«Sen — qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!»
Download 20.62 Kb.
|
«Sen — qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!»
«Sen — qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!» Sir emaski, har yili Prezidentimiz rahbarligida eng ulugʻ, eng aziz bayram — mamlakatimiz mustaqilligi tantanali ravishda, koʻtarinkilik bilan munosib nishonlanadi. Eʼtiborlisi, har yilgi bayram tadbirlari oʻzgacha maʼno-mazmun kasb etadigan shior ostida nishonlanadi. Bu yilgi bayram «Sen — qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!» degan shiorni asosiy gʻoya sifatida oʻzida mujassam etmoqda. Negaki, mustaqillik — erkin va baxtli yashash huquqi, inson huquq va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlarini taʼminlashning bosh omilidir. Bugun Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qoʻymoqda. Uzoq va yaqindagi barcha davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarimiz tobora kengayib, rivojlanyapti. Quvonarlisi, davlatimiz rahbarining oqil siyosati tufayli kelajagi buyuk mamlakatimiz taraqqiy topgan dunyo davlatlari bilan boʻylasha boshladi, bundan-da muhim oʻzgarishlar dunyoqarashimizda, turmush tarzimizda yuz berdi. Respublikamiz ulkan qurilish, bunyodkorlik maydoniga aylandi. Bugun mamlakatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar Oʻzbekiston degan bagʻrikeng yurtni koʻrish uchungina emas, ayni chogʻda, uning tajribalarini oʻrganish, undan ibrat olish, zavqlanish uchun ham kelmoqda. Bularning barchasi Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining hayotga izchil tatbiq etilayotgani samarasidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqini tinglab, bu boradagi ishlar izchil davom etishiga yana bir bor amin boʻldim. Boisi bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida soʻz ketganda “Yangi Oʻzbekiston” iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qoʻyganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning eʼtirofidir. Prezidentimiz oʻz maʼruzasida pandemiya davrida xalqimiz tom maʼnoda qudratli kuchga aylangani, buni “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati yana bir bor yaqqol namoyon etganini alohida taʼkidladi. Bu ezgu tashabbus ishbilarmon va tadbirkorlarni, fidoyi yoshlarimizni, barcha-barcha vatandoshlarimizni olijanob maqsad yoʻlida birlashtirgani eʼtirof etildi. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sohasini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilayotgani, pandemiya davrida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ular oʻz faoliyatini davom ettirishi uchun biznes subyektlariga turli imtiyoz va yengilliklar berilgani qayd etildi. Bundan anglash mumkinki, sanoat va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish boʻyicha boshlagan keng koʻlamli ishlar bundan keyin ham izchil davom ettiriladi. Eʼtibor bering, karantin talablari joriy etilishi natijasida mamlakatimizda 72 ming 500 ta sanoat korxonasidan 16 ming 700 tasi oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan edi. Bu borada davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qilingan tizimli ishlar natijasida 16 ming 600 ta korxonada ishlab chiqarish jarayoni tiklandi. Mamlakatimiz korxonalari mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqish boʻyicha belgilangan rejalar ham bajarilmoqda. Ahamiyatlisi, yil boshidan buyon 9 milliard dollarlik mahsulot eksport qilindi. Bular hali hammasi emas. Bundan tashqari, qishloq xoʻjaligi sohasini modernizatsiya qilish maqsadida xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan qiymati 1 milliard 200 million dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, har bir hududda zamonaviy agroxizmat markazlarini tashkil etish uchun Jahon bankining 500 million dollarlik mablagʻi jalb etildi. Buning natijasida mirishkor dehqon va fermerlarimiz bu yilgi murakkab sharoitda fidokorona mehnat qilib, gʻalladan olti yarim million tonnaga yaqin hosil yetishtirdilar. Bularning barchasi mustaqilligimizni mustahkamlash, yurtimiz nufuzini dunyoda sarbaland qilishga qoʻshilayotgan hissa emas-mi? Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik oʻzining iqtisodiyotimizdagi oʻta muhim va salmoqli hissasi, roli va boshqa hech bir soha va yoʻnalish oʻrnini bosa olmaydigan nufuzi bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida oʻrin egallaydi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, uning ulkan imkoniyatlari va afzalliklardan keng foydalanish borasida hali oldinda qilinadigan ishlar nihoyatda katta. Joriy yil karantin talablariga rioya qilgan holda Download 20.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling