yakuniy qaydnomalarni bosmadan chiqarish uchun olingan varaqalarga to‟la ishlov berish bilan shug‟ullanadi;
ishchi qaydnomalardagi natijalarni ishtirokchilarning shaxsiy varaqalariga ko‟chirishni amalga oshiradi;
ko‟rsatilgan natija qaysi razryadga muvofiqligini belgilaydi;
dasturning ushbu turida ishtirokchi egallagan o‟rinni belgilaydi;
natijani ochkolarda baholaydi (jumladan, rag‟batlantiruvchi ochkolarni);
shamol tezligini ko‟rsatadi;
ishtirokchilarning varaqalarini jamoaviy natijalar guruhiga etkazadi.
Dasturdagi yugurish turlarida ishtirokchilarning egallagan o’rinlarni aniqlash
Bir davra musobaqasi o‟tkazilganda, egallagan o‟rin eng yaxshi natijaga ko‟ra aniqlanadi.
Bir necha davrali musobaqa o‟tkazilganda, mazkur masofada g‟olibni hamda sportchilar egallagan o‟rinlarni aniqlash, ishtirokchilar musobaqaning dastlabki davralarida ko‟rsatgan vaqtdan qat‟i nazar, final natijalariga ko‟ra amalga oshiriladi. Finalga chiqmagan ishtirokchilar orasida o‟rinlar finaldan avvalgi davralarda ko‟rsatilgan natijalar bo‟yicha taqsimlanadi.
Qo‟shimcha finallar o‟tkazilganida, sportchilarga o‟rinlar “A” final natijalari, keyin “B”, “V” finali, keyin esa finalchilar tarkibiga kirmagan ishtirokchilar ko‟rsatgan natijalarga ko‟ra taqsimlanadi.
Musobaqaning biror bosqichiga uzrsiz sabab bilan kelmagan sportchi diskvalifikatsiya qilinadi, uning natijasi esa bekor qilinadi. U, shuningdek, boshqa turlar (jumladan, estafetali yugurish) bo‟yicha musobaqalarda qatnashishga ham qo‟yilmaydi.
Uzrli sabab bilan kelmagan sportchi musobaqaning mazkur davrasida oxirgi o‟rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |