Serifikatlashtirish asoslari


Akkreditlash haqida guvohnoma (shahodatnoma)


Download 0.61 Mb.
bet46/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)

Akkreditlash haqida guvohnoma (shahodatnoma)
Akkreditlash haqida ijobiy qoror bo‘lganda akkreditlashtiruvchi idora akkreditlashtirish Qoidalarida keltirilgan shakl bo‘yicha akkreditlash haqidagi shahodatnomani arizachiga beradi. Akkreditlash haqidagi shahdatnoma O‘zbekiston Respublikasi akkreditlashtirish milliy tizimi Davlat reestrida ro‘yxatga olinadi. Akkreditlash haqidagi shahodatnomaga akkreditlashtirish idorasi rahbari tasdiqlagan, akkreditlangan ob’ektning Nizomi, hamda akkreditlash sohasi ilova bo‘lib hisoblanadi.
Akkreditlash sohasining har bir varag‘i O‘zstandart Agentligi akkreditlashtirish bo‘limi boshlig‘i va akkreditlangan idora rahbari imzolari va muhr bilan tasdiqlanadi. Akkreditlashtirish haqidagi shahodatnoma muddatsiz beriladi.
Akkredatlashtirish natijalari haqida xabardor qilish
Akkreditlashtirish idorasi guvohnoma berganidan so‘ng akkreditlashtirish bo‘yicha barcha zaruriy hujjatlarni arizachiga jamlab va akkreditlashtirish protsedurasi bo‘yicha maxsus deloda va uni maxfiylik sharoitlarida saqlaydi. Har bir akkreditlangan ob’ektlar 4 - jadvalda keltirilgan misoldagi ma’lumot kartochkalarini yuritib borishadi. Kelgusida akkreditlangan ob’ektlar haqidagi umumiy ma’lumotlar O‘zstandart Agentligi rasmiy saytida, davlat reestrida ro‘yxat raqami ko‘rsatilib ochiq chop etiladi va nashr etiladi.
Akkreditlangan sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar va laboratoriyalar muvofiqlikni tasdiqlash hujjatlarida (muvofiqlik sertifikati va sinov bayonnomasi) o‘zining akkreditatsiya sohasi bilan akkreditlashtirish haqidagi guvohnomasida keltirilgan ro‘yxat raqamini ko‘rsatadi. Agarda akkreditlangan idora muvofiqlikni baholash bo‘yicha o‘zining akkreditatsiya sohasidan tashqari qandaydir ishni bajarsa, unda chiquvchi hujjatlarida, u akkreditlanganligiga ilova qilishi shart emas.
Akkreditlashtirish haqidagi guvohnomani to‘xtatish va bekor qilish
Akkreditlangan idoraning arizasi bo‘yicha hamda №1472 da o‘rnatilgan Qoidalar holatlarida akkreditlashtirish haqidagi guvohnomani to‘xtatiladi va (yoki) bekor qilinadi. Akkreditlashtirish haqidagi guvohnoma bekor qilinganda akkreditlangan idoralar reestriga muvofiq yozuvlar kiritiladi. Uch ish kuni davomida reestrga o‘zgartirish bilan muvofiq yozuvlar kiritilib, akkreditlashtirish haqidagi guvohnoma egasiga guvohnoma bekor qilinganligi haqida ma’lumot xati jo‘natiladi. Guvohnoma bekor qilinganidan so‘ng akkreditlashtirishga qayta ariza akkreditlashtirish talablari nomuvofiqliklari bartaraf etilganidan keyin berilishi mumkin. Bunda arizachi nomuvofiqliklarni bartaraf qilish bo‘yicha qabul qilgan choralarni tasdiqlovchi xolisona hujjatlarni taqdim etadi.
Akkreditlangan sub’ektlar haqidagi ma’lumotlar O‘zstandart Agentligining rasmiy jurnalida chop etiladi va saytida joylashtiriladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling