Serifikatlashtirish asoslari


Sertifikatlashtirish bo‘yicha idora


Download 0.61 Mb.
bet49/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)

Sertifikatlashtirish bo‘yicha idora faoliyatining rejali inspeksion nazoratida quyidagilar tekshiriladi:

    • baholashning mustaqilligi;

    • laboratoriyalar bilan o‘zaro faoliyati;

    • tanlash dalolatnomasi va identifikatsiyasi mavjudligi hamda muvofiqligi, sinov bayonnomalari, sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlab chiqarish ko‘rigi dalolatnomalari, sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni inspeksion nazoratining reja-grafigi;

    • muvofiqlik sertifikatini berish to‘g‘risida qabul qilingan qarorlarni asoslanganligi, muvofiqlik sertifikatini to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, sertifikatlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun foydalanilgan MH lardagi ma’lumotlar va muvofiqlik sertifikatidagi ma’lumotlarning muvofiqligi;

    • berilayotgan muvofiqlik sertifikatlarini ro‘yxatga olinishi;

    • muvofiqlik sertifikatlarining blanklarini qat’iy hisobi;

    • arizachilarining da’vo, shikoyatlari tahlil va hisobi;

    • akkreditlashtirish haqida guvohnoma;

    • mahsulot va xizmatlarga MH ta’minlanganligi, ularni amal qilish muddati, ularga o‘zgarishlarni o‘z vaqtida kiritilishi;

    • muvofiqlik sertifikati va belgisidan noto‘g‘ri qo‘llanilganligi uchun sertifikatlangan mahsulot tayyorlovchisiga qo‘llanilanilgan choralar;

    • xodimlarning malakasi va layoqatligini muvofiqligi, bajaridigan vazifalari, xodimlarni attestatsiyalash va malakasini oshirishga taaluqli qabul qilingan faoliyati, lavozim va ishchi yo‘riqnomalarning mavjudligi;

    • sertifikatlashtirish bo‘yicha idora faoliyati va shuningdek laboratoriya xizmatlari bilan aloqador ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlanishi;

    • akkreditlashtirish idorasi, hamda uning qarorlarini bijarishda o‘zaro faoliyati.

Laboratoriya faoliyatining rejali inspeksion nazoratida quyidagilar tekshiriladi:

    • sinov (o‘lchash)larni o‘tkazishda mustaqillik va xolisonalik;

    • akkreditlashtirish idorasi, sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar va boshqa akkreditlangan sinov laboratoriyalari bilan o‘zaro faoliyati va shuningdek, akkreditlashtiruvchi idoraning, laboratoriya faoliyati bilan aloqador qarorlarini bajarish;

    • laboratoriya akkreditatlashtirish sohasiga muvofiq, sinov bayonnomalarini mavjudligi va muvofiq rasmiylashtirilishi, to‘liq va to‘g‘ri taqdim etilishi, ularni yuritish va saqlash tizimi;

    • arizachilarning da’vo, shikoyatlari tahlili va hisoboti;

    • akkreditlashtirish to‘g‘risidagi guvohnoma;

    • mahsulotlarga MHlarni ta’minlanganligi, ularni amal qilish muddati, ularga o‘zgarishlarni o‘z vaqtida kiritilishi;

    • xodimlarning malakasi va layoqatligini muvofiqligi, bajaridigan vazifalari, xodimlarni attestatsiyalash va malakasini oshirishga taaluqli qabul qilingan faoliyati, lavozim va ishchi yo‘riqnomalarning mavjudligi;

    • inshoatning holati, inshoatning mikroklimatik parametrlarini qurilish va sanitariya me’yorlari hamda qoidalri talablariga muvofiqligi;

    • sinovlarning o‘tkazish sharoitlarini muvofiqligi, laboratoriya akkreditlashtirish sohasi va sinov usullariga MHlarida o‘rnatilgan xavfsizlik talablari va me’yorlariga ta’sir qiluvchi zararli ishlab chiqarish omillari va xavfli parametrlar;

    • qiyoslangan o‘lchov vositalari va attestatlangan sinov qurilmalari, boshqa texnikaviy vositalar shuningdek, davlat standart namunalari, boshqa toifadagi standart namunalar, attestatlangan aralashmalari, ularni metrologik ta’minlash maqsadida va sifat menejmenti tizimi protseduralari va sinov (o‘lchash) usullari talablariga muvofiqligi holatlari;

    • sinaladigan (o‘lchanadigan) namunalar va yozuvlarni yuritish (talabnomani qabul qilish, tanlanma dalolatnomasi, ro‘yxatga olish, namunalarni saqlash sharoitlari va utillashtirish) bilan murojaat qilishga talablarga rioya qilish;

    • laboratoriya faoliyati bilan hamda u xizmatlaridan foydalanayotgan sertifikatlashtirish bo‘yicha idora va nazorat idoralari bilan aloqador ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;

    • laboratoriyalararo solishtirish natijalari. Zaruriyat bo‘lganda, agarda laboratoriyalararo solishtirish o‘tkazilmasa, laboratoriya layoqatliligini tasdiqlash maqsadida nazorat sinovi (o‘lchashi) o‘tkaziladi. Nazorat sinovi (o‘lchash)ga yo‘naltirilgan mahsulotlar turi, mahsulotlarning tekshiriladigan tavsiflari, namunani (proba) tanlash va tayyorlash, nazorat sinovi (o‘lchash) dasturida o‘rnatilgan tavsiflar qiymatining anonimligini ta’minlash.

Inspeksion nazorati vaqtida nomuvofiqliklar topilganda nomuvofiqlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi. Komissiya inspeksion nazorati natijalari bo‘yicha akkreditatsiya mezonlariga ob’ektning muvofiqligi umumiy baholanishidan tarkib topgan, ikki nusxa dalolatnoma tuzadi, ulardan biri tekshirilayotgan sertifikatlashtirish bo‘yicha idora yoki laboratoriya rahbariga topshiriladi va ikkinchisi akkreditlashtirish idorasiga taqdim etish uchun komissiya rahbarida qoladi. Inspeksion nazorati dalolatnomasini komissiyaning barcha a’zolari va tekshirilgan ob’ekt rahbari imzolab ya’ni inspeksion nazorat natijalari bilan kelishmovchiliklar holatlarida o‘zining fikrlarini bayon etishi mumkin.
Inspeksion nazorat natijalari bo‘yicha 5 kun davomida inspeksion nazorat dalolatnomasi tuzilgan kun bilan akkreditlashtiruvchi idora akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani amal qilishini tasdiqlash, to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Inspeksion nazorat natijalari ijobiy bo‘lganda akkreditlashtirish haqidagi guvohnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.
Inspeksion nazorati vaqtida nomuvofiqliklar bartaraf etilmaganligi mavjud bo‘lsa, lekin to‘g‘rilovchi amallar yo‘li bilan ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda bartaraf qilinishi mumkin bo‘lsa, akkreditlashtirish haqidagi guvohnomani amal qilinishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilinadi.
Akkreditlashtiruvchi idora, ob’ekt nomuvofiqligi bo‘yicha to‘g‘rilovchi amallar bajarganidan so‘ng, akkreditlashtirish haqidagi guvohnomani amal qilish muddatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi.
Akkreditatsiya sohasida intizomga rioya qilmasligi shuningdek, akkreditlashtiruvchi idoraning qarorida o‘rnatilgan muddatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar bo‘yicha to‘g‘rilovchi amallarni bajarmaganligi holatlarida akkreditlashtirish haqidagi guvohnomani amal qilinishini bekor qilish haqidagi qaror qabul qilinadi.
Insreksion nazorati natijalari bo‘yicha akkreditlashtirish haqidagi guvohnomasi bekor qilingan sertifikatlashtirish bo‘yicha idora yoki laboratoriya Davlat reestridan chiqariladi va akkreditlashtiruvchi idora bu to‘g‘risida qiziquvchi shaxslar va tashkilotlarni xabardor qiladi.
Inspeksion nazorat natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar tekshirilgan ob’ektga qaror uch kun davomida jo‘natiladi.
Inspeksion nazorat natijalari bilan kelishmovchiliklar bo‘lgan holatlarda qiziquvchi tomon O‘zstandart Agentligiga yoki bevosita sudga murojaat qilishi mumkin. O‘zstandart Agentligi qaroridan o‘rnatilgan qonunchilik tartibida sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling