Семинар режаси: Konstitutsiyaviy huquqning tushunchasi, predmeti va tizimi


Download 173.38 Kb.
bet49/57
Sana08.05.2023
Hajmi173.38 Kb.
#1443908
TuriСеминар
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57
Bog'liq
MAVZU

O’n birinchi prinsip. Konstitutsiyada sud hokimiyatini amalga oshirishning muhim prinsiplari mustahkamlangan.

  • Mavzu:-3-4. «O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi va uning asosiy prinsiplari», «O’zbekiston Respublikasida shaxsning konstitutsiyaviy huquqiy holati. Fuqarolik»

  • Dars turi: Ma’ruza mashg’uloti. Vaqti: 80 daqiqa.


  • Darsning maqsadi: Tinglovchilar Konstitusiyaning asosiy prinsiplari mazmuni va mohiyatini tushunishlari, Konstitusiyaviy tuzum va uning asosiy prinsiplarini joriy etish haqidagi tushunchaga ega bo’lishlari, Konstitusiyada mustahkamlangan prinsiplarni tavsiflashni, tinglovchilar «shaxsning huquqiy holati», «fuqarolik», «fuqaro» tushunchalarini, fuqarolikni qabul qilishning tartibi va asoslarini, fuqarolikning to’xtatilish shartlarini bilishlari; fuqarolik qonunchiligini buzilish holatlarini aniqlashlari, olingan bilimlarni amalda qo’llash qobiliyati va ko’nikmalarini multimedia prezentasiyalari, o’qitishning interfaol usullari, pedagogik texnika va texnologiyalardan keng foydalangan holda shakllantirishdan iborat.


  • Ma’ruza mashg’uloti rejasi:

  • 1. «Konstitutsiyaviy tuzum» tushunchasi, prinsiplari va uning elementlari.

  • 2. O’zbekistonda shaxs huquqiy holatining konstitusiyaviy asoslari.

  • 3. «Fuqarolik tushunchasi», fuqarolikni qabul qilish va fuqarolikdan chiqish tartibi.


  • 1-savol. «Konstitutsiyaviy tuzum» tushunchasi, prinsiplari va uning elementlari.

  • Konstitutsiyaviy tuzum – inson va fuqaroning huquq va erkinliklari tan olinadigan va kafolatlanadigan, davlat esa huquqqa va avvalo demokratik Konstitusiyaga bo’ysunadigan hokimiyatni tashkil etilish usulini, mustahkamlovchi huquqiy munosabatlar tizimi.

  • «Konstitusiyaviy tuzum» tushunchasi ikki asosiy belgiga ega:

  • birinchidan, bu – davlatning tashkil etilishi usuli: bir davlatni boshqasidan ajratib turuvchi belgilar (davlat tuzumi, boshqaruv shakli, siyosiy tartibi va boshqalar) yig’indisi;

  • ikkinchidan, bu davlatni tashkil qilishning shunday usulidirki, bunda davlat uning faoliyatini huquqiy cheklovlar bilan tartibga solish orqali inson manfaatlariga, uning tabiiy huquq va erkinliklariga bo’ysundiriladi va u ana shu chegaralardan chiqa olmaydi. Bunday cheklovni qonunlashtirishda Konstitusiya muhim o’rin tutadi.

  • Konstitusiyaviy tuzum butun huquq normalari tizimi, turli huquq tarmoqlari bilan mustahkamlanadi. Konstitusiyaviy huquq konstitusiyaviy tuzum asoslarini, ya’ni davlat qurilishining asosiy prinsiplarini, uning inson va jamiyat bilan o’zaro munosabatlarini, davlatning birgalikda batartib va nisbatan yaxlit tizim hosil qiluvchi hamda huquqning qolgan barcha normativ nizomlarida aks etuvchi muhim xususiyatlarini tartibga soladi. O’zbekiston Konstitusiyasida konstitusiyaviy tuzum asoslariga bag’ishlangan bob va moddalar mavjud.

  • Asosiy qonunning konstitusiyaviy tuzum asoslarini belgilab beruvchi qoidalari O’zbekiston huquqiy normalari ichida eng oliy yuridik kuchga ega. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining birorta qoidasi (demak, boshqa hujjatlarning qoidalari ham) konstitusiyaviy tuzum asoslariga zid bo’lmasligi kerak. Konstitusiyaviy tuzum asoslari huquqiy tartibga solishning o’zagidir va o’z mazmuniga ko’ra yuqori darajadagi barqarorlikka ega bo’lishi kerak.

  • Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat

  • Davlat suvereniteti

  • Demokratik davlat

  • Davlat boshqaruv shakli

  • Huquqiy davlat.

  • Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat

  • O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 13-moddasida quyidagi muhim qoida mustahkamlangan: «O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi» (13-moddaning 1-qismi). Ushbu konstitusiyaviy qoidaning alohida ahamiyati shundaki, u inson huquq va erkinliklariga rioya etish, uni ta’minlash hamda muhofaza qilish –davlatning burchi ekanligini ta’kidlaydi. «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar» (Asosiy qonunning 2-moddasi).

  • Davlat suvereniteti O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 1-moddasiga muvofiq, O’zbekiston suveren demokratik respublika hisoblanadi. Suverenitet har qanday davlatning eng muhim, ajralmas belgisidir. Davlat suvereniteti - deganda, davlat hokimiyatining butun mamlakat hududida va xalqaro munosabatlarda ustunligi hamda mustaqilligi tushuniladi.

  • Demokratik davlat

  • O’zbekistonda tub ijtimoiy-siyosiy va huquqiy islohotlar natijasida tom ma’nodagi demokratik davlatchilik qaror topmoqda. Demokratiya – davlat hokimiyatini tashkil etishning ushbu davlat xalqining xohish-irodasiga mos keladigan shakli.

  • Davlat boshqaruv shakli

  • Boshqaruv shakli – oliy davlat hokimiyatini tashkil etish usullari, uning organlarini tuzish tartibi, ularning vakolat muddatlari, o’zaro va aholi bilan aloqalari, ushbu organlarni shakllantirishda aholining ishtirok etish darajasi kabilarni ifodalovchi kategoriya. Boshqaruvning monarxiya va respublikadan iborat ikki asosiy shakli farqlanadi. Monarxiyada oliy davlat hokimiyati avloddan-avlodga o’tadigan birgina davlat boshlig’iga (monarxga) tegishli bo’ladi va bunda monarx aholi oldida mas’ul bo’lmaydi. Respublikada oliy davlat hokimiyatini xalq (saylovchilar) oldida javobgarlikni o’z zimmasiga olgan va muayyan muddatga saylanadigan organlar amalga oshiradilar.

  • Huquqiy davlat

  • Huquqiy davlat – davlatni tashkil etishning shunday usuli, bunda davlat hokimiyati qonunga bo’ysunadi va uning faoliyatidan ko’zlangan asosiy maqsad insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash bo’ladi. Odatda huquqiy davlatning bir necha asosiy belgilari (prinsiplari) ko’rsatiladi:

  • - qonunning ustunligi (hukmronligi);

  • - inson huquq va erkinliklarining ta’minlanganligi;

  • - hokimiyatlarning taqsimlanishi.


  • Download 173.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling