Seminarlar
Ishtirokchilarning raqamlari
Download 169.47 Kb.
|
567097 dima yengil atletika semenar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabnomalarni qabul qilish va ularga ishlov berish
Ishtirokchilarning raqamlariRaqam berishning bir necha tizimi mavjud: raqam ketma-ket beriladi; raqamlar dasturdagi alohida turlar yoki turlarning guruhlari bo‟yicha berilib, bu turlarning qo‟shilishi amalda hech qachon yuz bermaydi; raqamlar ishtirokchilar guruhlari bo‟yicha beriladi (masalan, ommaviy krosslarda – poygalar bo‟yicha). Ayrim tashkilotlarda ishtirokchilarga (yoki jamoalarga) butun mavsum uchun o‟zgarmas raqamlar beriladi. Talabnomalarni qabul qilish va ularga ishlov berishMusobaqaoldi davrida butun dastlabki tayyorgarlik ishlari tugab, bevosita mazkur musobaqa hujjatlari bilan ishlash boshlanadi. Bosh kotib ish tartibini tuzib, talabnomalarni qabul qilishdan to musobaqa haqida hisobotni chiqarguncha bo‟lgan davrda kotibiyatda ishlash uchun ajratilgan har bir hakamga ish joyini belgilab beradi. Kotib hakamlarni ikkita asosiy ish uchastkasiga taqsimlash zarur: talabnomalarni qabul qilish va musobaqaning ishchi hujjatlarini tayyorlash. Tayyorgarlik ishlari musobaqaning barcha kotib hakamlariga ko‟rsatmalar berish, ularga kotibiyat tanlagan ish tartibining xususiyatlarini, shuningdek, butun hakamlar hay‟atining ishlash texnologiyasini tushuntirishni o‟z ichiga oladi. Bunda har bir hakam o‟z vazifasi hamda hujjatlar almashinuvi sxemasini – kimdan qanday hujjatlar olishini, ular bilan nima qilishini, kimga etkazib berishini, qanday yangi hujjatlar tayyorlashi va h.k.ni bilishiga ishonch hosil qilish kerak. Talabnomalarni qabul qilish va ularga ishlov berish – kotibiyatning kelajak faoliyatidagi eng mas‟uliyatli amallardan biri. Bu vaqtda ishning xususiyati uni amalga oshirish sxemasiga mos bo‟lishi lozim. Uning o‟ziga xos jihati – ishtirokchilarni musobaqalarga kiritish uchun mas‟ul bo‟lgan hay‟at, kotibiyat hamda xo‟jalik ta‟minoti xizmati faoliyatining bir vaqtda olib borilishidir. Barcha guruhlarning bir xonada joylashuvi jamoalar vakillariga o‟z jamoalarining mazkur bellashuvda ishtirok etishini tez rasmiylashtirish imkonini beradi. Eslatma: Xalqaro musobaqalar o‟tkazilganda, talabnomalar faks orqali yuboriladi. Bunda kotibiyat talabnomani vakil bilan tekshiradi, zarur bo‟lsa, unga o‟zgarish kiritadi va ishtirokchilarga raqamlarini beradi. Barcha jamoalarning talabnomalari sharti bilan kyechki kengashga butun dastur bo‟yicha start qaydnomalari tayyorlanadi. Ishtirokchilar chiqishlarining ketma-ketltgt yengil atletika bo‟yicha musobaqa o‟tkazish xalqaro qoidalariga muvofiq aniqlanadi (Qoidalarga q.). Download 169.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling