Serifikatlashtirish asoslari
Download 0.61 Mb.
|
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)
4. Ichki auditni mo‘ljali.
Ichki auditlarni doimiy o‘tkazilishi quyidagilarga imkon beradi: a) sifat tizimini qo‘llanilayotgan standart talablariga va tashkilot tomonidan hujjatlashtirilgan protseduralar, korxona standartlari, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlash; b) rahbariyat va tegishli tomonlarda sifat tizimini natijaviyligi bo‘yicha ishonch tug‘dirish: ichki audit, tizim qanday faoliyat yuritayotganligi to‘g‘risida rahbariyatga ob’ektiv ma’lumot taqdim qilgan holda, aks aloqani ta’minlaydi. v) operativ muammolarni aniqlash: istalgan tizimni tekshirish vaqtida, auditor tizimdagi yoki protseduralardagi muammolarni aniklash imkoniyatiga ega; g) to‘g‘rilovchi amallarni amalga oshirish uchun aks aloqani ta’minlash: ichki audit mobaynida belgilangan talablarga nomuvofiqliklar aniklanadi, so‘ng aniqlangan nomuvofiqliklar sabablarini bartaraf kilish uchun to‘g‘rilovchi amallar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi; d) ichki audit tizim joriy qilinayotgan vaqtda sozlash uchun foydali mexanizmdir: sifat tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirishga tayyorlash vaqtida tizimni «ishga tushirish» va tizim «oqsoqlanayotgan» joylarni aniqlash imkoniyatini beradi. Ichki auditlarni maqsadi – aybdorlarni izlash va jazolash emas. Bu tushunchani tashkilotni barcha xodimlarini etkazish kerak, chunki tashqi nazoratdan «ximoyalanish» ob’ektiv ma’lumot olishga imkon bermaydi. Mumkin bo‘lgan jazolashdan xavfsiragan holda, xodimlar zarur ma’lumotlarni berkitishi yoki noto‘g‘ri taqdim qilishi mumkin, bu holda audit natijalari tizimni faoliyati thaqida ob’ektiv ma’lumot bermaydi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling