Serifikatlashtirish asoslari
Download 0.61 Mb.
|
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)
12-ma’ruza . O’zbekiston Respublikasi akkreditlashtirish tartibi asosiy qoidalari
Akkreditatsiyadan o‘tkazish va xabardor qilish Akkreditlashtirish tizimi talabiga javob beruvchi har qanday tashkilot (ob’ekt) akkreditlanishi mumkin. Buning uchun akkreditlashtirish ob’ekti quyidagilarga majbur: akkreditlashtirish tizimi me’yoriy hujjatlarida bayon etilgan mezonlarga muvofiq bo‘lishi; uning faoliyatini baholashni o‘tkazish uchun barcha joylarga va xodimlarga ruxsat etilgan, o‘ziga xos hujjatlarni taqdim etish, shuningdek, apellyasiyani ko‘rib chiqish va akkreditlangan idoralar faoliyati uchun nazoratida sharoitlarni ta’minlashi; uning akkreditatsiya sohasidagi o‘rnatilgan faqat shu faoliyatni amalga oshirishi; akkreditatsiya sohasida o‘rnatilgan faoliyatga kirmagan faoliyat haqida reklama maqsadida ommaviy axborot vositalariga xabar bermaslik; sertifikatlashtirish va nazorat qoidalariga aniq rioya qilish; bekor qilingan akkreditatsiya yoki to‘xtatilgandan so‘ng akkreditlashtirish idorasi talabi bo‘yicha akkreditlangan hujjatlarni qaytarishi va akkreditatsiyaga havola qilingan o‘zining faoliyatidan tarkib topgan reklamasini tugatishi. SHuningdek akkreditatsiya ob’ekti akkreditlashtirish ob’ektiga isbotlashi lozim, negaki u: uning ishlari natijalariga aks etgan har qanday unga savdo, moliyaviy ta’sir etilishidan ozodligini; bajariladigan ishlar tavsifiga javob beruvchi sifat tizimi mavjudligini; etarli tajribali va o‘qigan xodimlardan foydalanishini; ishlarni o‘tkazish uchun yaroqli bo‘lgan inshoat (bino), texnikaviy qurilmalar va ularga doimiy xizmatlarni amalga oshirishning mavjudligini; akkreditatsiya sohasida aniqlangan ishlar uchun me’yoriy hujjatlar fondining mavjudligi va bu hujjatlarni aktuallashtirishni o‘tkazishi hamda yo‘riqnoma va protseduralarga hujjatlar ishlab chiqadi; muvofiqlik sertifikatini berish xolisonaligini tasdiqlovchi hisob-kitob va qat’iy ravishda blankalar, hisobotlar va boshqa materiallarni saqlash tizimi mavjudligi; ishlar jarayonida olingan, ma’lumotlar maxfiyligini kafolatlaydi. Endi akkreditlashtirish bo‘yicha ishlar bosqichini ko‘rib chiqamiz. U quyidagi tartibda o‘tkaziladi: akkreditlashtirishga ariza berish, ariza bo‘yicha dastlabki ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish, ekspertizani o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuzish, o‘tkazilgan ekspertizalar uchun arizachi to‘lovlarni amalga oshiradi; ekspertiza hujjatlar to‘plami ekspertizalar dalolatnomalari bilan rasmiylashtirilib, baholashni o‘tkazish va tayyorlash to‘g‘risida shartnoma tuziladi, akkreditlashtirish haqida qaror loyihasi tayyorlanadi, baholashni o‘tkazish uchun arizachi to‘lovlarni amalga oshiradi; akkreditlashtirish ob’ektini baholashga tayyorlash (komissiyani belgilash, buyruq chiqarish, joyida baholash dasturlarini ishlab chiqish); dalolatnomani rasmiylashtirish joyida arizachini baholash; materiallar tahlili hujjatlar ekspertizasi, joyida baholash natijalari, arizachi bajargan to‘g‘rilovchi amallar samaradorligi, qaror loyihasini tayyorlash; Kengashda baholash va ekspertiza materillarini ko‘rib chiqish, hamda akkreditatsiya haqida qaror qabul qilinadi yoki akkreditatsiyani bekor qilinadi; akkreditatsiya haqida guvohnomani berish, rasmiylashtirish, ro‘yxatga olish va arizachi to‘lovlarni amalga oshiradi. Akkreditlashtirishning har bir navbatdagi bosqichi oldingi bosqich ijobiy natijalarda bo‘lganida bajariladi. Arizachi akkreditlashtirish bo‘yicha ishlarga to‘lovlarni har bir bosqich bo‘yicha alohida amalga oshiradi. Arizachi tuzilgan shartnomaga muvofiq, akkreditlashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ishlarga aloqador xarajatlarni uning natijalaridan mustaqil holatda to‘lashga majbur. Akkreditlashtirishni o‘tkazish muddati akkreditlashtirish ob’ektining tayyorligiga bog‘liq, ammo akkreditatsiyaga ariza ro‘yxatga olingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi lozim. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling