Serifikatlashtirish asoslari


Download 0.61 Mb.
bet74/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)

Auditni bosqichlari
Ichki auditlar, tashqi auditlar kabi, oddatda, ikki bosqichdan iborat: moslikka (adekvatlik) tekshirish va muvofiqlikni tekshirish.





Moslikni tekshirish
Hujjatlashtirilgan tizim qo‘llanilayotgan standart talablariga mosligi darajasi aniqlanadi.
Moslikni tekshirilishgi quyidagi yo‘llar bilan bajarilishi mumkin:

  • qo‘llanilayotgan standart talablarini, ushbu talablarga hujjatlashtirilgan tizimni mos keluvchi qismlarini aniqlagan holda ko‘rib chiqilishi;

  • hujjatlashtirilgan tizimni, qo‘llanilayotgan standart talablari bilan solishtirgan holda bandma – band ko‘rib chiqilishi.

Uchinchi tomon barcha tekshiruvlari va ikkinchi tomon ko‘pgina tekshiruvlarida tekshirishni keyingi bosqichi birinchi bosqich natijalariga bog‘liq, chunki sifat tizimi hujjatlari qo‘llanilayotgan standart talablariga nomuvofiq bo‘lsa, joylardagi faoliyat bu hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish ma’noga ega emas.
Muvofiqlikni tekshirish
Hujjatlashtirilgan tizim xodimlar tomonidan tushunilishi, joriy qilinganligi va qo‘llab – quvvatlanishi darajasini belgilash uchun o‘tkaziladigan tekshirish.
Qo‘llanilayotgan standart u yoki bu faoliyatni amalga oshirish uchun hujjatlashtirilgan protsedura ishlab chikilishini talab qilmasa, muvofiqlikni tekshirish standartni qo‘llanilayotgan talablariga nisbatan amalga oshiriladi.
Audit ob’ektlari
Mahsulot, jarayon yoki sifat tizimi audit ob’ektlari bulishi mumkin.
Mahsulot auditi – mahsulotni amaldagi tavsiflarini belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish uchun mo‘ljallangan.
Jarayon auditi – jarayonni belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun mo‘ljallangan. Bunda jarayonni rejalashtirilgan natijalarga erishish imkoniyati baholanadi.
Kamchiliklari mahsulotni o‘lchash va sinash orqali aniklanmaydigan, balki mahsulotdan foydalanish boshlangandan so‘ng namoyon bo‘ladigan maxsus jarayonlar (payvandlash, quyish, isiqlik bilan ishlov berish va x.k., shuningdek xizmat ko‘rsatish jarayonlarini ko‘pchiligi) ni tekshirish keng tarqalgan.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling