Sensor tarbiya vositasida bolalar nutqini rivojlantirish jarayonining mazmuni


Download 304.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana20.11.2023
Hajmi304.62 Kb.
#1789819
1   2   3   4   5
Bog'liq
865-Текст статьи-2482-1-10-20220502

Образование и инновационные исследования (2022 год №2)
ISSN 2181-1717 (E)
167
http://interscience.uz
o‘zlashtirish – ona tiliga xos tovushlarni o‘zlashtirib olishdangina iborat emas, shuning uchun 
nutqning tovush tomonini o‘zlashtirish tushunchasiga nafaqat ularni to‘g‘ri talaffuz qilish, balki 
tovushning baland-pastligi, ifodalanish sur’ati kabilar ham kiradi. Shuni alohida ta’kidlash 
kerakki, nutqning tovush tomoni uning mazmunini ifodalaydi. U nutqning eng kichik birligi 
bo‘lgan tovushning fizik va lingvistik tavsifini o‘z ichiga oladi. Bu jarayonda nutqiy muloqotga 
bo‘lgan faol va nofaol munosabatni ajratib ko‘rsatish mumkin. Shuning uchun ham talaffuz 
ko‘nikmalari ikki guruhga bo‘linadi: nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikmasi va 
o‘zgalar nutqini eshitish ko‘nikmasi. Talaffuz ko‘nikmalari tarkibiga kiruvchi turli birliklar 
muloqot jarayonining samaradorligini ta’minlaydi. Masalan, bola talaffuzidagi ayrim xatolar 
fikrning tushunarliligini umumiy tarzda pasaytira olmasa ham, muloqot jarayoniga jiddiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Xuddi shuningdek, ohangdorlik ifodalilikning past darajasi so‘zlarni idrok qilishni 
qiyinlashtiradi. Bunda nutqning ifodalilik darajasigina pasayib qolmasdan, ma’no urg‘ulari 
o‘zaro qorishadi. Bu esa idrok etilayotgan nutq mazmunini tushunishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sensor tarbiya bolalarning hamma faoliyatlarida amalga 
oshiriladi deb aytish mumkin. Bunday mashg‘ulotlarda lug‘at bilan ishlash mazmuni bolalarning 
so‘z boyligini ijtimoiy voqelik yordamida rivojlantirib borish bilan uzviy bog‘langan bo‘lsa 
yanada maqsadga muvofiq bo’ladi. Mashg‘ulotlar jarayonida bolalar o‘zlashtirgan so‘zlar o‘yin, 
kundalik faoliyat, kattalar bilan muloqot jarayonida mustahkamlanadi va faollashadi. Kundalik 
turmushda o‘zlashtirilgan so‘zlar esa mushg‘ulotlar jarayonida mustahkamlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017—2021 yillarda maktabgacha ta’lim 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ—2707 29.12.2016 
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim –tarbiya tizimini yanada 
takomillashtirishga oid qo’shimcha chora tadbirlar” PQ-4884 6.11.2020
3.O’zbekiston Respublikasi «Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida»gi Nizom. 
Т., 2017
4. Babayeva D.R.Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent- 2018
5. F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, M.A’zamova. Maktabgacha pedagogika. T.,
“TAFAKKUR” - 2019
6. Hasanboyeva 0., Tadjieva М., Toshpulatova Sh. va boshq. Maktabgacha ta’lim 
pedagogikasi. Т.: Ilm-ziyo, 2012
7. Mirdjalilova S., R.To‘laganova Ta’limda innovatsiya. Ta’lim jarayonida pedagogik 
texnologiyalar. Metodik tavsiyanoma, 2008 yil

Download 304.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling