Seminar mashg’ulotlari uchun materiallar 1-seminar mavzusi: savod o‘rgatish tayyorlov davri o‘qish darslarida interfaol metodlaridan foydalanish reja


Download 0.76 Mb.
bet9/12
Sana23.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1223968
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Seminar mashg\'ulotlari

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Savod o‘rgatish o‘qish darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish bo‘yicha esse yozing.
2. Didaktik o‘yinlardan foydalanish metodikasi bo‘yicha metodik xarita tuzing.
3. “BBB” usuli asosida didaktik o‘yinlar haqida ma’lumot yozing.

Bilaman

Bilib oldim

Bilmoqchiman










4-seminar mashg‘uloti:
SAVOD O‘RGATISH ASOSIY DAVR YOZUV DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISHNI TAHLIL QILISH.

REJA
1. Savod o‘rgatish yozuv davri haqida tushuncha.


2. Savod o‘rgatish davri yozuv darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish.
3. Savod o‘rgatish davri yozuv darslarida didaktik metodlar tahlili.


Adabiyotlar

1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh.,


Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b.
2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2009. – 70 b.
3. G‘afforova T., Shodmonov E., G’ulomova X. Ona tili (1-sinf uchun darslik). – T.:Sharq, 2019. – 112 b.
4.Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A. Ona tili (2-sinf uchun darslik). –T.:Cho‘lpon, 2018. -144 b.
5.Fuzailov S., Xudoyberganova M.,Yo’ldosheva Sh. Ona tili (3-sinf uchun darslik). –T.:O‘qituvchi, 2019. -152 b.
6.Ikromova R., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shodmonqulova D. (4-sinf uchun darslik). –T.:O‘qituvchi, 2017. -192 b.

Boshlang‘ich sinflarda didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar ta’lim jarayonida uyushtiriladigan didaktik o‘yinlar ham o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish vositasi sanaladi.


Didaktik o‘yinlarga dam olish yoki vaqt o‘tkazish vositasi deb qaramay, unga ta’lim beruvchi faoliyat deb qarash lozim. Ayni shu maqsaddan kelib chiqib, talabalarga amaliy yordam sifatida quyida boshlang‘ich sinf ona tili, matematika darslarida uyushtiriladigan didaktik o‘yinlar va ularning mustaqil fikrlash bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritamiz. «O‘zim tekshiraman».
Bunday o‘yinlarni o‘tkazishda kichik hajmdagi diktant matni tanlanadi va u darsning kirish qismida uyushtiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga kichik hajmdagi diktant yozdiradi. Barcha o‘quvchilar yozib bo‘lishgach, o‘qituvchi xattaxtaga diktantni yozib ko‘rsatadi. Mabodo diktant oldin xattaxtaga yozilib, usti yopib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘qituvchi pardani ochadi. O‘quvchilar esa unga qarab o‘zlari yozgan diktantni tekshiradilar. Bunday diktantlarni hatto alifbe davrida ham qo‘llash mumkin bo‘lib, o‘qituvchi avvaliga faqat harflardan, so‘ngra (undosh harflar bilan tanishtirilgach) bo‘g‘inlardan iborat quyidagicha turli variantlarda diktant yozdirsa, o‘quvchilarning o‘quv-biluv malakalari shakllana boradi.
1-variant: O,o, I,i, U,u, A,a, O‘,o‘.
2-variant: -Lo, -no, -to, -mi, -un, -in.
3-variant: Bola, lola, ona, zar, par.
4-variant: Bugun havo issiq. «Hikoya». O‘qituvchi xattaxtaga bir nechta so‘z yozib qo‘yadi. O‘quvchilar mustaqil ravishda shu so‘zlar ishtirokida hikoya tuzadilar. SHu jarayonda ularning lug‘at boyligi oshishi bilan birga, gaplarni to‘g‘ri tuzish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi. O‘qituvchining vaqti-vaqti bilan rag‘batlantirishi o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiradi. Bu o‘yindan darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, to‘garaklarda ham bemalol foydalanish mumkin.
Masalan, Nafisa, soat, yomg‘ir, kitob. «U kim? Bu nima?». Stol ustiga bir qancha predmetlar terib qo‘yiladi. O‘qituvchi shu predmetlardan birortasini ta’riflaydi. O‘quvchilar shu belgilar asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar.
Bu o‘yinning afzallik tomoni shundaki, uni dars davomida o‘quvchilar diqqatini jamlash, qo‘llariga dam berish maqsadida yoki yangi tovushlar bilan tanishtirish, yangi mavzuni bayon qilish jarayonida foydalanish mumkin.
Bu o‘yin o‘quvchilarda ziyraklik, sinchkovlik sifatlarini va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga imkon beradi.
Masalan: U shar shaklida. Uni mashhur sportchilarimiz ham stadionlarda o‘ynaydilar. U yosh bolalarning ham sevimli o‘yinchog‘i. (javob: koptok). «Topag‘on». O‘qituvchi biror belgi asosida savol beradi. O‘quvchilar shu belgini o‘zida aks ettirgan predmetlar nomlarini aytadilar. Eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan o‘quvchilar g‘olib sanaladi. Bu o‘yinni o‘tkazish o‘quvchilarga so‘z turkumlari haqidagi 65 dastlabki ma’lumotlar berish jarayonini engillashtiradi. Bundan tashqari, hozirjavoblik, mustaqillik, ziyraklik, ijodkorlik kabi sifatlarni shakllantiradi.
Savol: Nima oq rangda? Javob: qog‘oz, daftar, bulut, parda, qor, buvimning sochlari, .. «Noto‘g‘ri jumla». Bu o‘yin suratlar asosida o‘tkaziladi. O‘qituvchi suratni tasvirlab berish davomida suratga tegishli bo‘lmagan jumlalarni ham ishlatadi. O‘quvchilar ziyraklik bilan shu jumlani topishlari lozim. O‘quvchilardan bu o‘yin davomida ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlik va diqqat talab qilinadi. Ular suratni sinchkovlik bilan kuzatish bilan bir qatorda o‘qituvchining hikoyasini ham diqqat bilan tinglab turadilar. har bir noto‘g‘ri jumlani topish ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va darsga qiziqishini orttiradi. Bu o‘yindan faqat ona tili darslarida emas, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham foydalanish mumkin. «Bo‘lishi mumkin emas».
O‘yin davomida o‘qituvchi matnni o‘qiydi. O‘quvchilar bo‘lishi mumkin bo‘lmagan voqealar ifodalangan jumla yoki gapni topishlari lozim. Hazil-mutoyiba bilan o‘tadigan bu o‘yin ziyraklik, sinchkovlik va kuzatuvchanlikni talab qilishi bilan birga, hikoya tinglash ko‘nikmasini shakllantirishga ham yordam beradi. Bu o‘yin bir necha marta o‘tkazilgach, keyinchalik o‘quvchilarga mustaqil ravishda shunday hikoyachalar tuzishni ham topshirish mumkin. Namuna: Dushanba dam olish kuni bo‘lgani uchun Olim maktabga bormadi. U singlisi Vazira bilan hayvonot bog‘iga bordi. Ular hayvonot bog‘ida suvda suzib yurgan sherni, qafasda sayrayotgan baliqlarni va kattakon vahshiy bulbulni ko‘rdilar. «Harflarni top». Bu o‘yinni og‘zaki yoki rasmli testlarda tovushlarning o‘rnini topishda qo‘llaniladigan rangli to‘rtburchak qog‘ozchalar vositasida ham o‘tkazish mumkin. Bunda 66 ikki xil rangdagi to‘rtburchak qog‘ozchalar olinadi. O‘qituvchi so‘zlarni o‘qiydi. O‘quvchilar esa mustaqil ravishda topish lozim bo‘lgan tovush o‘rnini bir xil rangdagi, qolgan tovushlar o‘rnini ikkinchi xil rangdagi qog‘ozchalar bilan ko‘rsatadilar.
Masalan «ona» so‘zidagi «a» tovushining o‘rnini rangli qog‘ozchalar bilan shunday ko‘rsatadilar: yoki tovushlar sxemasini quyidagicha chizib ko‘rsatadilar: Bu o‘yindan o‘qituvchi o‘quvchilarning savodini chiqarishda samarali usul sifatida foydalanishi mumkin. O‘quvchilarning nutqini rivojlantirish maqsadida o‘yinni og‘zaki ham o‘tkazish mumkin. Masalan: «Maktab» so‘zidagi «a» tovushining o‘rnini topib aytish kerak bo‘lsin. «Maktab» so‘zida «a» tovushi birinchi bo‘g‘inda ikkinchi o‘rinda «m» tovushidan keyin turibdi, ikkinchi bo‘g‘inda esa «t» tovushidan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. «O‘qib ko‘r-chi». O‘qituvchi o‘quvchilarga yozma va bosma harflar bilan katta-katta qilib yozilgan so‘zlarni ko‘rsatadi. O‘quvchilar o‘qiydilar. Tez va to‘g‘ri o‘qigan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. SHu xildagi o‘yinlar vositasida o‘quvchilarning o‘qish texnikasi shakllantiriladi. Bu o‘yinni «Alifbe» davrida ham qo‘llash mumkin. Uni undosh tovushlar hali o‘rganilmagan davrda faqat tovushlar, keyinroq esa bo‘g‘inlar, so‘zlar, gaplar vositasida o‘tkazish mumkin. «Davom ettir». Bu o‘yinda o‘qituvchi hikoya boshlaydi.
O‘quvchilar uni mustaqil davom ettiradilar. Bunda o‘quvchilarda ijodkorlik, mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlanib, bayon yoki insho kabi ijodiy ishlar yozish ko‘nikmasi rivojlanadi va so‘z boyligi ortadi. Bundan tashqari, ularda o‘ziga ishonch hissi shakllanib boradi. «Davom ettir» o‘yinidan ona tili, o‘qish darslarida yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin.
Masalan: «Bugun men barvaqt maktabga kelayotganimda ... ». «Safar». O‘quvchilarga maktabdan yoki o‘z uylaridan ma’lum bir joygacha bo‘lgan yo‘lni tasvirlash topshiriladi. O‘quvchilar bir necha kun davomida «ob’ekt»ni kuzatadilar va uni og‘zaki tasvirlab beradilar. Sinchkovlik, ziyraklik, kuzatuvchanlik, atrof-muhitga diqqat-e’tibor talab etiladigan bu o‘yin vositasida Vatanga e’tiqod, tabiatga muhabbat hislarini tarbiyalash mumkin. Bundan tashqari, o‘quvchilarning nutqi rivojlanadi, lug‘at boyligi ortadi, mustaqil fikrlash malakalari shakllanadi. SHu bilan birgalikda o‘quvchilarning yo‘l harakati qoidalarini qay darajada bilishlarini ham aniqlash mumkin. «Safar» o‘yinidan mustahkamlash darslarida yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin. Masalan: Uydan sport majmuasigacha bo‘lgan yo‘l. Men darsdan keyin sport majmuasidagi kurash to‘garagiga qatnayman. U erga borish uchun uydan chiqib, chap qo‘l tarafga qarab yuraman. Katta yo‘ldan o‘tish uchun piyodalarga ajratilgan yo‘lak bo‘ylab borib, svetoforning yashil chirog‘i yonganda maxsus ajratilgan joydan o‘tib olaman. To‘g‘rida sport majmuasi ko‘rinib turadi. «Sirli so‘z». O‘qituvchi o‘quvchilarga sirli katakchalarda bir xil so‘z necha marta yozilganligini topishni aytadi. Eng ko‘p topgan o‘quvchi g‘olib sanaladi. «Sirli so‘z» o‘yini o‘quvchilarni boshqotirmalarni hal etishdagi dastlabki ma’lumotlar bilan tanishtiradi va ularning fikr doirasini kengaytirishga yordam beradi. Masalan: Quyidagi katakchalarda «Aziza» so‘zi necha marta yozilgan?
«Zanjir». O‘qituvchi o‘yinni boshlab o‘quvchilarga bitta so‘z aytadi. O‘quvchilar bu so‘z qaysi harf bilan tugagan bo‘lsa, shu harf bilan boshlanuvchi so‘zni topib aytadilar. So‘z o‘yini shu tarzda davom etadi. Bu o‘yin 1-sinflarda so‘zlar, yuqori sinflarda esa maqollar, tez aytishlar, hikmatli so‘zlar yoki she’riy baytlar vositasida o‘tkazilishi mumkin. Bunday o‘yinlarning o‘tkazilishi o‘quvchilarning xotirasini mustahkamlaydi, hozirjavoblikka, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Bu o‘yindan ona tili va o‘qish darslarida dam olish daqiqalarida yoki darsni boshlashdan avval o‘quvchilar diqqatini to‘plab olish maqsadida foydalanish mumkin. Masalan: Tabiat, taom, maymun, nok, kitob, botir, rayhon, ... .
«O‘yin-topishmoq». Bu o‘yindan darsning ma’lum bir qismida kichik hajmda yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda katta hajmda foydalanish mumkin. U quyidagi tartibda o‘tkaziladi. O‘qituvchi biror bir narsani topishmoqlar yoki so‘zlar vositasida uch marta ta’riflaydi. Birinchi ta’rif murakkab, ikkinchi ta’rif engilroq, uchinchi ta’rif esa juda engil bo‘ladi. Birinchi ta’rifdanoq to‘g‘ri javobni topgan o‘quvchiga «3» ball, ikkinchi ta’rifda to‘g‘ri javobni topgan o‘quvchiga «2» ball, uchinchi ta’rifda to‘g‘ri javobni topgan o‘quvchiga esa «1» ball beriladi. Bu o‘yinni bir o‘quvchi bilan og‘zaki yoki ko‘pchilik o‘quvchilar bilan yozma ravishda o‘tkazish mumkin. Bunday o‘yinlar o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lib, ularning fikrlash darajasini aniqlash va rivojlantirishga yordam beradi.
Masalan: 1-ta’rif: Aytishlaricha, u shunaqa oq ko‘ngil ekanki, mabodo biror kishini chaqib qo‘ysa, xafa bo‘lganidan, o‘zi halok bo‘lar ekan.
2-ta’rif: U hashorotning nomiga shirinlik nomi ham qatnashgan.
3-ta’rif: Guldan-gulga qo‘nar u, SHarbat yig‘ib jo‘nar u. Yig‘ib o‘zi emaydi, Uyasiga to‘playdi. Hosili men-u senga, Kim nomin aytar menga? (Asalari) «Bu meniki». O‘qituvchi harf yozilgan kartochkalarni o‘quvchilarga tarqatadi. Har bir kartochkada har xil harf yozilgan bo‘ladi. SHundan so‘ng o‘qituvchi so‘zlarni o‘qiy boshlaydi. O‘quvchilar qo‘llaridagi kartochkada yozilgan harf bilan boshlanadigan so‘zni eshitishlari bilanoq «Bu meniki» deb javob berishlari shart. O‘qituvchi so‘zlarni tezroq o‘qiydi, o‘quvchilar ziyraklik bilan tinglaydi. «Tez javob». O‘qituvchi yoki boshlovchi o‘quvchilar qatorini oralab yurib, o‘quvchilardan birini turg‘izadi va biror narsaning nomini aytadi. O‘quvchi shu narsa mansub bo‘lgan turga kiruvchi so‘z topib aytishi lozim. Javob to uchgacha sanaguncha aytilishi kerak. Javob berolmagan o‘quvchi o‘yindan chiqariladi. O‘yin bitta o‘quvchi qolguncha davom ettiriladi. Bunday o‘yin davomida o‘quvchilarda hozirjavoblik, mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlanib, atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatadi, atrofdagi sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarga qiziqishi ortadi. Masalan: O‘qituvchi: «Hayvon». O‘quvchi: «It». O‘qituvchi: «Badiiy film». O‘quvchi: «Abdullajon». O‘qituvchi: «O‘quv quroli». O‘quvchi: «Daftar». O‘qituvchi: «Qizlar ismi». O‘quvchi: «Munavvar» ... .
«Rebus». Rebus boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida juda sodda ko‘rinishda berilib, surat, belgilar asosida hal etiladigan boshqotirmadir. Rebuslarni hal etish uchun, avvalambor, suratda nima tasvirlanganini topish lozim bo‘ladi, shundan so‘ng shartli belgilar asosida yangi so‘z hosil qilinadi. SHu tariqa rebus hal etiladi va u erda qanday so‘z yashiringani topiladi. Rebuslarda shartli belgilar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1.Rasm yonidagi biror-bir harf o‘chirilib yoniga boshqa bir harf yozib qo‘yilgan bo‘lsa, demak, rasmda nima tasvirlangani topiladi va shu so‘zdagi o‘chirilgan harf o‘rniga tegishli harf qo‘yiladi.
Masalan: 5 O Rasmdan «Besh» so‘zini o‘qiymiz. «E» harfi o‘chirilgan va uning yonida «O» harfi turibdi. Demak, biz «besh» so‘zidagi «E» harfi o‘rniga «O» harfini qo‘yamiz va «bosh» so‘zini hosil qilamiz. 2.«’». Bu belgi so‘zning birinchi harfini olib tashlash lozimligini bildiradi. Masalan: Kit rasmi «Kit» so‘zining birinchi harfini olib tashlaymiz va «It» so‘zini hosil qilamiz. 3.«,». Bu belgi so‘zning oxirgi harfini olib tashlash lozimligini bildiradi. Masalan: 4 , Demak, «To‘rt» so‘zining oxirgi harfini olib tashlaymiz va «To‘r» so‘zini hosil qilamiz. «Krossvord». Krossvord o‘yinini o‘tkazish uchun o‘quvchilar yoshiga mos holda juda sodda ko‘rinishdagi krossvordlar tuzib olinadi.
O‘quvchilar mustaqil ravishda javoblarni topib yozadilar. Krossvordlar dastlab o‘qituvchi boshchiligida hal etiladi. O‘quvchilarda krossvordlarni hal etish ko‘nikmalari paydo bo‘lgandan keyin o‘qituvchi nazorati ostida mustaqil hal etadilar. «Krossvord» o‘yini o‘quvchilar dunyoqarashini o‘stirish bilan birgalikda ularning so‘zlar ma’nosini yodda saqlab qolishlariga ham imkon beradi. O‘yin avvalida katakchalarga so‘zlarni o‘qituvchi yozib bergan bo‘lsa, keyingi so‘zlarni o‘quvchilar ham navbat bilan yozishlari mumkin. Katakchalarni to‘ldirishda o‘quvchilarning bevosita ishtiroki ularning o‘yinga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Agar krossvordda kalit so‘z mavjud bo‘lsa, katakchalar to‘ldirib bo‘lingach, o‘qituvchi ajratib ko‘rsatilgan (qalin chiziq bilan chegaralangan) katakchalarda yozilgan so‘zlarni o‘quvchilar bilan birgalikda o‘qiydi. O‘quvchilarning mustaqil fikrlash malakalarini shakllantirishga yordam beradigan krossvorddan darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin. Ilmiy adabiyotlarda didaktik o‘yinlarni uyushtirishda darsning asosiy didaktik maqsadini, hisobga olish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘yindan darsning barcha bosqichlarida foydalanish mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan ta’limiy o‘yinlarni boshlang‘ich sinf ona tili dasturi bo‘yicha tahlil qilamiz. 1-sinf ona tili dasturi bo‘yicha 1-sinf darsligi: 1-bo‘limi «Tovushlar va harflar bo‘limi». Bu bo‘limda «O‘zim tekshiraman», «Harflarni top», «Sirli so‘z», «Bu meniki», «Iztopar» o‘yinlaridan foydalanish mumkin. «So‘z» bo‘limini o‘qitish jarayonida «O‘zim tekshiraman», «U kim?», «Bu nima?», «Topag‘on», «O‘qib ko‘rchi», «Sirli so‘z», Zanjir, «Iztopar», «So‘z o‘yini» o‘yinlarini qo‘llash o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘llaydi. «Hikoya», «O‘zim tekshiraman», «Noto‘g‘ri xulosa», «Bo‘lishi mumkin emas», «Davom ettir», «Safar», «Jonli hikoya» o‘yinlaridan «Nutq. Gap» bo‘limida foydalanish o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. 2-sinfda ona tili dasturi «Tovush va harflar», «So‘z», «Gap», «So‘z tarkibi», «So‘z turkumlari» bo‘limlaridan iborat. «Tovush va harflar» bo‘limida o‘quvchilarga nazariy va amaliy bilimlar berishda, mustaqil fikrlashga o‘rgatishda «O‘zim tekshiraman», «Harflarni top», «O‘qib ko‘r-chi», «Zanjir», «Sirli so‘z», «Bu meniki», «Krassvord», «Iztopar» o‘yinlari muhim o‘rin tutadi. «So‘z» bo‘limida «U kim? Bu nima?», «Zanjir», «Bu meniki», «Tez javob», «So‘z o‘yini», «Quruvchi» o‘yinlaridan foydalanish mumkin. «Gap» bo‘limida «Hikoya», «Noto‘g‘ri jumla», «Bo‘lishi mumkin emas», «Davom ettir», «Jonli hikoya», «Sirli xat» o‘yinlaridan foydalanish mumkin. «So‘z tarkibi» bo‘limida «Hikoya», «Topag‘on», «Noto‘g‘ri jumla», «Bo‘lishi mumkin emas», «Davom ettir», «Krassvord», «Jonli hikoya» «Quruvchi» o‘yinlaridan foydalanish mumkin. «So‘z turkumlari» bo‘limida o‘quvchilarga so‘z turkumlari haqida dastlabki ma’lumotlar beriladi. Bu bo‘limda o‘quvchilarda tafakkur mustaqilligini shakllantirish uchun «U kim? Bu nima?», «Topag‘on», «Davom ettir», «Sirli so‘z», «O‘yintopishmoq», «Bu meniki», «U nima qilyapti?», «Jonli hikoya», «So‘z o‘yini», «Sirli xat», o‘yinlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
3-sinf ona tili dasturi 2-sinf ona tili darsligi materillarini takrorlash bilan boshlangan. SHu bilan birga «Gap», «So‘z tarkibi», «So‘z turkumlari» bo‘limlaridan iborat. «Takrorlash» bo‘limida o‘quvchilarning 2- sinfda o‘zlashtirilgan nutq, gap, so‘z va tovushlar haqidagi bilimlari mustahkamlanadi. Bu bo‘limda mos ravishda «Hikoya», «O‘zim tekshiraman», «U kim? Bu nima?», «Noto‘g‘ri jumla», «Bo‘lishi mumkin emas», «Harflarni top», «Davom ettir», «Sirli so‘z», «Quruvchi» o‘yinlaridan foydalanish 2-sinfda o‘zlashtirilgan materiallarni yodga tushirish bilan birga mustaqil fikrlashga o‘rgatishga ham yordam beradi. «Gap» bo‘limida «O‘zim tekshiraman», «Hikoya», «Noto‘g‘ri jumla», «Bo‘lishi mumkin emas», «Davom ettir», «Safar», «O‘yintopishmoq», «Rebus», «Krasvord», «Jonli hikoya» kabi o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. «So‘z tarkibi» bo‘limida «O‘zim tekshiraman», «Noto‘g‘ri jumla», «O‘qib ko‘r-chi», «Sirli so‘z», «Zanjir», «Bu meniki», «Jonli hikoya», «So‘z o‘yini», «Quruvchi» o‘yinlaridan foydalanish mumkin. «So‘z turkumlari» bo‘limida «Hikoya», «U kim? Bu nima?», «Topag‘on», «Notug‘ri jumla», «Bo‘lishi mumkin emas», «Davom ettir», «Safar», «Rebus», «O‘yin-topishmoq», «Krassvord», «Pantomimo», «Jonli hikoya», «Iztopar», «Sirli xat» o‘yinlaridan foydalanish to‘g‘ri bo‘ladi.
4-sinf ona tili darsligi 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash va «So‘z turkumlari» bo‘limlaridan iborat. 4-sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, biz yuqorida keltirgan didaktik o‘yinlardan foydalanishda imkoniyatlar katta ekanligini ko‘ramiz. Masalan, «Takrorlash» bo‘limida «O‘zim tekshiraman», «Topag‘on», «Noto‘g‘ri jumla», «Davom ettir», «Safar», «Zanjir», «O‘yintopishmoq», «Rebus», «Krossvord», «Quruvchi» o‘yinlaridan foydalanib o‘quvchilar uchun ma’lum bo‘lgan bilimlarni takrorlash jarayonini zerikarli bo‘lmasligini ta’minlaydi va mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. 4-sinfda so‘z turkumlaridan ot, sifat, son, kishilik olmoshlari va fe’lga doir bilimlar beriladi. So‘z turkumlariga doir bilimlar berish jarayonida «O‘zim tekshiraman», «Hikoya», «Davom ettir», «Jonli hikoya», «O‘yin-topishmoq», «Rebus», «Krossvord», «Pantamimo», «Safar», «Tez javob», «So‘z o‘yini», «Sirli xat» kabi o‘yinlardan foydalanish o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini shakllantirishga va mustaqil fikrlashga o‘rgatishga yordam beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlari har bir sinfda bir-biridan keskin farq qiladi. Olti-etti yoshli o‘quvchilarning diqqati turg‘un bo‘lmasligi bois o‘yinga ko‘proq moyillik bildirishadi. SHu sababli dars davomida o‘yinlardan ko‘proq foydalanishga to‘g‘ri keladi. Keyingi sinflarda o‘quvchilar maktab sharoitiga ancha moslashadi, bilim olishga qiziqishlari oshadi. Endi ularni ancha jiddiy ishlarga tayyorlay borish mumkin.
Ammo bu holat ta’lim jarayonida o‘yinlardan foydalanishni kamaytirish lozim, degani emas. Agar 1-sinfda o‘quvchilarni o‘yin ko‘proq qiziqtirsa, keyingi sinflarda o‘yinning mazmuni, natijasini anglashga ehtiyoj tug‘iladi. Ular o‘z imkoniyatlari va qobiliyatlarini ko‘rsatish imkoni bo‘lgan o‘yinlarda ishtirok etishga intila boshlaydilar. Didaktik o‘yinlar quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: Bu bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarni darsgacha bo‘lgan vaqtda tayyorlaydi. Tayyorgarlik shundan iboratki, o‘quvchilar darsga kerakli o‘quv qurollarini oldindan tayyorlaydilar, mavzuga oid materiallar bilan mustaqil tanishadilar, darslik va boshqa nazariy materiallarni ko‘zdan kechiradilar.
2-bosqich: Bu bosqichda o‘quvchilarga o‘yin mohiyati tushuntiriladi, rollar bo‘lib beriladi, manbalar bilan tanishtiriladi va o‘yin amalga oshiriladi. Didaktik o‘yinlarni o‘tkazishda o‘qituvchining o‘rni juda muhim. O‘qituvchi o‘yin va uning qonun-qoidalarini o‘quvchilarga tayyor holda etkazadi va o‘yinda bevosita ishtirok etib ular bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi, turli talablarni bajarishda namuna bo‘lib xizmat qiladi, ma’lumotlar berib boradi. O‘qituvchi didaktik o‘yinlarni o‘tqazishga tayyorgarlik jarayonida quyidagi talablarga rioya qiladi: - tanlangan didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga mos bo‘lishi; - har bir o‘yin pedagogik va psixologik jihatdan asoslangan bo‘lishi; - o‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash va mustahkamlashga yordam berishi; - bir xildagi o‘yinlarning ko‘p takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik; - o‘yinni o‘tkazishdan avval o‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham puxta tayyorgarlik ko‘rishi; - o‘yin yakunida g‘olib va bilimdon o‘quvchilarni rag‘batlantirib borish. Biz yuqorida misol tarzida keltirgan didaktik o‘yinlar barcha qonun-qoidalar va prinsipial talablarga rioya qilib o‘tkazilsa, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishga samarali ta’sir qilishi shubhasizdir.
O‘quvchilarning mustaqil fikrlash darajalarini aniqlash yuzasidan test savollari (2-sinf) 1. «SHahlo» so‘zida nechta tovush va nechta harf bor? (Lotin alifbosida «sh» tovushi ikki harf orqali ifodalanadi) A) 6 ta harf, 5 ta tovush. B) 6 ta harf, 6 ta tovush 2. Matnni to‘ldiring: Men . . . ga bordim. U erda . . . ni ko‘rdim. U menda yaxshi taassurot qoldirdi. 3. Qaysi gap to‘g‘ri tuzilgan? A) Biz chiqdik dalaga kecha. B) Kecha biz dalaga chiqdik. 4. Qaysi so‘z talaffuzida undosh tovush tushib qoladi? A) Hisob. B) Toshkent. 5. Narsa va shaxsning belgisini bildirgan so‘zlar nima deyiladi? A) Sifat. B) Ot. 6. Qaysi qatordagi so‘zlar bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratilgan? A) Ba-ho-dir, Ravsh-an. B) Ba-ho-dir, Rav-shan. 7. Matn nimalardan tuziladi? A) So‘zlardan. B) Gaplardan. 8. Gap oxiriga tinish belgilarini qo‘ying. A) O‘rtog‘ingdan xabar oldingmi B) Bahor naqadar go‘zal fasl 9. Kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar qatorini toping. A) Olma, parta, ishchi. B) Duradgor, ota, o‘quvchi. 10. Gap qanday ma’no bildiradi? A) Gap tugallangan ma’no bildiradi. B) Gap tugallanmagan ma’no bildiradi.
O‘quvchilarning mustaqil fikrlash darajalarini aniqlash yuzasidan test savollari (3-sinf) 1. Unli tovushlar qaysi qatordagi so‘zda ko‘p qatnashgan? A) mustaqil; B) yigirma; V) SHohimardon.
2. Qaysi qatordagi so‘zlarning talaffuzida undosh tovushlar tushib qoladi? A) Toshkent, maktab; B) uzum, kitob; V) Samarqand, Toshkent.
3. So‘zlarni mos kataklarga joylashtiring: Kuch, kuchli, ishchi, ishlamoq, ishchan. Ot Sifat Son Fe’l
4. . . . o‘zak, so‘z yasovchi qo‘shimcha va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalardan tashkil topadi. A) otlar; B) gaplar; V) so‘zlar.
5. Gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan gap bo‘laklarini toping. A) kesim; B) ega; V) gap.
6. Gap bo‘laklarini jadvalga joylashtiring. A) O‘quvchilar maktabga shoshib ketmoqdalar. B) Munavvar onasiga yordamlashdi. Ega Kesim Ikkinchi darajali bo‘lak
7. Berilgan so‘zlarni qatnashtirib gaplar tuzing. A) bo‘ldi, mustaqil, yurtimiz. B) o‘stiradilar, o‘quvchilar, gullar, bog‘ida, maktabning.
8. Nuqtalar o‘rniga mos so‘larni qo‘ying. Tozalik - . . . garovi. SHuning uchun . . . ni toza saqlaymiz. Bu bizga . . . bo‘lishga yordam beradi.
9. Qaysi gap to‘g‘ri yozilgan? A) Bu yil yomg‘ir serop bo‘ldi. B) Bu yil yomg‘ir serob bo‘ldi. V) Bu yil yomg‘ir serob bo‘lti.
10. Quyidagi so‘zlarni qatnashtirib hikoya tuzing. Tong, bulbul, kitob, ona. O‘quvchilarning mustaqil fikrlash darajalarini aniqlash yuzasidan test savollari (4-sinf) 1. Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘ying. O‘quvchi . . . ustoz . . . bilan maktab orqasidagi er . . . gul ekdilar. 2. YAsama so‘zlar qatorini toping. A) ishchi, oshxona, kitobxon B) bog‘ning, kitobsevar, olmaxon V) olma, oshpaz, daftar 3. Tinish belgilarini qo‘ying. Anvar bugun maktabga kelmagan o‘rtog‘ini kech bo‘lsa-da ko‘rgani bordi. 4. Qo‘shimchalar qaysi fe’l zamonlariga tegishli ekanligini yozib qo‘ying. Qo‘shimchalar Fe’l zamonlari -gan; -gan edi; -di -moqchi; -adi. -yapti. 5. So‘zlarni jadvaldagi mos katakchalarga joylashtiring. A) Maktab bizning ikkinchi uyimizdir. B) Onam menga qiziqarli kitob va qalam sovg‘a qildilar. Ot Sifat Son Olmosh Fe’l Bog‘lovchi 6. Quyidagi so‘zlarni qatnashtirib, 4-5 gapdan iborat hikoya tuzing. YOmg‘ir, kitob, olma, kasal, ko‘ylak.
7. Kishilik olmoshlarini yozing. (b i r l i k ) (k o‘ p l i k) I shaxs I shaxs II shaxs II shaxs III shaxs III shaxs 8. Kelishik qo‘shimchalari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) –ning; -im; -dan. B) –ning; -ni; -ga; -da; -dan. V) –dan; -lar; -moqchi. 9. So‘zlarni alifbo tartibida yozing. 80 Qaldirg‘och, g‘altak, varrak, arqon, olam, Vatan, ark, ona, qanot. 10. So‘zlarning urg‘usini qo‘yib ko‘chiring. CHo‘lda jazirama issiq bo‘ladi. Suv yo‘q. Odamlar kanal qazib, cho‘lga suv keltirdilar. Insonning qo‘li gul. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mustaqil fikrlash darajalarini aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan o‘yintopishmoqlar 1-savol: 1-ta’rif: U qishda ham uxlamaydi, yashnayveradi. 2-ta’rif: Ko‘k nimchasin echmas hech, YOz bo‘lsa ham kechmas hech. Dersiz, qishda qaqshar u, Ayni qishda yashnar u. 3-ta’rif: Yilda bir bor mehmon bo‘lar YAshil sochli opamiz. Uy to‘riga o‘tkazib, Taqinchoqlar taqamiz. 2-savol: 1-ta’rif: Kichkina dono, Ichi to‘la ma’no. 2-ta’rif: Ilmga kon, Mazmunga makon, So‘zi serhikmat, Bizga do‘st, ulfat, O‘rgatar odob, Bu nima, Ozod? 3-ta’rif: Qat-qat qatlama, Aqling bo‘lsa tashlama.
3-savol: 1-ta’rif: U tabiat hodisasi. Qariyalarning soch-soqoliga ham «tushibdi» deyishadi.
2-ta’rif: Sovug‘i bor Emas qor. Oppoq, hech kim – Demas qor.
3-ta’rif: Sovuq kunlari hamma joyni qoplaydi-yu, havo sal ilishi bilan erib ketadi.
4-savol:
1-ta’rif: Aytishlaricha, u shunaqa oqko‘ngil ekanki, mabodo biror kishini chaqib xafa qilib qo‘ysa, o‘zi ham halok bo‘lar emish.
2-ta’rif: U hasharotning nomida shirinlik nomi qatnashadi.
3-ta’rif: Guldan-gulga qo‘nar u, SHarbat yig‘ib jo‘nar u, Yig‘ib o‘zi emaydi, Uyasiga to‘playdi, Hosili men-u senga, Kim nomin aytar menga?
5-savol:
1-ta’rif: U dalada o‘sadi. Undan kiyim-kechak, oziq-ovqat tayyorlashadi.
2-ta’rif: Oq gulim, oppoq gulim, Husniga shaydo elim. 3-ta’rif: Dala to‘la oppoq qush, Pati yo‘g‘u, momiq qush. U tufayli elimiz To‘q yashaydi yoz-u qish. 6-savol:
1-ta’rif: Uni «nog‘orachi qush» deb atashadi. 2-ta’rif: U qush doim bir oyoqda turadi.
3-ta’rif: Hindistondan keladi lo‘k, Oyog‘i uzun, ko‘zi ko‘k. 7-savol: 1-ta’rif: Tong otadi-yu, ufqda «u» ko‘rinadi.
2-ta’rif: Tilla sandiq ochildi, Ichidan zar sochildi.
3-ta’rif: Tilla barkash yaraqlaydi, Baxt ulashib charaqlaydi.
8-savol:
1-ta’rif: O‘yinda raqiblarni Eldiradi izidan. Terlatsa ham ularni, Ter chiqmaydi o‘zidan.
2-ta’rif: U xuddi quyoshdek dum-dumaloq.
3-ta’rif: Uni mashhur sportchilarimiz ham katta-yu kichik barcha sevib o‘ynaydi.
9-savol:
1-ta’rif: U ham baqa, ammo sakrolmaydi.
2-ta’rif: U uyasini doim o‘zi bilan birga olib yuradi.
3-ta’rif: U yugurish musobaqasida quyon ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa ham, juda sekin yuradi.
10-savol:
1-ta’rif: Uning «ko‘ylaklarini» biz maza qilib iste’mol qilamiz.
2-ta’rif: Ko‘ylagi qavat-qavat, Tugmalari yo‘q faqat.
3-ta’rif: Pak-pakana bo‘yi bor, Etti qavat to‘ni bor.
1-sinf ona tili dars ishlanmasidan namuna
Darsning mavzusi: Nutq va gap. 145-147-mashqlar.
Darsning maqsadi: a) o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish; b) tabiatni asrab-avaylashga o‘rgatish, o‘zaro hurmat, do‘stlik, o‘rtoqlik munosabatlarini shakllantirish, nutq va gap, tinish belgilari haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Darsning metodi: savol-javob, suhbat, ko‘rsatmalilik, mustaqil ishlash metodi, didaktik o‘yinlar.
Darsning jihozlari: test savollari, boshqotirma, tarqatma materiallar.
Darsning borishi: 1.Uyga berilgan vazifani tekshirishda o‘qituvchi aylanma daftarlardan foydalanadi. Tekshirilgan va baholangan daftarlar tarqatilgach, o‘qituvchi uyga vazifani «a’lo» darajada bajargan o‘quvchilarni rag‘batlantiradi, uyga vazifani bajarishda uchragan tipik kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida ayrim ishlarni sharhlab o‘tadi. 2.O‘tgan mavzuni mustahkamlashda «O‘zim tekshiraman» o‘yini o‘tkaziladi. O‘qituvchi kichik hajmdagi diktant yozdiradi: «Ravshan baliqlarni yaxshi ko‘radi». Diktant yozib bo‘lingach, o‘qituvchi xattaxtaga diktant matnini yozib qo‘yadi. O‘quvchilar yozgan diktantlarini o‘zlari mustaqil tekshiradilar. SHundan so‘ng o‘qituvchi kimlar xatosiz yozganini va kimlar xatoga yo‘l qo‘yganini aniqlaydi. G‘olib o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. 3. «Nutq va gap» mavzusi test yordamida takrorlanadi.
O‘quvchilar testning javoblarini «A» va «B» harflari yozilgan qog‘ozchalar orqali ko‘rsatadilar. 1. Gaplar nimalardan tuziladi? A) so‘zlardan B) tovushlardan
2. Nutq nimalardan tuziladi? A) so‘zlardan B) gaplardan 3.Gap oxiriga nima qo‘yiladi? A) vergul B) nuqta 4. SHundan so‘ng 145-mashq bajariladi. O‘qituvchi mashqning shartini o‘qiydi: «Matnni o‘qing. Gaplarning chegarasini aniqlang. Har bir gapning oxiriga kerakli tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring». O‘qituvchi matnni o‘qiydi va bir marta hikoya qilib beradi: Matn: ZARIF VA ZAFAR Zarif shaharda yashaydi. U qishloqqa pochchasinikiga mehmonga bordi. Pochchasining o‘g‘li Zafar kartoshkaga suv quyardi. Zarifning Zafarga havasi keldi. Zarif Zafarga yordamlashdi.
5. O‘quvchilarga matnni I-shaxs tilidan hikoya qilish topshiriladi. Ular quyidagicha hikoya qiladilar: «Biz shaharda yashaymiz. Men pochchamnikiga mehmonga bordim. Pochchamning o‘g‘li kartoshkaga suv quyardi. Mening unga havasim keldi. Men Zafarga yordamlashdim».
6. SHu matn asosida «Noto‘g‘ri jumla» o‘yini o‘tkaziladi. O‘qituvchi matnni o‘qiydi va 3-gapdan keyin «Nigora kitob o‘qiyapti» jumlasini qo‘shadi. O‘quvchilar qaysi jumla matnga tegishli emasligini topadilar.
7. O‘quvchilar matnni bir marta mustaqil o‘qiydilar, gaplarning chegaralarini aniqlaydilar va tinish beligilarini qo‘yib matnni husnixat bilan ko‘chiradilar.
8. 146-mashq. Berilgan so‘zlardan gaplar tuzib yozish kerak. Mashqning birinchi gapini yozishda «Zanjir» o‘yini o‘tkaziladi. Bunda o‘qituvchi alohida qog‘ozlarga so‘zlarni yozadi va 3 ta o‘quvchiga beradi. O‘quvchilar qisqa muddatda bir qatorga tizilib, qo‘llaridagi so‘zlar bilan bir butun gap hosil qiladilar va uni ko‘chirib yozadilar: «Non - aziz ne’mat». Mashqning 2- va 3-gaplari «Hikoya» o‘yini bilan o‘tkaziladi, ya’ni o‘quvchilar so‘zlardan foydalanib gaplar tuzadilar. Dars xulosalanadi, o‘quvchilar reytingi e’lon qilinadi va uyga topshiriqlar beriladi.
2-sinf ona tili dars ishlanmasidan namuna
Darsning mavzusi: Narsa va shaxs belgisini bildirgan so‘zlar.
Darsning maqsadi: a) belgi bildiruvchi so‘zlar haqida ma’lumot berish orqali mustaqil fikrlashga o‘rgatish; b) o‘quvchilarda do‘stlik, hamkorlik, vatanparvarlik kabi xususiyatlarni shakllantirish.
Darsning metodlari: mustaqil ishlash va muammoli izlanish metodi, didaktik o‘yinlar, og‘zaki va amaliy metodlar.
Darsning jihozlari: darslik, tarqatma materiallar, test, boshqotirma. Darsning borishi: O‘qituvchi tashkiliy qism o‘tkazadi. Uyga vazifa aylanma daftarlar vositasida tekshiriladi. O‘quvchilarning yutuq va kamchiliklari tahlil qilinadi. O‘qituvchi shunday savol beradi. O‘qituvchi: Hozir ona tili darsi. Bizning ona tilimiz qanday nomlanadi? (O‘zbek tili ) O‘zbek tili haqida kim she’r biladi? O‘quvchi: O‘zbek tili O‘zbek tili so‘zga boy, Sizga ayon hoyna-hoy. Bu tilda so‘zlaganda Bulbullar qilar xanda. Men shu tilda so‘zlayman Va shu tilda ko‘ylayman. Navoiyning g‘azali Bu tilda xo‘p mazali. Tilini sotganlarni, Gunohga botganlarni, Bo‘lding, deya, havoyi, Kechirmagan Navoiy. O‘qituvchi: Biz o‘tgan darsda qanday mavzu bilan tanishgan edik? (Narsa va shaxsning harakatini bildirgan so‘zlar) Narsa va shaxsning harakatini bildirgan so‘zlar qanday savolga javob bo‘ladi? (Narsa va shaxsning harakatini bildirgan so‘zlar nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? nima qildilar? nima qilyaptilar? nima qiladilar? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi). Misollar keltiring-chi? (O‘quvchilar misollar keltiradilar). Narsa va shaxsning nomini bildirgan so‘zlar qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? (Narsa va shaxsning nomini bildirgan so‘zlar kim? nima? kimlar? nimalar? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi). Narsa va shaxsning nomini bildirgan so‘zlarga ham misollar keltiring-chi? (O‘quvchilar misollar keltiradilar). Bolalar, mana bu boshqotirmada bahorda ochiladigan gullar nomi yashiringan. Keling, birgalashib topamiz. (Lola, binafsha, boychechak) O‘qituvchi: Bugungi mavzumiz «Narsa va shaxs belgisini bildirgan so‘zlar». Bugungi sanani va mavzuni yozamiz. (O‘qituvchi daftarlarni xattaxta ustida joylashuvini, to‘g‘ri o‘tirish, ruchkani to‘g‘ri ushlash va yozish qoidalarini eslatadi) Narsa va shaxs belgisini bildirgan so‘zlar qanday? qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Qanaqa daraxt? (YAshil, ko‘rkam daraxt). Qanday bino? (Katta, hashamatli bino). Dilbar qanday qiz? (Dilbar aqlli qiz). YOdgorning kiyimi qanday? (YOdgorning kiyimi qora). O‘quvchilar 238-mashqni bajaradilar. Qanday bino? Katta, hashamatli bino. Qanday ko‘cha? Keng va yorug‘ ko‘cha. Qanaqa daraxt? YAshil, ko‘rkam daraxt. O‘quvchilar quyidagi test savollarini hal etadilar:
1. Narsa va shaxsning nomini bildirgan so‘zlar qanday savolga javob bo‘ladi? a) Kim? Nima? Kimlar? Nimalar? b) Nechta? Qancha? Nechanchi? v) Qanday? Qanaqa? 2. Echkining bolasi nima deb nomlanadi? a) qo‘zichoq b) bo‘taloq v) uloqcha 87 3. Narsa va shaxs harakatini bildirgan so‘zlar qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? a) Qanday? Qanaqa? b) Nima qildi? Nima qilyapti? Nima qiladi? v) Kim? Kimlar? Nima? Nimalar? 239-mashq. (Mashq yozdiriladi, topishmoqning javobi toptiriladi va belgi bildirgan so‘zlar tagiga chizdiriladi) Usti yo‘l-yo‘l, ko‘k, sariq, Beqasamga o‘xshaydi. SHirinligi til yorar, Hidi o‘tkir, bo‘yi past. (handalak) 240-mashq. (Mashq matni qaysi hayvon haqida ekanligi va belgi bildirgan so‘zlar topiladi) Uning qulog‘i uzun, dumi kalta. Terisi yozda kul rang, qishda oq. (quyon) O‘quvchilar 3 guruhga ajratiladi va gap tuzish o‘yini o‘tkaziladi. O‘quvchilar berilgan harflar bilan boshlanadigan so‘zlar ishtirokida gap tuzadilar. 1-guruh: MMMM - Malikaning mushugi muloyim miyovladi.
2-guruh: CHCHCHCH – CHaros chinni choynakni chaydi.
3-guruh: SSSS – Salim Samarqandda sabzi sotdi. G‘olib o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. O‘quvchilar reytingi e’lon qilinadi va uyga topshiriq beriladi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling