«Sen — qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!»
“Sen — qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!”
Download 20.62 Kb.
|
«Sen — qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!»
“Sen — qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida turli onlayn uchrashuvlar, konferensiyalar, seminarlar o‘tkazish belgilangan. Yurtdoshlarimizga bugungi murakkab va qiyin paytda ruhan dalda bo‘lish, ularning hayotga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirish kabi ezgu maqsadlarni ko‘zlab Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida yuqoridagi shior ostida yangi onlayn targ‘ibot loyihasi o‘z ishini boshladi.
Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar aholisi vakillarini jalb etgan holda taniqli olimlar, yozuvchi va shoirlar, madaniyat va san’at namoyandalari ishtirokida onlayn tarzda madaniy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yangi loyihaning ilk taqdimoti kecha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida Xorazm va Toshkent viloyatlari faollari va jamoatchilik vakillari bilan o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar yurtdoshlarimizning turmushini yaxshilash, dunyoqarashini yuksaltirish, yurtimizni har tomonlama obod qilish, uning iqtisodiy qudratini kuchaytirish, yangi O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi nufuzi va obro‘sini oshirishga xizmat qilayotganini, pandemiya sharoitida ham bu o‘zgarishlar izchil davom ettirilayotganini ta’kidladilar. Ular o‘z fikrlarini aniq hayotiy misollar va ilmiy asoslangan tahlillar vositasida asoslab o‘tishdi. Xususan, notiqlar Harakatlar strategiyasining hayotga tatbiq etilishi xalqimiz turmush sharoitini yaxshilash, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ham ijobiy natijalarni berayotgani, joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlar 5,2 million so‘mni tashkil etayotgani alohida ta’kidlashdi. Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida katta o‘zgarishlar bo‘lgani, tez va shoshilinch tibbiy yordam hamda ixtisoslashgan tibbiy yordam sifatini oshirish, aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta’minlash, xususiy tibbiyotni rivojlantirish kabi muhim loyihalar tilga olindi. Uchrashuvda shuningdek, vatandoshlarimizning sinovli damlarda hamjihatlikda yurtimiz rivoji, farovonligi yo‘lida birlashayotgani yuksak e’tirof etildi. Onlayn seminarda ishtirok etgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Mirzo va “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Yodgor Sa’diev, Munojat Yo‘lchieva, Gavhar Zokirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jenisbek Piyazov, taniqli san’atkor Azim Mullaxonov, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, O‘zDJTU professori Oynisa Musurmonova, TDYuU professori Feruza Muhiddinova kabi mehmonlarning Xorazm va Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan iqtisodiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy islohotlar haqida bildirgan fikrlari poytaxt viloyati aholisi va xorazmlik yurtdoshlarimizga ruhiy kuch-quvvat bag‘ishlab, ularni kelgusidagi istiqbolli rejalar sari ilhomlantirdi. Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz maʼruzasini eshitib, juda koʻp xulosalarga keldim. Zero, bugungi ogʻir vaziyat har birimizdan oʻz faoliyatimiz va masʼuliyatimizni yana-da kuchaytirishni talab etmoqda. Demak, hayotimizning maʼno-mazmunini tubdan oʻzgartirib bergani uchun mustaqillikning qadriga yetish, uni avaylab-asrash har birimizning muqaddas burchimizdir. Download 20.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling