Serifikatlashtirish asoslari
Download 0.61 Mb.
|
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- UCHINCHI tomon auditi
- ijobiy tomonlari
- salbiy tomonlari
IKKINCHI tomon auditi
Bu tashkilotni iste’molchi yoki boshqa tashkilot nomidan tekshirilishi. Ikkinchi tomon auditini maqsadi – talablari kafolatlangan holda va doimiy ravishda bajarilishi haqida iste’molchini ishonchini ta’minlash uchun tashkilot sifatni boshkarish tizimi to‘g‘risida etarli ma’lumot olishdir. Audit to‘g‘ri o‘tkazilishi va sifat tizimini natijaviyligini aniq ko‘rsatishi muhim. Audit natijalari ikala tashkilt kelajagiga ta’sir ko‘rsatuvchi tijorat qarorlarini keltirib chikishini yodda tutish kerak. SHuning uchun xam, kafolatlangan aniq ma’lumot olish uchun, audit malakali, tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan xodimlar tomonidan o‘tkazilishi kerak. Agar biron – bir tashkilot boshqa tashkilotda audit o‘tkazish uchun mustaqil tashkilot (masalan, sertifikatlashtirish bo‘yicha idora yoki konsalting kompaniyasi) ga buyurtma bersa, va tekshiruvchi tashkilotdan tekshirish natijalari olsa, auditni buyurtma bergan tashkilot o‘tkazgan deb hisoblashimiz mumkin. UCHINCHI tomon auditi Tashqi mustaqil tashkilot (uchinchi tomon) tomonidan o‘tkaziladigan tekshirish. Odatda uchinchi tomon baholashi sertifikatlashtirish maqsadida o‘tkaziladi. Ikkinchi tomon auditi kabi, uchinchi tomon auditi auditor, shuningdek tekshiriladigan tashkilotga ham alohida talablar belgilaydi. Audit natijalari sifat tizimi holatini aniq va haqqoniy ko‘rsatishi uchun, auditor o‘z ishini ustasi va layoqatli bo‘lishi kerak. Tashqi auditlar ichki auditlarga nisbatan o‘z ijobiy va salbiy tomonlariga ega (17.3-rasm). Tashqi auditlarni ijobiy tomonlari: yuqori darajadagi ob’ektivlik (chunki bu «tashqaridan qarash»); ishni yuqori samaradorligi (chunki tashqi audit yuqori malakali auditorlar tomonidan o‘tkaziladi); tekshirilayotgan tashkilot tomonidan tanqidga pozitiv qaraladi; auditorlarni yuqori malakasi hisobiga tekshirilayotgan tizimni yuqori ob’ektiv baholanishi; tekshirilayotgan tashkilot tomonidan tashqi auditlar natijalaridan reklama maqsadlarida foydalanish; sifat tizimini o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi va natijaviyligini namoyish qilish uchun tashqi auditlar natijalaridan foydalanish imkoniyati; xarajatlarni hisoblash aniqligi. Tashqi auditlarni salbiy tomonlari: - korxona an’analarini bilmaslik; - tekshirilayotgan tashkilot xodimlari tomonidan auditorlarga «begona shaxs» sifatida qaralishi, oqibatda ma’lumotlarni berkitilishi; - auditorlarni korxonadagi norasmiy peshqadamlarni bilmasligi, bu esa zarur ma’lumotlar olinishini qiyinlashtiradi; - auditor tomonidan audit mobaynida olingan maxfiy ma’lumotni oshkor qilinishi ehtimoli; - audit o‘tkazish chegaralangan muddatlarda amalga oshirilishi sababli butun tizimni to‘liq tekshirish imkoniyati yo‘q, audit bo‘yicha xulosa mavjud ma’lumotlar asosida chiqariladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling