Семинар режаси: Konstitutsiyaviy huquqning tushunchasi, predmeti va tizimi
-Savol. O’zbekistonda shaxs huquqiy holatining konstitusiyaviy asoslari
Download 173.38 Kb.
|
MAVZU
2-Savol. O’zbekistonda shaxs huquqiy holatining konstitusiyaviy asoslari.
Fuqarolik - shaxsning muayyan davlatga mansubligi bo’lib, davlat unga nisbatan o’z hukmini o’tkazadi va uni Konstitusiyada ko’rsatilgan fuqarolik huquqlari va burchlari bilan ta’minlaydi, uning huquqini ushbu davlat ichida hamda tashqarisida muhofaza qiladi. Fuqarolik shaxsning muayyan davlat bilan barqaror, doimiy siyosiy-huquqiy aloqasidir. Bu aloqa ularning o’zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi. Chunki ma’lum davlat hududida shu davlat fuqarolaridan tashqari chet el fuqarolari, fuqaroligi yo’q shaxslar ham yashaydi. Davlat chiqargan qonunlar esa shu davlat hududida yashab turgan barcha shaxslarga taalluqlidir. Davlat fuqarosi deganda, shaxsning faqat davlat hududida yashashi yoki uning hokimiyatiga bo’ysunishi, huquq va burchlar bilan ta’minlanishigina emas, balki shaxs bilan davlat o’rtasidagi doimiy siyosiy-huquqiy aloqalar, munosabatlarni tushunish kerak. Shaxsning jamiyatdagi holati uning jamiyatdagi huquq va burchlarini belgilaydigan butun ijtimoiy normalar (masalan, urf-odat, odob, an’analar, jamoat normalari va huquqiy normalar) bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasida shaxs bilan davlat o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlar qonunlar va boshqa huquqiy normalar bilan belgilanadi. Shaxsning O’zbekiston Respublikasidagi huquqiy holati bu kishining O’zbekiston Respublikasi huquq normalari bilan belgilangan holati, uning jamiyatdagi, davlatdagi o’rnidir. Bu normalar O’zbekistonda yashovchi shaxsning jamiyat bilan munosabatini, davlat bilan munosabatini, ularning asosiy huquq va burchlarini belgilaydi. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasidan keyin ana shu hujjatlarga huquqiy kuch-qudrat baxsh etadigan yana uch hujjat, ya’ni Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt (1966 yil 16 dekabr), Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt (1966 yil), Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktga fakultativ protokol (1966 yil) qabul qilindi. Bu hujjatlar 1976 yildan amal qila boshladi hamda xalqaro huquqiy munosabatlarda Inson huquqlari to’g’risidagi bill (qonun) deb atala boshladi. Download 173.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling