Seminar mashg’ulotlari uchun materiallar 1-seminar mavzusi: savod o‘rgatish tayyorlov davri o‘qish darslarida interfaol metodlaridan foydalanish reja


Boshlang‘ich ta’limida Alisher Navoiy asarlarini o‘rganish


Download 0.76 Mb.
bet6/12
Sana23.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1223968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Seminar mashg\'ulotlari

Boshlang‘ich ta’limida Alisher Navoiy asarlarini o‘rganish A.Navoiy ijodini mukammal o‘rganish, ibratlanish, ulug‘ alloma ijodidagi hayotbaxsh g‘oyalarni jamiyat hayotiga tadbiq qilish bugunning eng dolzarb vazifasidir. bizningcha, bunda birinchi navbatda, ulug‘ mutafakkir hayoti, uning insoniy fazilatlari, amalga oshirgan ezga ishlari xususida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishning ahamiyati katta. CHunki ijodkorning hayoti va faoliyati haqida teran bilimga ega bo‘lmay turib uning asarlari mohiyatini tushunish ham, tushuntirish ham qiyin. SHundan kelib chiqib, “Alisherning yoshligi” 4-sinf o‘qish kitobi darsligida, 1-sinfda “Bobokalonimiz A.Navoiy”, 3- sinfda “Donolarning donosi”, “Navoiy hikmatlari” kabi hikoyalari berilgan bo‘lib, o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda PT ga tayangan holda o‘quvchilarga etkazib berish, ularning ongiga singdirish lozim. Xususan, “SHer va durroj” hikoyatida Navoiy dostonni targ‘ib qilishdan maqsadi, kishilarning tor dunyoqarashlari, maishiy orzu – havaslari, ertangi kunni ko‘ra olmasliklari nasriy bayon tarzida ochib berilar ekan, xalq ogohlikka asar orqali da’vat etiladi.
O‘rta ta’lim maktablari uchun belgilangan Davlat ta’lim standartiga ko‘ra, shoirning mazkur hikoyati 3-sinfda o‘rganiladi. YOsh xususiyatiga ko‘ra, ushbu sinfda ta’lim olayotgan o‘quvchilar “SHer va durroj” hikoyatida ilgari surilgan g‘oya va fazilatlar mohiyatini anglay olish imkoniyatiga egadir. biroq o‘quvchilar faoliyatini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ularning aksariyati asar mohiyatini chuqur talqin eta olmaydilar. Ularning fikricha, asarda insonlar hayotiga qiyoslab, ro‘y beradigan voqealar yoritilgan. O‘quvchilar tomonidan asar g‘oyasi va echimi mohiyatini to‘laqonli anglashini ta’minlashga “SHer va durroj” hikoyatini o‘rganishga yo‘naltirilgan darsning texnologik yondashuv asosida tashkil etish orqali erishiladi. Ta’lim jarayonini texnologik yondashuvga muvofiq tashkil etishi individual va ijodiy xususiyatga ega bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ichki imkoniyatlari, shuningdek, ularning tashqi omillardan qay darajada foydalana olishlariga bog‘liqdir. SHunday bo‘lsada, biz ayni o‘rinda A.Navoiyning, “SHer va durroj” hikoyatining o‘quvchilar tomonidan chuqur o‘rganilishiga imkon beruvchi dars namunasi loyihasini keltirmoqchimiz.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling