Seminar mashg’ulotlari uchun materiallar 1-seminar mavzusi: savod o‘rgatish tayyorlov davri o‘qish darslarida interfaol metodlaridan foydalanish reja


Download 0.76 Mb.
bet10/12
Sana23.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1223968
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Seminar mashg\'ulotlari

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Savod o‘rgatish tayyorlov davri yozuv darslarida didakdik o‘yinlardan foydalanib esse yozing.
2. Didakdik o‘yinlardan foydalanish metodikasi bo‘yicha metodik xarita tuzing.
3. “BBB” usuli asosida didaktik o‘yinlar haqida ma’lumot yozing.

Bilaman

Bilib oldim

Bilmoqchiman










5-seminar mashg‘uloti:
SAVOD O‘RGATISH DARSLARINI TASHKIL QILISHDA DIDAKTIK MATERIALLARINING AHAMIYATINI TAHLIL QILISH


REJA
1. Savod o‘rgatish darslarini tashkil qilish.
2. Savod o‘rgatish davrida didaktik materiallarning ahamiyati.
3.Savod o‘rgatish darslarini tashkil qilishda didaktik materiallarini tahlili.


Adabiyotlar:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh.,
Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b.
2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2009. – 70 b.
3. G‘afforova T., Shodmonov E., G’ulomova X. Ona tili (1-sinf uchun darslik). – T.:Sharq, 2019. – 112 b.
4.Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A. Ona tili (2-sinf uchun darslik). –T.:Cho‘lpon, 2018. -144 b.
5.Fuzailov S., Xudoyberganova M.,Yo’ldosheva Sh. Ona tili (3-sinf uchun darslik). –T.:O‘qituvchi, 2019. -152 b.
6.Ikromova R., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shodmonqulova D. (4-sinf uchun darslik). –T.:O‘qituvchi, 2017. -192 b.

Ma’lumki, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish ularni to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga, tahliliy fikr yuritishga, mustaqil ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi bo‘lish kabilarga tayyorlashning didaktik asosini tashkil etadi. SHuningdek, o‘quvchidagi mustaqil fikr-mulohazalar va voqelikka munosabatlarning xulosaviy ifodasidir.


Mustaqil fikr odatda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi pedagogik munosabatlarning ta’lim jarayonida o‘z ifodasini topadi. Bunda albatta mustaqil fikrlashga ta’lim jarayonidagi o‘zaro ishonch, talab, o‘zgalarning fikrlashiga hurmat bilan qarash, tartib-intizom va ularga mos ma’naviy saviya hamda intellektual salohiyat kabilar asos bo‘ladi. Ta’lim jarayoniga bunday yondashuvda bilim o‘quvchilarning o‘z ilmiy ijtimoiy tartiblari asosida paydo bo‘ladi va xulqatvor shakllarining ham o‘zgarishiga ta’sir qiladi. Bunday jarayonlarda o‘quvchi mustaqil ravishda o‘z fikrlarini bildirar ekan, u ta’lim jarayonining sub’ekti sifatida ham namoyon bo‘ladi, ya’ni ushbu jarayonda teng huquqli ta’lim dialogi vujudga keltiriladi. Ma’lumki, o‘quvchi oldida ta’lim olishning bir qancha bir-biriga bog‘liq bosqichlari mavjud.
Ulardan birinchisida, tayyor bilimlarni o‘qituvchi yordamida o‘quv adabiyotlaridan olish, ularni esga solish (eshitdingmi, tushundingmi), esda saqlash (ko‘rdingmi, anglab etdingmi) va qayta esga tushirish (amalga oshirdingmi uddaladingmi), so‘zlab berish, yozma ifodalash kabi holatlar bilish, tushunish darajasini ifodalasa, ikkinchisida esa o‘quvchilardan olgan bilimlarini amalda tatbiq etish, ma’lum natijalarni qo‘lga kiritish, to‘ldirish, boyitish, o‘zgartirish, o‘zining mustaqil nutqai-nazariga ega bo‘lish talab etiladi. Bu talab o‘quvchidagi mustaqil fikrlashning ishga tushirilishidir. Bu orqali o‘quvchilar izlanadi, fikrlarni to‘playdi, ya’ni mustaqil ma’lumotlarni to‘playdi, ularni hayolan tizimlashtiradi-da, oxirida o‘zining xulosaviy fikrini bayon qiladi. Bu o‘quvchilarning jarayon yoki hodisa yoki holat haqidagi mustaqil fikridan iborat bo‘ladi va ular mustaqil ta’lim jarayonida samarali amalga oshiriladi. Ushbu sohada olib borgan izlanish va kuzatishlarimiz natijalarining ko‘rsatishicha, o‘quv-bilish faoliyati muhitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatishni o‘zaro tashkil etuvchilarga ajratib, ular orasidagi aloqadorlikni (bog‘lanishlarni) doimo e’tiborga olgan holda faoliyat yuritishga to‘g‘ri kelar ekan.
O‘quv elementlari, bosh masalani ajratib olish, darsliklarga oid qo‘shimcha ma’lumotlar matni, interfaol usul va uning maqsad va vazifalari, pedagogik munosabat, savollar (oddiy, aniqlovchi, tushuntiruvchi), ta’lim mazmuni, ta’lim berish, ta’lim jarayonini tashkil etish, ta’lim maqsadi, texnologiyasi, o‘qitish, o‘quv mavzui, o‘quv jarayoni. O‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyati muhitining "Bilish jarayoni" nomli asosiy qismida quyidagi komponentlar hisobga olinadi: o‘quvchining tashabbuskorlikka bo‘lgan xohishi, bilim, bilish (haqiqiy bilimni hosil qilish jarayoni), ijodkorlikni rivojlantirish mexanizmlari, induktiv fikrlash, xulosalash, interfaollik, muloqot, savollar (baholovchi va ijodiy), tanqidiy fikrlash, o‘zlashtirish, o‘quv dasturi, o‘quv rejasi. O‘quv-bilish faoliyati muhitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatishning tashkiliy tuzilmasi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling