Serifikatlashtirish asoslari


Download 0.61 Mb.
bet75/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)

Sifat tizimi auditi – tizimni belgilangan talablarga muvofiqligini aniklash uchun mo‘ljallangan.
Mahsulot va jarayon auditlaridan farqli o‘laroq, bu katta hajmdagi ma’lumotni olish va tahlil qilish bilan bog‘liq eng murakkab audit.



Audit usullari
Tashkilot sifat tizimini o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, shuningdek xarajatlarni optimallashtirish va audit dasturi vazifalarini bajarish uchun, auditni quyidagi sxemalar bo‘yicha rejalashtirish mumkin:
• bulinma ishtirok etuvchi barcha jarayonlarni tadqiq qilgan holda, bo‘linmalar faoliyati auditi;
Bu usulni kamchiligi – sifat tizimi jarayonlari doirasida bulinmalararo o‘zaro alokani kuzatish mumkin emas.
• tashkilotni turli bo‘linmalarida har bir jarayonni ketma – ket tadqiq qilgan holda, sifat tizimi jarayonlari o‘zaro aloqasini auditi.
Auditor tashkilt tuzilmasini hisobga olgan holda barcha jarayonni «kuzatish» va jarayonlar doirasida bo‘linmalarni o‘zaro aloqasi to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatiga ega.
Jarayonlar zanjirini kuzatishda auditorlar guruhini bo‘linmadan bo‘linmaga ko‘chishi uchun qo‘shimcha vaqt zarurligi bu usulni kamchiligi hisoblanadi. Bundan tashqari, yordamchi jarayonlar (hujjatlarni, yozuvlarni boshqarish va h.k.) tajribasiz auditor e’tiboridan chetda qolishi mumkin.
Amaliyotda ko‘pincha birlashgan usul qo‘llaniladi, ya’ni audit bo‘linmalar buyicha o‘tkaziladi, lekin audit uchun bir necha aniq ob’ektlar (loyihalar, shartnomalar, buyumlar va h.k.) tanlanadi. Turli bo‘linmalarni tekshirishda, auditorlar auditni ushbu ob’ektiga taalluqli bo‘lgan jarayonlarni o‘zaro alokasini kuzatadilar.
Audit ob’ektini tadqiq kilish quyidagi sxemalardan biri bo‘yicha amalga oshiriladi:
oldinga kuzatish – jarayonni boshidan uning natijasigacha yoki belgilangan nuqtagacha kuzatish;
ortga kuzatish – jarayonni natijasidan jarayonni boshlanishigacha kuzatish;
qisman kuzatish – tadqiqot jarayonni ixtiyoriy tanlangan nuqtasidan boshlab oldingan yoki ortga amalga oshiriladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling