Serifikatlashtirish asoslari


-Mavzu. XIZMATLARNI SERTIFIKATLASHTIRISH


Download 0.61 Mb.
bet39/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)

9-Mavzu. XIZMATLARNI SERTIFIKATLASHTIRISH


Xizmatlarni sertifikatlashtirish xizmatlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlangan idoralar tomonidan ularning akkreditatsiya sohasi doirasida amalga oshiriladi.


Sertifikatlashtirishda xizmatlarning tavsiflari tekshiriladi va quyidagi tekshirish usullaridan foydalaniladi:

  • xizmatlarni identifikatsiyalashni o‘tkazish hamda uning me’yoriy va texnikaviy hujjatlarga muvofiq tasnifiy guruhga xosligi tekshirish;

  • ushbu xizmatni tartiblashtiruvchi me’yoriy hujjatlarda o‘rnatilgan, atrof-muhit, iste’molchilarning mol-mulki va hayoti hamda sog‘lig‘i uchun xavsiz va uning sifatini ta’minlashga yo‘naltirilgan talablarga xizmatlarning muvofiqligini to‘liq va ishonarliligini tasdiqlash.

Xizmatlarni sertifikatlashtirish quyidagi bosqichlardan iborat:

  • sertifikatlashtirishga arizani taqdim qilish;

  • arizani ko‘rib chiqish va ariza bo‘yicha qaror qabul qilish;

  • o‘rnatilgan talablarga xizmatning muvofiqligini baholash;

  • muvofiqlik sertifikatini berish (berishni bekor qilish) to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish;

  • muvofiqlik belgisini qo‘llashga ruxsat va muvofiqlik sertifikatini berish

  • sertifikatlashtirilgan xizmat ustidan inspeksiya nazorati.

Xizmatlarni sertifikatlashtirish uchun arizachi (xizmatni bajaruvchi) akkreditlangan sertifikatlashtirish idorasiga sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun ariza bilan xususan, ariza bo‘yicha qaror qabul qilish va sertifikatlashtirishni o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rnatuvchi va uni ekspertiza qilish uchun zaruriy hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi (ushbu ma’lumotlar anketa-so‘rovnomasi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin).
Ariza shakli sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Akkreditlangan sertifikatlashtirish idorasi mavjud bo‘lmagan taqdirda arizachi arizani sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida qarorni qabul qilish uchun sertifikatlashtirish milliy idorasiga taqdim etadi.
Bir qancha sertifikatlashtirish idoralari bo‘lgan holatlarda arizachi ixiyoriy ravishda ulardan biriga ariza berishi mumkin.
Xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi sertifikatlashtirishni o‘tkazish imkoniyatlari mavjudligini aniqlash maqsadida arizani ko‘rib chiqadi va ro‘yxatga oladi.
Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi ariza bo‘yicha qaror qabul qiladi va arizachiga rasmiy ravishda xabar beradi. Agarda ijobiy holatda bo‘lsa, sertifikatlashtirishni o‘tkazish bo‘yicha xizmatning nomi va kodi, me’yoriy hujjatlari, sertifikatlashtirish sxemalarini ko‘rsatadi. Agarda salbiy bo‘lgan holatda uning sabablari ko‘rsatiladi.
Arizachi sertifikatlashtirish arizasida Qoidada ko‘zda tutilgan sertifikatlashtirish sxemalaridan birini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lib, sertifikatlashtirish sxemasini tanlashda muayyan turdagi ko‘rsatiladigan xizmatning o‘ziga xosligini, arizachi (xizmat ko‘rsatuvchi) sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni olib borishga xarajat imkoniyatlarini hisobga olish lozim.
Arizani ekpertiza ыilish jarayonida nomuvofiqliklar aniqlangan holatlarda arizachining tashkiliy-texnikaviy imkoniyatlarini hisobga olib xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi tanlangan sertifikatlashtirish sxemasi talablari va qo‘llash sharoitlarini ushbu sxema bo‘yicha sertifikatlashtirishni o‘tkazishni batafsil asoslashi yoki boshqa sertifikatlashtirish sxemasini taklif qilishi lozim.
Xizmatlar muvofiqligini baholash jarayoni 11.1-jadvalda keltirilgan sertifikatlashtirish sxemalariga muvofiq o‘taziladi.
11.1-jadval

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling