Seminar topshirig'i. Javoblari
Hayot tarzi bo’yicha segmentlashda iste’molchilar
Download 30.72 Kb.
|
4-topshiriq kichik biznes va hususiy tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6) Maqsadli segmentlarni tanlash.
- «differensiallanmagan marketing»
- «Konsentrlangan yoki fokuslangan marketing»
Hayot tarzi bo’yicha segmentlashda iste’molchilar qarashlari, qiziqishlari bo’yicha guruhlarga ajratiladi. Bunga iste’molchilarni jamiyat manfaati yo’lida qayg’uradiganlar, o’z sog’lig’ini sevuvchilar, oilasi uchun qayg’uradiganlar guruhlariga ajratish misol bo’la oladi.
6) Maqsadli segmentlarni tanlash. Segmentlash tahlil qilib bo‘lingach, keyingi vazifa bozorni qamrab olishning qaysi strategiyasini tanlashdan iboratdir. Bu esa o‘z navbatida, firmaning tovar siyosatini belgilab beradi. Bu bosqichda uchta asosiy strategik yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Firma «differensiallanmagan marketing» strategiyasini tanlar ekan segmentlarni tahlil qilishning ustunliklaridan foydalanmay, bozor segmentlari o‘rtasidagi farqni inkor qiladi va bozorni yaxlit, bir butun, deb qaraydi. U ko‘proq xaridorlarning ehtiyojlari o‘rtasidagi farqlarga emas, balki ular o‘rtasidagi umumiy tomonlarga ko‘proq e’tibor beradi. Ushbu standartlashtirish strategiyasining ahamiyati ishlab chiqarish xarajatlari hamda zaxiralar, savdo va reklama xarajatlarini tejashdan iborat. «Differensiallanmagan marketing» strategiyasiga ko‘ra firma bozorni to‘liq qamrab olish strategiyasini ham qabul qiladi, biroq bu safar bozor har bir segmentga moslashtirilgan dasturlar yordamida qamrab olinadi. AQShdagi «Djeneral Motors» (General Motors) firmasining yondashuvi shunday ediki, firma har bir «hamyon, maqsad va shaxs»ga mos keladigan avtomobil borligini reklama qilar edi. O‘zbekiston bozorlarida ARTEL firmasi differensiallangan marketing strategiyasini amalga oshirmoqda. Firma ushbu strategiyaga ko‘ra O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida individuallashgan mahsulotlarni taklif qilmoqda. Bu strategiya firmalarga o‘z individual narx, savdo va kommunikatsiya strategiyalariga ega bo‘lgan bir necha segmentlarda ishlashga imkon beradi. Bunda firma har bir segmentda katta bozor ulushini egallab olishni mo‘ljallashi mumkin. Differensiallangan marketing har doim ham butun bozorni qamrab olishni ko‘zda tutavermaydi. Differensiallangan marketing strategiyasi yuqori investitsiya, ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlarini talab qiladi, shuning uchun u yirik korxonalar uchun zarur. Mahsulot differensiatsiyasi turli bozorga chiqishning keng imkoniyatidir. Bubirinchi navbatda tovar taqsimlashda diversifikatsiya strategiyasini olib borishga asoslanadi. «Konsentrlangan yoki fokuslangan marketing» strategiyasiga ko‘ra firma o‘z resurslarini bir yoki bir necha segmentlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratadi. Ushbu ixtisoslashuv strategiyasi ma’lum bir funksiyaga (funksional mutaxassis) yoki iste’molchilarning biror bir guruhiga asoslangan bo‘lishi mumkin. Masalan, Moskvadagi «Diasoft» firmasi o‘z faoliyatini tijorat banklari segmentini dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlashga yo‘naltirgan. Bozorni qamrab olish strategiyalarining uchalasidan birortasini tanlab olishda aniqlangan va potensial rentabel bo‘lgan segmentlar soni va firmaning resurslariga e’tibor beriladi. Agar bu resurslar cheklangan bo‘lsa, fokuslangan marketing strategiyasi amalga oshirish mumkin bo‘lgan yagona strategiya bo‘ladi. Konsentratsiyalangan marketing strategiyasi korxonalardan bozorning foydali segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tiborni qaratishni talab qiladi. Bu bozor segmentiga firma bitta yoki bir necha mahsulot bilan hamda maqsadli marketing dasturi bilan yondashadi. O‘z mazmuniga ko‘ra bu strategiya bozor chuqurchasi konsepsiyasiga mos keladi, ya’ni shunday bozor segmentida ishlash kerakki, tovar ushbu firma va uning yetkazib berish imkoniyatlari uchun ko‘proq mos keluvchi bo‘lib hisoblanadi. Konsentrlangan marketing strategiyasi ko‘proq bozorning barcha segmentlarida ishlash uchun hamda yetarli katta moliyaviy vositalarning bo‘lishi talab etilmaydigan kichik va o‘rta korxonalar uchun mos keladi. 7) Bozor sharoitida korxonalar, xaridorlarning talablari asosida o‘z mahsulot turlari va xizmatlarini tashkil etishlari, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishlari, mahsulotning «hayotiy jarayoni»ga asoslanib, korxonaning faoliyat yo‘nalishini aniqlashlari, o‘z firma uslublarini ishlab chiqishlari shart va hokazo. Bunday vazifalarni so‘nggi vaqtlarda qiziqishlarga sabab bo‘layotgan marketing tadqiqotlari majlisini o‘tkazmasdan hal etib bo‘lmaydi. O‘zbekistondagi korxona va firmalar ham marketing tadqiqotlari o‘tkazishmoqda. Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan yirik qo‘shma korxonalar marketing tadqiqotlarni bosh mahkama rahbarligida, boshqa korxonalar esa mustaqil ravishda shunday tadqiqotlar o‘tkazadilar. Marketing tadqiqotlari quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: marketing masalalarini hal etishga to‘siq bo‘layotgan noaniqliklarni kamaytirish maqsadida ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish. Tadqiqot obyektlari sifatida bozor, raqobatchilar, xaridorlar, baho korxonaning ichki quvvatiga xizmat qiladi. Marketing tadqiqotlarini, iste’molchi, xaridor va jamoatchilikning marketing bilan kerakli mashg‘ulotlari, marketing imkoniyatlari va muammolarini aniqlashga va ajratib olishga, harakatlarni baholash, takomillashtirish va ishlab chiqarish, marketing faoliyati natijalarini kuzatish, shuningdek, marketingni boshqarish jarayonini yaxshiroq tushunishga xizmat qiladi. Tadqiqotlarning asosiy faoliyati favqulodda va umumiy o‘rganishdan boshlanib, sotib oluvchi va xaridor talabini qondirish darajasini aniqlash bilan tugatiladi. Marketing tadqiqotlar bu firma faoliyati bilan bog‘liq ma’ruzalar majmuyini doimiy aniqlash, ularni to‘plash, tahlil qilish va natijalar bo‘yicha hisobot tayyorlashdir. Shuningdek, marketing tadqiqotlari uzoq davom etuvchi jarayon hamdir, shunday bo‘lsa-da, ularni kichik firma va savdo-sotiq bilan shug‘ullanmaydigan korxonalar ham olib borishadi, vaholanki, ular nazariy jihatdan yirik kompaniyalar ekspertlari tomonidan qo‘llaniladigan murakkab tadqiqot usullariga qaraganda kamroq, arzon va sodda usullardan foydalanishni afzal ko‘radilar. Yirik firma marketing tadqiqotlarini o‘z kuchi bilan olib boradi. Kichik firma bu maqsad uchun ixtisoslashgan firmani yollashi mumkin. Korxonaning marketing faoliyatini tayyorlash va amalga oshirishda foydalaniladigan ishlanmalar marketing tadqiqotlarining aniq natijalari bo‘lib hisoblanadi.
Download 30.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling