Mahsulotlar, xizmatlar va ishlarni sertifikatlashtirish – mahsulotni o‘rnatilgan talablarga va uning sifati bilan to‘g‘ri bog‘liqligini tasdiqlashdir. Sifatsiz mahsulot sertifikatlashtirilishi mumkin emas.
Sertifikatlashtirish quyidagi yo‘nalishlarga: mahsulot (xizmat) iste’molchilarning tanlash layoqatliligi faoliyati; iste’molchilarni nopok va vijdonsiz ishlab chiqaruvchilar (sotuvchi, bajaruvchi)dan himoya qilish; mahsulot (xizmat, ishlar)ni atrof-muhit, yashash va jamiyat sog‘lig‘i uchun xavfsizligini nazorat qilish; mahsulot (xizmat, ishlar) sifat ko‘rsatkichlari va ushbu mahsulotni ishlab chiqargan ishlab chiqaruvchilar (bajaruvchilar)ni tasdiqlash; tashkilot va xususiy tadbirkorlar faoliyatini Respublikamiz yagona tovar bozorini hamda xalqaro iqtisodiyotda, ilmiy-texnik hamkorlikda va xalqaro savdolarda qatnashishi uchun imkoniyat yaratish sohasida ish olib boradi.
Muvofiqlikni tasdiqlash va baholash tizimi mahsulot sifati va xavfsizligini, ishlar va xizmatlarni nazorat qilish va buning uchun davlat tekshiruvi va nazorati, litsenziyalashtirish, ixtiyoriy sertifikatlashtirish bilan boshqa nazorat shakllarining asosiy mexanizmi bo‘lishi bilan ahamiyatlidir.
Respublikamizda sertifikatlashtirishning rivojlantirish istiqboli mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish, shu bilan birga «muvofiqlikni tasdiqlash va baholash» - tizimiga o‘tish, hamda bu faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha «O‘zstandart» agentligi tomonidan qabul qilingan konsepsiyada to‘liq tarzda yoritib berilgan.
SHu sabablarga ko‘ra, ushbu ma’ruza matni respublikamizdagi amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ta’lim borasidagi islohotlarga yondashgan holda jumladan, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish sohalaridagi bilimlarni etkazishda standartlashtirish asoslari tayanch faoliyat ekanlagini inobatga olib yaratishga harakat qilindi.
Reja
2.1. Sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi
2.2. Sertifikatlashtirish va sifatni boshqarishning qonuniy va me’yoriy asoslari
Do'stlaringiz bilan baham: |