Seminar mashg’ulotlari uchun materiallar 1-seminar mavzusi: savod o‘rgatish tayyorlov davri o‘qish darslarida interfaol metodlaridan foydalanish reja


II. Klaster metodi asosida ishlash


Download 0.76 Mb.
bet8/12
Sana23.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1223968
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Seminar mashg\'ulotlari

II. Klaster metodi asosida ishlash: O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadilar. Har bir guruh kichik hajmli vatman yoki sinf doskasida asar mohiyatini yorituvchi tasvirni yarata olishlari lozim. 1–guruh: Hazrat navoiy mazkur (misralarda) hikoyatda to‘g‘rilikni maqtab, madh etishi bilan kifoyalanmay, insondagi bu sifat qay tarzda namoyon bo‘lishini ham aks ettirganlar. o‘g‘rilikka talabgor bo‘lgan odam ikki sifatga ega bo‘lishi, ulardan birinchisi so‘zning to‘g‘ri bo‘lishi shartligi, hatto faqat so‘zinggina emas, balki o‘zining ham to‘g‘ri bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan. Ikkinchi sifat esa, yolg‘ondan yuz o‘girish, to‘g‘ri so‘zni ham muloyimlik va lutf bilan aytilishi lozimligi uqtirilgan. SHoir bu ikki sifatning qay biri muhimroq ekanligiga ham she’rxon yaxshiroq, lekin to‘g‘ri gapni yaxshi gapirish, muloyim va chiroyli qilib aytish ham muhim ekanligini g‘oyat nazokat bilan, ta’sirli qilib ifodalagan.

2–guruh. Navoiy to‘g‘rilik va to‘g‘riso‘zlikning qimmatini madh etar ekan, hayot haqiqatidan ko‘z yummaydi va dunyo ishlarida adolat kamligiga, to‘g‘ri odamning to‘g‘iriliga deyarli hamisha uning o‘ziga zarar keltirishga ham atroflicha to‘xtaladi. Egrilik tufayli erishilgan martabalar, qo‘lga kiritilgan qulayliklar g‘oyat obrazli tarzda go‘zal tashbehlar yordamida ko‘rsatilib beriladi. CHunonchi, ilon nega bu qadar e’zozda? U egriligi sabab og‘zida naqsh, ya’ni uning og‘iz qismida bezagi bor va ostida xazina bo‘ladi. YUlduz to‘g‘ri uchgani uchun yonib kuyib ketadi. YAngi chiqqan oy egri bo‘lgani sabab osmonning eng baland joyidan o‘rin oladi. Sal egri bo‘lgani, buralib, eshilgani uchun odamning boshiga chiqib olgan. Qalamning boshini nega kesib tashlaydilar va uni hamisha pastda tutadilar? To‘g‘ri bo‘lgani uchun. SHoir bu telba dunyoda egrilikning martabasi baland ekanligini qator misollar asosida to‘g‘ri bo‘lish oson emasligini she’rxonga sezdirib qo‘yish uchungina emas ataylab shunday qilayotganini ta’kidlaydi. SHu tariqa guruhlar fikrlari tinglangach, to‘g‘rilik va egrilik natijasi inson hayotini qanday manzillar sari yo‘naltirishi mumkinligi haqida bahs – munozara o‘tkaziladi.


Klaster usulidan foydalanib, o‘quvchilarga quyidagi ikki “To‘g‘rilik” va “Egrilik” ochqich so‘zlari beriladi. Ular bu ikki so‘z va uning oqibatlari bo‘yicha o‘zlari bilgan barcha so‘z va ifodalarni yozib chiqadilar. Vazifaning davomini uyga topshiriq qilib berish mumkin. Debat usulini tashkil qilish: O‘quvchilar o‘rtasida hikoyatdan olingan taassurotlar bo‘yicha bahs uyushtiriladi. Ularning e’tiboriga quyidagi savollar havola etiladi:
- Sizning fikringizcha, agar durroj sherga yolg‘on gapirmaganda uning ahvoli nima bo‘lar edi?
- Siz qanday fikrdasiz, durrojni ovchi qo‘lidan qutqarish mumkinmidi? Savol – javob tarzida o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash. O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. A.Navoiyning hayoti va ijodi haqida qanday ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz?
2. “SHer va durroj” qanday hikoyat ekan?
3. Hikoyatning mazmuni nimadan iborat?
4. Siz shoir A.Navoiy bobomizning mahoratini qanday baholaysiz?
5. Rostlik, to‘g‘rili orqali nimaga erishish mumkin?
6. Egrilik-chi?
7. Hikoyat haqida fikringiz.
8. Navoiy hikoyatni nimaga asoslab yozgan? Darsni tashkil etishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning mustaqil faoliyat yuritishlariga qaratiladi. O‘quvchilarning «qarorlar shajarasi” (qarorlar qabul qilish texnologiyasi) metodi asosida ishlash. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadilar. Har bir guruh hikoyatning yaxshi tomoni, yomon tomoni va xulosalarini aniq dalillar bilan ochib beradilar. Bu borada jadvalni quyidagicha yaratish mumkin. Ijobiy (yaxshi) tomoni Salbiy (yomon) tomoni
Xulosalar 1 2 3 4 5 va h. Rostlik To‘g‘rilik Xotirjamlik Osoyishtalik Bexavotirlik Ma’naviy boylik YOlg‘onchilik Aldash Xorlik Zorlik qo‘rquv xavotir Bu hikoyat yomon ish qilmaslikka undaydi, yaxshi bo‘lishga chaqiradi. O‘quvchining asarga bo‘lgan munosabati. YAxshi (asar) hikoyat ekani. Buni bajarishda 3 ta guruhdan 3 o‘quvchi chiqib, o‘z fikrlarini vatman qog‘ozlariga qalam bilan yozadilar. O‘qituvchining dars jarayonidagi o‘rni o‘quvchilar faoliyatini yo‘naltirish, maslahat berish, fikrlarini umumlashtirish va yakuniy xulosani bayon etishdan iborat bo‘lsin. PTlardan dars jarayonida foydalanishda o‘quvchi va o‘qituvchi orasidagi o‘zaro bog‘liqlikka erishish va bilimlar tizimliligiga, boshqaruvchilik faoliyati-ning takomillashuviga erishishda didaktik o‘yinlar muhim o‘rin egallaydi. “Zakovat” o‘yini Bu o‘yin boshqa o‘yinlardan texnikaviy jihatdan ancha farqlanadi va o‘yindagi mazmun mohiyati quyidagicha. O‘quvchilardan biri chiqib, uning qo‘lida savol va bu savollardan xohlaganini tanlash texnikasini avtomatlashtirilgan qurilma orqali bo‘ladi. Biz bir o‘quvchidan xohlagan 10 ta savoldan birini tanlash mumkinligini aytamiz. U 10 ta savolning birortasini tanlaydi. Deylik 9 sonini tanladi. SHunda zakovatchi o‘quvchi 9 sonining sharti “Navoiy asarlarini sanab bering” haqida ma’lumot berishi kerak. Albatta bunda savollar va shartlar o‘quvchilarning bilim darajasi va yoshiga qarab beriladi. O‘quvchi o‘zi aytmagan yoki bermagan ma’lumotlar haqida savol berishi noto‘g‘ri hisoblanadi. “Munchoq” o‘yini Ushbu o‘yinda o‘quvchilardan 7 tasi ishtirok etadi. Bunda birinchi o‘quvchi bir varaqchaga hikmatli so‘zning boshini yozadi. Ikkinchi o‘quvchi uning so‘zlarini to‘ldiradi va u endi boshqa bir hikmatli so‘zlardan birini bosh qismini yozadi. Keyingi o‘quvchi ham bu hikmatli so‘zni to‘ldiradi.
Xuddi shunday hikmatli so‘zlar aylanib boraveradi. Lekin kim hikmatli so‘z topa olmasa, munchoq o‘sha erda uziladi va o‘sha o‘quvchi o‘yindan chiqadi. Bu o‘yinni butun sinf o‘quvchilariga ham qo‘llash mumkin. Ushbu o‘yinning asosiy maqsadi o‘quvchilarning eslash, fikrlash qobiliyatini o‘stirish va qiziqtirishdir. “Hamma yoqda tinch” o‘yini Bu o‘yinda hamma o‘quvchilar tinch o‘tirishadi hamda ular umuman so‘z ishlatishmaydi. O‘qituvchi esa doskaga Navoiy asarlari haqida savollar yozadi yoki hikoyatlar nomini yozib qo‘yishi, o‘quvchilar yozilgan savollar haqidagi tushunchalarni so‘zsiz mimika orqali bayon etishga harakat qilishlari kerak. Bu o‘yin o‘qquvchilarning xayol – tasavvurini va fikrlashini kengaytirishga xizmat qiluvchi o‘yin hisoblanadi.
Bu o‘yinni ko‘proq o‘quvchilar qo‘l harakatlari orqali fikrni ifodalaydi. “Sirli sandiq” o‘yini Bu o‘yin o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim mezon hisoblanadi. O‘qituvchi davraga 2 ta sandiqcha olib chiqadi va uni 2 ta o‘quvchiga topshiradi. Har bir guruhdan 1 tadan o‘quvchi chiqib 1-sandiqdagi savollardan birini oladi va unga to‘g‘ri javob bersa, 2-sandiqdan sovg‘a oladi, agar uning aksi bo‘lsa, o‘sha guruh o‘yindan chetlashadi. Bu o‘yin o‘quvchilarni o‘ylashga, fikrlashga, Navoiy asarlari, hikmatli so‘zlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plab qayta ishlashga, ya’ni analiz – sintez jarayonini olib borishga zamin hozirlaydi. Ko‘rinib turibdiki, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida yuqorida ko‘rsatilgan usullar va didaktik o‘yinlarni ko‘proq o‘tkazish, o‘quvchilarning nutqiy, aqliy ta’limiy faoliyatini yana oshirib boradi va yuqori sinf dasturlaridagi fanlarga tayyorlab borish va bilimlarini yanada mukammallashtirish mumkin.
Navoiy tavallud topgan kuniga bag‘ishlab yozilgan kecha ssenariysi, har bir o‘quvchida yaxshi tasurot qoldiradi. Navoiy asarlari ham asosiy manbalardan sanaladi. Uning yozib qoldirgan hikmatli so‘zlari, asarlari, rivoyatlari, ruboiylari insoniyatni azal – azaldan ezgulikka, komillikka etaklovchi manba sifatida xizmat qilib kelmoqda. Ushbu kechaning asosiy mazmuni, ularda ifodalangan g‘oyalar, Navoiy hayoti faoliyatiga oid ma’lumotlar, ulardagi etakchi axloqiy tamoyillar, kichik yoshdagi o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashining shakllanishiga, bolalarda ma’naviyat tushunchasini yanada kengaytirishga, shuningdek, boshlang‘ich sinflarda Navoiy asarlariga oid amaliy ishlarni tashkil etish usullari haqida to‘xtaldik. Kichik maktab o‘quvchilariga bu kecha ta’lim – tarbiya tizimida va ma’naviyatimiz rivojidagi samarasidan kelib chiqqan holda o‘tkaziladi.
III sinfda Navoiy hikoyatlarini o‘qitishda “Venna diagrammasi” usulini qo‘llash jarayonini ko‘zdan kechirib chiqaylik. “SHer va durroj” hikoyati “Hoatmi Toyi” hikoyati Umumiylik jihatlari Farqli jihatlari Bu usuldan foydalanishda hikmatli so‘zlar va maqollarni olish mumkin. Ushbu usul boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tushunarli tarzda bayon etilishi lozim.
1. “She'r va Durroj” hikoyati a) She'r, b) Durroj yolg’onchilik, to`g’rilik, yaxshilik, do`stlik, vafodorlik, rostlik, odillik, to`g’riso`zlik Yaxshilik, rostlik, do`stlik, odillik, to`g’rilik
1. Insoniy fazilatlarni yuksaltirish.
2. O`z mehnati bilan erishish. “Hotam Toyi” hikoyati. a) Hotam Toyi, b) O`tinchi chol. Mehnatsevarlik, hallollik, yaxshilik, odillik, saxiylik, saxovatpeshalik, to`g’rilik, rostlik. YAxshilik, rostlik, dыstlik, odillik, tыg‘rilik “Hotam Toyi” hikoyati. a) Hotam Toyi, b) Ыtinchi chol. Mehnatsevarlik, hallollik, yaxshilik, odillik, saxiylik, saxovatpeshalik, tыg‘rilik, rostlik.
1. Sabr bilan ish qilmoqni o`rgatadi.
2. Insonga xos bo`lgan fazilat-sabr ekanligini uqtiradi.
Bu usul orqali hikmatli so‘zlar bilan maqollarning o‘xshash tomonlarini ko‘rsatib berib, tushuntiriladi. Bundan tashqari Navoiy hikmatli so‘zlarini o‘rganishda va o‘qitishda «Klaster» usulini qo‘llash ham ahamiyatga ega deb o‘ylaymiz. Bu ularning maqsadi, o‘quvchilarda hikmatli so‘zlarni o‘rganishda qulay usul bo‘lgani uchun, har bir tomonini yoritib berishda xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinflarda to‘garaklarni tashkil etish va ularga bolalarni jalb etish juda muvaffaqiyatli samara beradi. «YOsh Navoiyshunoslar» to‘garagini tashkil etish boshqa to‘gakrlardan ish yuritish va ish uslubiga ko‘ra farqlanadi.
O‘yinli texnologiyalardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar xam namoyon bo‘ladiki, buning okibatida xar bir o‘quvchi o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi, ijtimoiy xayotda uzi egallagan urinni barkarorlaiggiradi, o‘z - o‘zini boshkarish ko‘nikmalarini hosil kiladi. O‘yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustaxkamlash,ularning amaliy ko‘nikma va malakalarga aylanishini ta’minlash, balki o‘kuvchilarda muayyan axlokiy, irodaviy sifatlarni xam tarbiyalashga yordam beradi.
Ma’lumki, bugungi kunda o‘qitish jarayonida o‘quvchilar mustaqilligi ijodkorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi interfaol usullardan foydalanilmoqda. Ta’lim jarayonida yaxshi samara berayotgan ana shunday usullardan biri qiziqarli didaktik o‘yinlardir. Didaktik o‘yinlar nafaqat o‘qitishning amaliy yo‘nalishi kuchayishiga, balki o‘quvchiva talabalarning dars jarayonida o‘zlashtirayotgan nazariy bilimlarini mustaqkamlanishiga olib keladi. Ta’kidlash joizki, didaktik o‘yinlarni tashkil etishdan oldin bu jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Bunda asosiy e’tibor mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlardan mavzuga moslarini tanlash, mashg‘ulotning qaysi bosqichida ularni amalga oshirilishini belgilash, o‘yinning shartini o‘quvchi va talabalarga aniq tushuntirish kabilarga qaratiladi. Garchi, interfaol o‘yinlar yangi bilimlarni chuqur bermasada, darsning qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. Didaktik o‘yinlar o‘zining tashkil etilish shakllariga ko‘ra: individual (yakka), guruhli (kichik va katta guruhlar) va yalpi (butun sinf o‘quvchilari ishtirokida) tarzida bo‘ladi. Pedagog xodimlarni ta’lim jarayonidagi nazariy bilimlarni yanada rivojlantirish, ularda mustaqilfikrlash, muammoga ijodiy yondoshish layoqatlarini rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan unumli foydalanish ijobiy samara beradi. quyida didaktik o‘yinlardan namunalar keltiriladi. “Hozir javoblik” o‘yini Ushbu o‘yinda o‘qituvchi o‘yin ishtirokchisining pedagogik bilim, tushunchalarini qay darajada o‘zlashtirib olganligini sinab ko‘radi. O‘yinning shartiga ko‘ra, boshlovchi tomonidan aytilgan pedagogik iboraning aksini o‘quvchi yoki talaba tomonidan aytilishi zarur. O‘yin jarayonida o‘quvchi yoki talaba tomonidan aytilgan to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar hisobga olib boriladi hamda reyting tizimi shkalasi asosida baholab boriladi.
Namuna. O‘yin mavzusi:
Komil insonga xos va xos bo‘lmagan sifatlar”.
Boshlovchi: Talaba Jismoniy barkamollik, aqllilik, donolik zaiflik, aqlsizlik, nodonlik, halollik, harompazlik, samimiylik, kibr xavolik, ruhiy rivojlanganlik, ruhiy ojizlik, ahloqiylik, ahloqsizlik, odobli, odobsiz, adolatli,adolatsiz, mehnatsevarlik, dangasalik, yaxshilik yomonlik, kamtarlilik, manmanlik, sahiylik, baxillik, insonparvarlik, yovuzlik. Eslatma: Mazkur o‘yin turini “Umumiy pedagogika” faniningbarcha mavzulari bo‘yichao‘tkazishmumkin. “Evrika” (o‘ylabtop) o‘yini O‘yinning bu turi o‘quvchiva talabalarni fikr yuritishga, to‘g‘ri javobni topishga va xulosaga kelishga o‘ndaydi. Mashqur rus pedagogi YA. A. Komenskiy o‘zining qaysi asarida o‘qitishning qaysi prinsipini “Didaktikaning oltin qoidasi” deb ta’riflagan. Tarbiyaga berilgan quyidagi ta’rif qaysi pedagogning qalamiga mansub va uning qaysi asarida o‘z asarini topgan. “Tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo falokat, yo saodat yo xalokat masalasidur”.
Kaykovusning “Qobusnoma” asari kimga bag‘ishlab yozilgan. U qanday asarlar turkumiga kiritiladi. SHayx Sa’diy o‘zining tarbiyaga doir qarashlarida yosh novdani istaganing-cha egish mumkin, lekin u katta bo‘lgach qurib qolganida egilmaydi, balki sinadi deb aytadi. Buni pedagogik jixatdan izohlang. O‘zbek adabiyotida o‘qituvchifaoliyatini yorituvchi asar yaratilgan. Bu asar qaysi yozuvchining qalamiga mansub va uning aniq nomini ayting. CHor Rossiyasining O‘zbekistondagi general-gubernatori Skobelev shunday degan edi. “Millatni yo‘q qilish uchun uni qilichdan o‘tkazish shart emas. Uning tilini, dinini, madaniyatini yo‘q qilsang bas, o‘zi tez orada tanazzulga uchraydi”. Ushbu fikrni pedagogik jihatdanizohlang. “Xotira mashqi” o‘yini Didaktik o‘yinning bu turi talabalar tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarni mustahkamlanishidamuhimahamiyat kasb etadi. Mazkur o‘yinda o‘qituvchi tomonidan ma’lum bir mavzu yoki bo‘limga oid tushunchalar o‘quvchi yoki talabalarga etkaziladi. O‘quvchi yoki talabalar esa ma’lum bir vaqt (daqiqalar) orasida og‘zaki yozma ravishda xotiralarga suyangan xolda ularni bayon etishlari zarur. Masalan: “Umumiy pedagogika” fanining tarbiya nazariyasi bo‘limi bo‘yicha bo‘yicha: Tarbiya jarayoni, kamolot, komillik, tarbiyaviy ta’sir, tarbiya usuli, ibrat-namuna, tarbiyaviy omillar, rag‘batlantirish va jazolash, pedagogik yondashuv, texnologik jarayon, pedagogik hamkorlik kabilar.“Ta’lim nazariyasi bo‘yicha”ta’lim, didaktika, shakl, usul, an’anaviy, noan’anaviy, loyihalash, mahorat, bilim, malaka, amaliyot, ko‘nikma, innovatsion, axborotli, tajriba ma’lumot kabilar. “Klasster” (tarmoqlanish) o‘yini O‘yinning shartiga ko‘ra o‘qituvchi ma’lum bir umumlashgan pedagogik tushunchani doskaga yozadi, xamda o‘quvchiyoki talabalarga mazkur tushunchani ifodalovchi xususiy tomonlarini aniqlash topshiriladi. Masalan: o‘quvchi, maktab, bilim, amaliyot, pedagog kabilar. Topshiriqni quyidagicha shakl asosida berilishi maqsadga muvofik. o‘quvchi: maktab: luyushgan jamoa, — o‘qituvchilar jamoasi, lo‘quvchilar jamoasi,- ilm o‘rgatuvchi dargoh, ilm o‘rganuvchi jamoa, — tarbiya beruvchi dargoh. Xulosa shuki, ta’limdagi didaktik o‘yinlar o‘quvchi va talabalarning darsdagi faolligini ta’minlaydi. YAngi ilmiy nazariy bilimlarni beraolmasada ammo yosh avlodning darsdagi qiziqishini bilim olish jarayonini fikrlash qobiliyatini, analiz va sintez (taqlil va umumlashtirish) ga o‘rgatadi, ularning qobiliyat va iqtidorlarini, og‘zakiva yozma nutqini rivojlantiradi, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.
Ta’lim amaliyotida qo‘llaniladigan amaliy o‘yinlar o‘z-o‘zidan didaktik xususiyat kasb etadi, shu sababli ular ko‘p holatlarda “didaktik o‘yinlar” deb yuritiladi. Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o‘yin sub’ekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari – mehnat, o‘qish bilan birga o‘yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yinlar vositasida katta avlod tomonidan to‘plangan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan. O‘yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o‘yinlar qadimqadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bevosita o‘yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi.
“Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin faoliyatida o‘qish va mehnatga tayyorlanadi. YOsh ulg‘aygan sari o‘yinning roli biroz kamayib boradi. O‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib qoladi” . Agarda jismoniy xatti-harakatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘yinlar bolalarda chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, qat’iylikni tarbiyalasa, intellektual, konstruksiyali o‘yinlar ularni o‘ylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga o‘rgatadi. “O‘yin inson hayotining hayotining har bir davri uchun uning ruhiy rivojlanishini belgilovchi etakchi faoliyat turi hisoblanadi. Faqat o‘yinda va o‘yin orqali bola voqelikni, shu jumladan, kishilar ijtimoiy munosabatlarini, hulqini, xatti-harakatlarini bilib oladi”.Tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘yin nafaqat bolalar, balki kattalar hayotidan ham alohida o‘rin egallashga muvaffaq bo‘lindi. Zamonaviy sharoitda intellektual, kompyuter, iqtisodiy, harbiy, kasbiy, sport va maishiy hodiq chiqarishga ko‘maklashadigan o‘yin modellari ham kattalar orasida keng ommalashgan.
Zamonaviy pedagogikada o‘yinlar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning o‘quv-bilish faolligini kuchaytirish maqsadida quyidagi tarzda qo‘llaniladi:
- tushuncha, mavzu va alohida bo‘lim mohiyatini;
-o‘zlashtirishda alohida texnologiya sifatida;
- pedagogik texnologiyalarning elementi sifatida;
- o‘quv mashg‘uloti shakli yoki uning bir qismi sifatida;
- sinf (auditoriya)dan tashqari ishlardan biri.
(“Zakovat”, “Bilimon”, “Huquq fani bilimdoni” va b.) sifatida O‘yinning mohiyati va tuzilishi ma’lum ko‘nikma, malaka, qobiliyat va sifatlarning har bir ishtirokchida butun o‘yin davomida shakllanishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishda o‘qituvchi pedagogik vazifalarini ssenariyda aniq ifodalay olishi zarur. O‘yin faoliyatining psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, o‘zining hayotda o‘rnini belgilash, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishan iborat asosiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini yaratadi. O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi hamda o‘yin jarayonida shaxsning o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
O‘quv faoliyatining asosiy motivi – bu o‘quv-bilish motivi bo‘lsa, o‘quv faoliyatining eng muhim motivatsiyasi esa talabada o‘zi tanlangan va asoslarini o‘zlashtirayotgan kasbga bo‘lgan qiziqishi sanaladi. Talaba o‘quv jarayonidagi egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko‘nikmalaridan hissiy jihatdan qoniqa olishi lozim. Bu vazifani hal qilishda o‘qitish jarayonida o‘yinli texnologiyalardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. O‘yinli texnologiyalari, shuningdek, talabalarning ijodiy qobiliyati va kreativ tafakkurini o‘stiradi.
Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o‘yinlar o‘yin texnologiyalari
deb nomlanadi. O‘yin texnologiyalari (o‘yin ta’limi) – ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirishning barcha ko‘rinishlari: bilim, ko‘nikma, malaka hamda hissiy-baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo‘naltirilgan shartli o‘quv vaziyatlarini ifodalovchi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri O‘yin texnologiyalari ta’lim oluvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: ta’lim oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarining vakili va b.) sifatida turli rollarni bajarish talaba (o‘quvchi)larga pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish asosida ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy va ruhiy tayyorgarlikka erishish nuqtai nazaridan yordam beradi.
O‘quv mashg‘ulotlaridan o‘yinlar va o‘yinli vaziyatlarni qo‘llash quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
- didaktik maqsad talabalar oldiga o‘yinli topshiriq shaklida qo‘yiladi;
- o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysundiriladi;
- didaktik o‘quv materialdan o‘yin vositasi sifatida foydalaniladi;
- o‘quv faoliyatida didaktik vazifani o‘yin vazifasiga
aylantiruvchi musobaqa elementi qo‘llaniladi;
- muvaffaqiyatli bajarilgan didaktik topshiriq o‘yin natijasi sanaladi
O‘quv jarayonida o‘yin texnologiyalarining o‘rni, roli, shuningdek, o‘yin elementlari hamda ta’limning o‘zaro uyg‘unligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan pedagogik o‘yinlar mohiyati, funksiyasi va turlarining qanchalik tushunilishi bilan belgilanadi. Aksariyat pedagogik o‘yinlar o‘zida quyidagi belgilarni namoyon qiladi
Pedagogik o‘yinlarning asosiy belgilari Har qanday o‘yinlar kabi pedagogik jarayonlarda foydalaniladigan o‘yinlar ham o‘zining aniq maqsadi va natijasiga ega bo‘ladi.
Ta’lim muassasalarida ko‘p holatlarda rolli va kasbiy xarakterga ega
ishbilarmonlik o‘yinlarian foydalaniladi. Muhimi pedagogik maqsadlarda qo‘llaniladigan o‘yinli texnologiyalarining asosini talabalarning faollik va tezkorlikka asoslangan faoliyati tashkil etadi. Pedagogik o‘yinlar yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish, mustahkamlash, talabaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, umumiy kasbiy tayyorgarlik ko‘nikma, malakalarini shakllantirish kabi masalalarni echishga qaratiladi. Ular yordamida talabalar turli holatlardan o‘quv materialini tushunish, uning negizida ma’lum ko‘nikma, malaka va sifatni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mashhur pedagog G.K.Selevko pedagogik o‘yinlarni quyidagi tartibda tasniflagan. Pedagogik o‘yinlar tipologiyasi (G.K.Selevko) Ayni o‘rinda o‘yin metodikasiga ko‘ra guruhlangan o‘yin texnologiyalarining mohiyati xususida so‘z yuritiladi.
1. Didaktik o‘yinlar – o‘rganilayotgan ob’ekt, hodisa, jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishlari, faolliklarini oshiradigan o‘quv faoliyati turi hisoblanadi. Bu kabi o‘yinlar o‘quvchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va o‘qish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning ahamiyati natijalar bilan emas, balki jarayonning mazmuni va kechishi bilan belgilanadi; bu kabi o‘yinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ulardagi turli psixologik zo‘riqishlarni kamaytiradi.
2. Syujetli o‘yinlar – pedagogik voqelik, hodisalar bayonining muayyan izchilligi va unda ishtirok etayotgan shaxslar faoliyatining o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan o‘yinlar sanaladi. Bu kabi o‘yinlar odatda pedagogik muammolarning echimini izlash, ta’im-tarbiya jarayonida yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish, shaxsni qayta tarbiyalash maqsadida qo‘llaniladi.
3. Rolli o‘yinlar – ma’lum bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy holati, xatti-harakatlar mohiyatini ochib berishga yo‘naltirilgan o‘yinlar, ularda rollar majburiy mazmuni bilan taqsimlanadi. Rolli va ishbilarmonlik o‘yinlari o‘quvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko‘nikma-malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: o‘quvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarning vakillari va b.) sifatida turli rollarni bajarish talabalarga pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratsa, o‘quvchilarga ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy, eng muhimi, ruhiy jihatdan tayyorlanishga yordam beradi.
4. Ishbilarmonlik o‘yinlari – ma’lum faoliyat, jarayon yoki munosabatlar mazmunini yoritish, ularni samarali, to‘g‘ri, oqilona uyushtirishga doir ko‘nikma, malaka hamda sifatlarni o‘zlashtirish maqsadida tashkil etiladigan o‘yinlar. Bu turdagi o‘yinlar ta’lim oluvchilarda aniq faoliyat yo‘nalishida zarur BKM va sifatlarni shakllantirish yoki rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. SHu jihatdan ishbilarmonlik o‘yinlari ishlab chiqarish jarayoni, kasbiy faoliyatining modellashtirilishini anglatadi. Ishbilarmonlik o‘yini talabalarda kasbiy sifatlarni hosil qilish bilan birga shaxsiy sifatlarni ham tarbiyalaydi, ularning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi.
5. Imitatsion o‘yinlar – ishlab chiqarish korxonalari, ish o‘rinlari, firmalar, tashkilotlarda xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatni imitatsiyalash (taqlid qilish, ko‘chirish) asosida talabalarni muayyan amaliy yoki kasbiy faoliyatga samarali tayyorlashga yo‘naltiradigan o‘yinlar. Bu turdagi o‘yinlar ssenariyasi, syujetidan tashqari, imitatsiya jarayon, ob’ektlarning tarkibiy tuzilmasi va ahamiyatini to‘la ochib berish maqsadia modellashtiriladi. Imitatsion o‘yinlar jarayonida ta’lim oluvchilar muayyan operatsiyalarni, m: masalalar echish, ma’lum bir usulni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
6. Dramatik o‘yinlar (psixologik va ijtimoiy dramalar) – psixologik hamda ijtimoiy masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan o‘yinlar bo‘lib, ular tashkil etilishi, metodik xususiyatlariga ko‘ra rolli va ishbilarmonlik o‘yinlariga yaqin. Odatda psixologik va ijtimoiy xarakterdagi dramatik o‘yinlar jamoadagi muhitni yaxshilash, shaxslararo munosabatlarning ijobiy bo‘lishiga erishish, muloqotga kirisha olish, jamoada yagona birlikni qaror toptirish, o‘zgalarning ruhiy holatini to‘g‘ri baholash, og‘ir vaziyatlarga uch kelgan sub’ektlarga yordam ko‘rsatish hamda samarali, unumli faoliyat ko‘rsatish uchun zarur sharoitni yaratishga xizmat qiladi. Barcha o‘yinlarda bo‘lgani kabi pedagogik o‘yinlar jarayonida ham ishtirokchi-talabalar faol holatda bo‘ladi, sheriklari bilan o‘zaro munosabatga kirishadi, shuningdek, o‘z qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslash, jamoa bilan zarur munosabatni o‘rnatish orqali o‘zini o‘zi o‘rganadi.
Pedagogik jarayonda o‘yinlardan foydalanishda ayrim jihatlarga e’tibor qaratish lozim. Jumladan:
- o‘yin ssenariysini tayyorlash;
- yo‘riqnomalar tuzish;
- auditoriyani o‘yin mohiyatiga muvofiq jihozlash
Ssenariy va uning mohiyati muhim ahamiyatga ega. Zero, aynan ssenariygina tegishli ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga erishish imkoniyatini ta’minlaydi. O‘qituvchilar o‘yin ssenariylarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratishlari, ssenariyni tayyorlash malakasiga ega bo‘lishlari zarur.
- guruhni shakllantirish;
- mashg‘ulotlarning bosh maqsadini ifodalash;
- muammoli vaziyatni vujudga keltirish;
- rollarni taqsimlash,
- o‘yin reglamentini o‘rnatish;
- materiallar, yo‘riqnomalar, qoidalar va
ko‘rsatmalar to‘plamini tarqatish;
- maslahat berish
O‘yin texnnologiyalarini qo‘llashda rollar qur’a tashlash yo‘li bilan taqsimlanadi. Bunda rollar nomi yozilgan kichik qog‘ozchalarda foydalanish mumkin. Rollarning talabalar o‘rtasida qur’a asosida taqsimlanishi kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan noroziliklarning oldini oladi.
O‘yin jarayonida belgilangan vaqt (reglament)ga, muloqot odobiga rioya etish,
faollik ko‘rsatish hamda o‘yinni oxirigacha davom ettirish kutilgan natijani kafolatlaydi. SHuningdek, quyidagi omillar pedagogik maqsadlarda o‘yin texnologiyalaridan samarali foydalanish
imkoniyatini ta’minlaydi:
- o‘yin ssenariysining puxta tayyorlanganligi;
- o‘yin maqsadi va vazifalarining to‘g‘ri, aniq belgilanishi;
- o‘yin qoidalarining aniq, lo‘nda (8-10 tagacha) ifodalanishi;
- o‘yin yo‘riqnomasining mavjudligi;
- talabalarning o‘yin jarayoniga qiziqishlari;
- rollarning samarali, to‘g‘ri taqsimlanishi;
- jamoada ko‘tarinki kayfiyatning yuzaga kelishi;
- ishtirokchilarning bir-birlarini tushuna
olishlari va qo‘llab-quvvatlashlari;
- har ishtirokchining o‘yin natijasi uchun mas’uliyatni his etishi;
- barcha ishtirokchilar imkoniyatlarining yagona maqsadga yo‘naltirilishi



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling