Seminar topshirig'i. Javoblari


Download 30.72 Kb.
bet7/8
Sana08.01.2022
Hajmi30.72 Kb.
#243368
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-topshiriq kichik biznes va hususiy tadbirkorlik

8) Strategik marketing - Bozorni strategik segmentlash asosida firma strategiyasini shakllantirish, tovarlar sifatini oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va raqobatbardoshlik me'yorlari strategiyasini prognozlash bo’yicha ishlarning kompleksi.

Taktik marketing - Bozorni taktik (qisqa muddatli) segmentlash, reklama va tovarlar sotilishini rag’batlantirish bo’yicha ishlar kompleksi.

 Jamoatchilik xususiyatiga ega bo’lgan g’oyalar marketingi - Maqsadli guruh (yoki maqsadli guruhlar) tomonidan ijtimoiy g’oya, harakat yoki amaliyotni qabul qilishlariga erishish maqsadida amalga oshiriladigan dasturlarni ishlab chiqish, hayotga tadbiq etish va bajarilishini nazorat qilish.

Joylar marketingi- Alohida joylar, ob'ektlarning joylashishiga nisbatan mijozlarning munosabatini paydo qilish, saqlab turish yoki o’zgartirish bo’yicha faoliyat.

Ichki marketing - Firma ichida mijozlar bilan ishlaydigan xodimlarni o’qitish va motivlashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan marketing.

Tashkilotlar merketingi - Mazkur firmani qiziqtiradigan hamma shaxslar va tashkilotlarning munosabatini va xatti-harakatlarini paydo qilish, saqlab turish yoki o’zgartirishga yo’naltirilgan faoliyat.

Xalqaro marketing - Firmaning xalqaro miqyosdagi faoliyati

Iste`mol marketing - Firmalar va pirovard iste'molchilar, jismoniy shaxslar yoki oilalar o’rtasidagi marketing.


9) Marketing tadqiqotlari -Ichki va tashqi muhit tahlili, xalqaro bozorlar tahlili, sotuv bozorlari, kapital bozorlari, moddiy va mehnat resurslari bozorlari tahlili, sanoat tarmoqlari tahlili, sotuvlar tahlili, iste’molchilar talablarini o‘rganish, tovar tarqatish kanallari tahlili, reklama faoliyatining tahlili, tovar va uning qadog‘i tahlili, axborot to‘plash va tahlil qilish, marketing operatsiyalarini o‘rganish, marketing–miks kompleksi tadqiqoti, raqobatchilarni o‘rganish, benchmarking, talab va sotuv hajmining istiqbolini belgilash va h.k.

Marketing tadqiqotlari bu – axborot mavhumligini, tijorat riskini kamaytirish va marketing qarorlari qabul qilish maqsadida marketing faoliyatining turli jabhalari bo‘yicha ma’lumotlarni muntazam yig‘ib borish, aks ettirish va tahlil qilishdir. Marketing tadqiqotlari maqsadlarini “Mazkur muammoni hal qilish uchun qanday axborot zarur” degan savolning javoblari tadqiqoti aniqlab beradi.

Tadqiqot maqsadlari va usullariga qarab marketing tadqiqotlari quyidagi turlarga ajratiladi: o‘rganish (razvedka), tariflash, sabablarni aniqlash.

O‘rganish (razvedka) tadqiqoti – ilgari surilayotgan muammoni va taxminlarni yaxshiroq aniqlash uchun zarur bo‘lgan birlamchi axborotni yig‘ish maqsadida olib boriladi. Masalan, sotuvning past darajasiga sabab yomon reklama, deb taxmin qilingan, ammo o‘rganish tadqiqoti yetarli darajada bo‘lmagan sotuvning asosiy sababi tovar taqsimlash tizimining yomon ishlashi ekanligini, uni marketing tadqiqotlarining keyingi bosqichlarida yanada batafsilroq o‘rganish lozimligini ko‘rsatdi.

Tariflovchi tadqiqot – marketing muammolarini tariflashga yo‘naltirilgan, masalan, demografik holat, kompaniya mahsulotiga iste’molchilarning munosabati kabi. Bunday turdagi tadqiqotlarni olib borishda odatda kim, nima, qayerda, qachon va qanday, degan so‘zlardan boshlanuvchi savollarga javob izlanadi. Masalan, firma mahsuloti iste’molchilari kim ekanligi aniqlanadi. Firma mahsulotini qayerda xarid qilishadi? Ushbu mahsulotni xaridorlar qachon faol xarid qilishadi? Sotib olingan mahsulotdan qanday foydalaniladi?

Sabablarni aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlar – sabab-oqibat aloqalariga tegishli taxminlarni tekshirish uchun olib boriladi. Mazkur tadqiqot asosida biror-bir hodisani “agar X bo‘lsa, unda Y bo‘ladi” ko‘rinishdagi mantiqiy bog‘lanish asosida tushunishga intilish yotadi. Sabab-oqibat bog‘lanishi maxsus tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. Tajribalar o‘tkazishda mustaqil o‘zgaruvchilar 70 (narxlar, reklama xarajatlari va h.k.) almashtiriladi va bu o‘zgarishlarga bog‘liq o‘zgaruvchilar (sotuv hajmi, bozor ulushi ko‘rsatkichi va h.k.) qanday javob qaytarishi aniqlanadi.

Marketing tadqiqotlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

– bozorni o‘rganish (uning hajmi, dinamikasi, rivojlanish yo‘nalishi);

– iste’molchilar xatti-harakatini o‘rganish;

– raqobatchilar faoliyatini o‘rganish;

– talablarni qondirish bo‘yicha firma ichki imkoniyatlarini o‘rganish;

– marketing majmuasi unsurlarini o‘rganish (tovar, baho, sotuv, reklama);



– marketing faoliyati huquqiy jabhalarini o‘rganish.


10) Kichik biznes korxonalarining bozorga chiqargan maxsulotlari xolatiga qarab marketingning quyidagi turlari qo‘llanilishi mumkin: konversion marketing, remarketing, qo‘llovchi, taraqqiyot toptiruvchi, rag‘batlantiruvchi, sinxron marketing
Download 30.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling