Akkreditlash sohalarini kengaytirish
O‘zining akkreditlash sohasiga talabgor akkreditlangan idoralar qo‘shimcha akkreditlash sohasi uchun arizani akkreditlashtirish idorasiga yo‘llashi mumkin. Arizada quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar va nazorat idoralari uchun: akkreditlash sohasi va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarini o‘tkazish qoidalariga qo‘shimchalar ilova qilinadi;
laboratoriyalar uchun: akkreditlash sohasi va pasportiga qo‘shimchalar qilinadi.
Akkreditlash sohasini kengaytirish arizani tahlil qilish va hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish bilan boshlanib, o‘rnatilgan akkreditlashtirish qoidalari tartibida o‘tkaziladi.
Akkreditlash shartlarini o‘zgartirish
Tashkilotlar qayta o‘zgartirilgan holatlarda, masalan, nomi, joylashish joyi, yuridik shaxslarning pochta manzili o‘zgarganda, akkreditlash ob’ekti bir hafta muddatda akkreditlashtiruvchi idorada ariza qayta ro‘yxatga olinganidan so‘ng, ilova qilingan muvofiq hujjatlarga asosan akkreditlashtiruvchi idora akkreditlash haqida guvohnomani qayta rasmiylashtiradi. Bu hujjatlar (notarial-tasdiqlangan Nizom nusxasi, oldin berilgan akkreditlash haqidagi orginal guvohnoma va Nizomga o‘zgarishlar kiritilganli to‘g‘risida ro‘yxatga olingan tasdiqlovchi hujjatlar) tashkilot o‘zgarishini tasdiqlashi lozim. Ariza bilan hujjatlar paketini arizachi bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali etkazishadi. Guvohnomani qayta rasmiylashtirilgunicha akkreditatsiya ob’ekti oldingi berilgan guvohnoma asosida faoliyatini amalga oshiradi.
Ariza kelib tushganida akkreditlashtiruvchi idora taqdim qilingan hujjatlarni qonunchilikga muvofiq tekshiradi va yangi guvohnomani rasmiylashtirish haqidagi qarorni qabul qiladi va akkreditlashtiruvchi idora arizachiga ariza kelib tushgan kundan boshlab besh kun davomida yangi guvohnomani beradi.
Agarda arizachi oldingi akkreditlangan yuridik shaxs merosxo‘ri bo‘lib hisoblanganda, keyingi hujjatlarni ko‘rib chiqish dastlabki sifatida o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |