Sentabr oyi – Boshlang`ich sinflar fan oyligi


Download 22.12 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi22.12 Kb.
#1589818
Bog'liq
Yangi fan oyligi


“TASDIQLAYMAN”
19-maktab direktori: __________ B.Nishonov

Andijon viloyati Marhamat tumani XTB ga qarashli 19-sonli umumta`lim maktabida sentabr oyi – Boshlang`ich sinflar fan oyligi uchun tuzgan


I S H R E J A S I

T/r

Bajariladigan ishlar

Muddati

Mas`ul

I

2021-2022-o`quv yili sentabr oyi – boshlang`ich sinflar fan oyligi uchun ish reja tuzish, rahbariyat tomonodan tasdiqlatish va jamoaga o`qib eshittirish

28.08.2021

Metod birlashma raisi va kotibi

II

Yangi o`quv yilining birinchi darsi – Mustaqillik darsi: “Yangi O’zbekistonda erkin farovon yashaylik!” shiori ostida barcha boshlang`ich sinflarda namunali dars tashkil etish

O`quv yilining 1-dars soati

Boshlang`ich sinf rahbarlari

III

Ta`lim muassasasidagi barcha boshlang`ich sinflarni vatan uchun, ona zamin uchun o`zining fidokorona mehnatlari bilan tarixda o`chmas nom qoldirgan yurt o`g`lonlari nomi bilan nomlash va oylik davomida shu insonlarning porloq xotirasiga bag`ishlab har bir sinf alohida tadbir tayyorlash

Sentabr oyi davomida

Metod birlashma raisi va kotibi

IV

Boshlang`ich sinf o`quvchilari o`rtasida iqtidorli va iste`dodli o`quvchilarni aniqlash hamda rivojlantirish maqsadida quyidagi tanlovlarni tashkil etish:
1. “Men buyuk yurt farzandiman” mavzusida
rasmlar tanlovini o`tkazish.
2. “Ozod va obod, mustaqil diyorimni
kuylayman” mavzusida qo`shiqlar tanlovini
o`tkazish.
3. “Mening qo`llarim sehrgar” mavzusidagi
tadbir asosida o`quvchilarning ijodkorlik,
yaratuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirish.
4. “O`yla, izla, top” mavzusida tanlov-musobaqa.
Matematik bilimlarni shakllantirish va iqtidorli
o`quvchilarni aniqlash.
5. “Kimning xati chiroyli?”. O`quvchilarning
husnixati va ona tili faniga doir bilimlari
asosida diktantlar tanlovini o`rtazish.
6. Yangi o`quv yilidan XTV tomonidan ta`sis
etilgan “tarbiya” darsini targ`ib etish hamda
o`quvchilarda insoniy fazilatlarni shakllantirish
maqsadida “Men buyuk inson bo`laman”
mavzusida tadbir tashkil etish.

Fan oyligi davomida

Metod birlashma a`zolari va boshlang`ich sinf o`quvchilari

V

Ko`p yillik tajribaga ega va yosh pedagoglarga namuna bo`la oladigan bosglang`ich sinf o`qituvchilari tomonidan “ochiq dars”lar tashkil etish.

Fan oyligi davomida

O`IBDO` va tajribali ustozlar

VI

Boshlang`ich sinf o`qituvchilarining bilim saviyasini aniqlash hamda metodik yordam ko`rsatish maqsadida diktant va yozma ish o`tkazish.

Fan oyligi davomida

O`IBDO` va metod birlashma raisi

VII

Boshlang`ich sinf o`qituvchilari o`rtasida “Namunali dars ishlanma”lar tanlovini o`tkazish.

Fan oyligi davomida

O`IBDO` va metod birlashma raisi

VIII

Boshlang`ich sinf o`qituvchilarining bilim saviyasini aniqlash hamda metodik yordam ko`rsatish maqsadida mutaxassislik fanlaridan test sinovi o`tkazish.

Fan oyligi davomida

O`IBDO` va metod birlashma raisi

IX

Fan oyligida faol ishtirok etgan o`quvchi va o`qituvchilar, tanlov g`oliblarini maktab ma`muriyati tomonidan rag`batlantirish

Fan oyligi yakunida

Maktab ma`muriyati

X

Boshlang`ich sinflar fan oyligida amalga oshirilgan ishlar, tadbirlar va ochiq darslar yuzasidan hisobot, fotolavhalar asosida hujjatlar to`plamini tayyorlab, maktab rahbariyati va tuman XTB metodistiga topshirish

Fan oyligi yakunida

Metod birlashma raisi va kotibi

Maktab boshlang`ich sinflar


metodika birlashma raisi: __________ R.Musayeva
O’TIBDO’: __________ I Axmatqulov
Download 22.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling