Olingan ma’lumotlarga asoslanib nerv sistemasining kuchi va xarakatchanligi ifodalanishi yoziladi va bunda quyidagi chegaralarga rioya qilinadi: agar X-50% va undan ko‘p bo‘lsa, ifodalanish darajasi yuksak; 49-25% bo‘lsa, o‘rtacha. 24 - 0% bo‘lsa, past bo‘ladi. Nerv sistemasining tipologiyasiga asoslanib olingan ma’lumotlarga ko‘ra quyidagi
    sxemasiga qarab temperament tipi aniqlanadi.






Nerv sistemasining xususiyatlari

Temperament tipi




Quchi

Muvozanati

Harakatchanligi




1

Kuchli

Muvozanatli

epchil

sangvinnik

2

Kuchli

Muvozanatsiz

epchil

xolerik

3

Kuchli

Muvozanatli

sust

flegmatik

4

Kuchsiz

Muvozanatsiz
Muvozanatli

epchil
sust

melanxolik

Mashg‘ulot yakunida sport turini tanlashda olingan ma’lumotlardan foydalanish masalalari muxokama qilinadi.



Download 446.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling