Seminarlar
Balandlikka va langarcho’p bilan sakrashlarda
Download 169.47 Kb.
|
567097 dima yengil atletika semenar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uloqtirishlar, yadro itqitish, uzunlikka va uch hatlab sakrashlarda
Balandlikka va langarcho’p bilan sakrashlardaO‟rinlar asosiy musobaqalarda ko‟rsatilgan natijalarga muvofiq taqsimlanadi. Agar balandlikni bir necha sportchi egallagan bo‟lsa, u holda bunga eng kam urinish sarflagan sportchiga ustunlik beriladi. Bu ko‟rsatkichlar ham bir xil bo‟lsa, mazkur musobaqada barcha balandliklarda (so‟nggi egallangan balandlikni ham hisobga olganda) muvaffaqiyatsiz urinishlari miqdori eng kam bo‟lgan sportchiga ustunlik beriladi. Yuqorida keltirilgan ko‟rsatkichlar bo‟yicha g‟olibni aniqlash mumkin bo‟lmasa, unda qayta sakrash o‟tkaziladi. Qayta sakrash musobaqalarning davomi hisoblanib, qaydnomaga kiritiladi, muayyan shaxsni aniqlash uchun xizmat qiladigan natijalar rekord sifatida tasdiqlanishi va razryad me„yorlarini bajarish deb inobatga olinishi mumkin. Sakrashlar eng oxirgi (egallanmagan) balandlikdan boshlanadi, bittadan urinish imkoni beriladi. Qaydnomadagi yozuvlarga muvofiq balandliklar ko‟tariladi yoki pasaytiriladi. Ishtirokchi asosiy musobaqalarda o‟tkazib yuborgan balandliklariga ham sakrashi shart. Boshqa sportchilar egallagan balandlikni ololmagan ishtirokchilar qayta sakrashdan chiqib ketadi. Boshqa sportchilar ololmagan balandlikni egallagan ishtirokchiga birinchi o‟rin beriladi. G‟olib aniqlanganidan so‟ng, qayta sakrash to‟xtatiladi va unda ishtirok etgan boshqa sakrovchilarning o‟rinlari taqsimlanadi. Birinchi o‟ringa da‟vo qilmagan ishtirokchilarning ko‟rsatkichlari teng bo‟lsa ham o‟rinlar taqsimlanadi. Uloqtirishlar, yadro itqitish, uzunlikka va uch hatlab sakrashlarda1. Dasturdagi mazkur turlarning birortasida maydonga chiqadigan sportchilar orasida o‟rinlarning taqsimlanishi asosiy hamda final musobaqalarda 6 ta urinishning barchasida ko‟rsatilgan natijalarning eng yuqorisi bo‟yicha final ishtirokchilari uchun o‟tkaziladi. Qolgan barcha ishtirokchilar uchun asosiy musobaqalardagi uch urinishning eng yaxshi natijasi bo‟yicha o‟tkaziladi. Agar ikki yoki bir necha ishtirokchi bir xil natija ko‟rsatgan bo‟lsa, u holda o‟rinlar bu ishtirokchilarning (asosiy va final musobaqalarda) qolgan urinishlardagi eng yaxshi natijalari bo‟yicha taqsimlanadi. Malakaviy musobaqalarning natijalari asosiy musobaqalarda shaxsiy birinchilikni aniqlashda hisobga olinmaydi. Zaruriyat tug‟ilganda, asosiy musobaqalarga qo‟yilmagan ishtirokchilar orasida o‟rinlar malakaviy musobaqa natijalari bo‟yicha taqsimlanadi. Download 169.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling