Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova
Download 446.76 Kb.
|
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy fanlar
Sosiologiya fani ham yangicha munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga erishar ekan, psixologiya ushbu fan tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlardan foydalanadi hamda ularning qo’llanilishiga, ommalashishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda rivojlanib, ajralib chiqqan bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sosiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta'minlash ishiga xizmat qiladi. qolaversa, huquqiydemokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O’zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va demokratik o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta'minlash bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr, insonlar fikr va qarashlaridagi o’zgarishlarni o’rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fan metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an'anaviy va azaliy bo’lib, ularni yosh avlod tarbiyasining zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuziga xosdir. O’z-o’zidan ravshanki, bunday aloqa hamisha ham mavjud bo’lib kelgan va buni ilg’or psixologlar va pedagoglar tushuntirib berishga harakat qilishgan. Tabiiy fanlar - biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va boshqalar psixik jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechish qonuniyatlarini ob'ektiv o’rganish uchun materiallar beradi. Ayniqsa, bosh miyaning hamda markaziy asab tizi-mining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiqlash-tirishdagi rolini e'tirof etgan holda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot usularidan omilkorona foydalanadi. Masalan, shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tug’ma layoqatlari hamda orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo etganligi sababli unga tabiiy layoqatning xususiyatlarini aniqlashda psixofiziologiyaning qator usullaridan o’z o’rnida foydalanadi va biologiya, anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan yutuqlaridan foydalanadi. Shuning uchun tabiiy fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiya fanining predmetini mukammalroq yoritishga o’z hissasini qo’shgan. Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo’lib, u inson shaxsining o’z-o’zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika fani tomonidan qo’lgan kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturlardan o’z o’rnida foydalanadi. Ayniqsa, ma'lumotlar asri bo’lgan XX-asrda va har bir alohida ma'lumotning qadr-qimmatini oshishi bashorat qilingan XXI-asrda global axboriy jarayonlar va yangi ilg’or texnologiyalarni modellashtirish borasida psixologiya hamda kibernetika hamkorligining salohiyati yanada ortadi. Masalan, oddiy muloqot jarayonini yanada takomillashtirish, har bir so’zning shaxslararo munosabatlardagi ta'sirchanligini oshirish maqsadida, hamda ana shunday ijtimoiy faoliyatli jarayonda shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik modellardan o’rinli foydalanish zamonaviy psixologiyaning jamiyatdagi o’rni va rolini oshiradi va maxsus kompyuter dasturlarining keng qo’llanilishi, inson miyasi va ruhiy olami sirlarini tez va aniq o’rganishni kafolatlaydi. Download 446.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling