Serifikatlashtirish asoslari
Xizmatlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimida qo‘llaniladigan xizmatlarni sertifikatlashtirish sxemalari
Download 0.61 Mb.
|
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sertifikatlangan xizmatlarning inspeksiya nazorati
- Xizmatlarning muvofiqligini baholash.
Xizmatlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimida qo‘llaniladigan xizmatlarni sertifikatlashtirish sxemalari
Xizmatlarning muvofiqligini baholash. Xizmatlarning muvofiqligini baholash xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi tomonidan me’yoriy hujjatlarning talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi baholash jarayonida sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlardan tashqari sertifikatlashtirilayotan xizmatga o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlardan foydalanishi mumkin, jumladan, quyidagilar: ijtimoiy va ekspert baholash natijalari; tekshirish dalolatnomalari; sertifikatlar; xizmatlarning xavfsizligi va sifati ustidan tekshruv va nazoratni amalaga oshiruvchi davlat nazorat organlari yoki uning hududiy organlarining xulosalari; iste’molchilar jamiyati uyushmasi va ularning assotsiatsiyasi va kengashlarining fikr va xulosalari; me’yoriy hujjatlarning talablariga muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi foydalanayotgan texnikaviy hujjatlarning tahlil (ekspertiza) natijalari. Xizmatlarni bajaruvchilar foydalanayotgan va sertifikatlashtirishda tekshirilayotgan tavsiflarga ta’sir qiluvchi texnikaviy hujjatlar me’yoriy hujjatlarning talablariga muvofiq tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik va qonun osti hujjatlari talablariga muvofiq xizmatlar tekshirish (nazorat)dan o‘tkazilib, ushbu xizmat uchun davlat boshqaruv va ijroya organlari bergan hujjatlar (yong‘in xavfsizligi xulosasi, ekologiya bo‘yicha xulosa, sanitar-epidemiologiya xulosalari va h.k.) ning mavjudligi tekshiriladi. Muvofiqlik sertifikatida yuqorida aytilgan hujjatlarga havolalar qilinishi lozim. 1-sxema bo‘yicha sertifikatlashtirishda xizmat va ishlarning bajarish mohirligi baholanadi va inspeksiya nazoratida ular nazorat qilinadi. 2-sxema sertifikatlashtirishda bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish jarayoni baholanib, xizmat va ishlarning natijalari tekshiriladi (sinaladi). Inspeksiya nazoratida xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish jarayonlari nazorat qilinadi. Jarayonning murakkabligiga bog‘liq holda quyidagilar baholanadi: jarayonga talablarni belgilovchi hujjatlarning to‘liqligi va dolzarblikga qayta ko‘rilganligi; zaruriy qurilmalar, vositalar, jihozlar, o‘lchash (sinash, nazorat) vositalari, materiallar, binolar va h.k. bilan ta’minlanganligi hamda ularning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi; metrologik, uslubiy, tashkiliy, dasturiy, axborot, moddiy, huquqiy, texnikaviy va boshqa ta’minotlari; jarayonning xavfsizligi va barqarorligi; ishlab chiqarish xodimlari va xizmatchilarning xizmatlarni va ishlarni bajarishdagi kasbiy layoqatligi. 3-sxema bo‘yicha sertifikatlashtirishda ishlab chiqarish holati tahlil qilinadi shuningdek, inspeksiya nazoratida xizmat va ishlarning natijalari tekshiriladi (sinaladi). 4-sxema bo‘yicha sertifikatlashtirishda tashkilot (korxona) baholanadi – milliy standartlarda o‘rnatilgan talablarga xizmatlar va ishlarni bajarish muvofiqligi nazorat qilinadi. 5-sxema bo‘yicha sertifikatlashtirishda sifat tizimi baholanadi va inspeksiya nazoratida ularni nazorat qilinadi, xizmatlar va ishlarning natijalari tekshiriladi (sinaladi). Sifat tizimini baholashni me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiq sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha ekspertlar o‘tkazadi. Sifat tizimiga sertifikat mavjud bo‘lsa, uni xizmatlarni sertifikatlashtirishda hisobga olish lozim. Xizmat ko‘rsatishni baholash sertifikatlashtirish sxemalariga bog‘liq holda quyidagilarni qamrab oladi: xizmat va ishlarni bajarish mohirligini baholash; xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish jarayonlarini baholash; ishlab chiqarish holatining tahlili; tashkilotni (korxonani) – xizmat va ishlar bajarilishini baholash; sifat tizimini baholash. Muayyan turdagi xizmatlarni sertifikatlashtirishni amalga oshirishda muvofiqlik uchun hujjatlar ro‘yxati mos ravishda MHlarda keltirilgan. Moddiy xizmat natijalarini sinash akkreditlangan sinov laboratoriyalarida yoki arizachining o‘lchash vositalari va texnologik qurilmalaridan foydalanish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Namunalarni tanlash akkreditlangan sinov laboratoriyasi vakili shtirokida yoki ushbu xizmatni sertifikatlashtirish bo‘yicha ekspertning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshiriladi. Mahsulotdan namunani olish namunalarni tanlash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Agarda bu guruhdagi xizmatni sertifikatlashtirish tartibida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, xizmatlarni sertikatlashtirish bo‘yicha idoraning ekspertiga namunani tanlash ruxsat etiladi. Sertifikatlashtirishni o‘tkazishda tekshirish va baholash natijalari qayd etilgan (dalolatnomalar, bayonnomalar) rasmiy hujjatlar, va sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha asoslangan qarorni qabul qilish rasmiylashtiriladi. Xizmatlarni baholash natijalari “Xizmat ko‘rsatishni baholash dalolatnomasi” ko‘rinishida taqdim etiladi. Xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi o‘rnatilgan talablarga xizmatlarning muvofiqligini tasdiqlovchi dalolatnomalarni, bayonnomalarni va boshqa hujjatlarni tahlili asosida muvofiqlik sertifikatiri berish to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi. Xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasining qarori ijobiy bo‘lgan holatlarda muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirib, uni davlat reestida ro‘yxatga oladi va arizachiga sertifikatni taqdim etadi. Xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi sertifikatlashtirish natijalarini va sertifikatlashtirilayotgan xizmatning MHni amal qilish muddatini hisobga olib, 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda sertifikatni amal qilish muddatini belgilaydi. Sertifikatlashtirish idorasi arizachiga muvofiqlik sertifikati bilan birga muvofiqlik belgisidan foydalanishga ruxsat beradi. Agarda natijalar salbiy bo‘lgan holda bekor qilish sabablarini ko‘rsatib, muvofiqlik sertifikatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni rasmiylashtiradi va uni arizachiga taqdim etadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling