Serifikatlashtirish asoslari
-Mavzu: Sifat menejmenti tizimini tekshirish
Download 0.61 Mb.
|
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)
18-Mavzu: Sifat menejmenti tizimini tekshirishSifatni boshqarish tizimi, ekologik menedjment, kasb xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish menedjmenti va boshqa menedjmentlar kabi davriy ichki auditlarga duchor qilinishi kerak. Ichki audit, tizimni joriy qilinishi va faoliyatning natijaviyligini monitoringi va tekshirish uchun mexanizmlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Sifat tiziminini joriy qilgach, tashkilot rahbariyati u qanday faoliyat yurgazayotganini, qaerda tizimda nosozliklar borligi bilan qiziqishi va tizimni natijaviyligini baholashi kerak. Ichki audit natijalari tashkilot rahbariti tomonidan tahlil o‘tkazish uchun ma’lumot bo‘lib hisoblanadi, bu esa to‘g‘rilovchi amallarni ishlab chiqish va ba’zi bir jarayonlarni yoki tizimni umuman yaxshilash imkoniyatlarini aniqlashga yordam beradi. Ichki auditlarni o‘tkazishdan maqsad, sifat tizimi: a) belgilangan talablarga muvofikligini; b) to‘g‘ri joriy qilinganligi va ishchi holatda ushlanayotganligini aniqlashdan iboratdir. SHunday qilib, ichki audit ob’ekti sifatida ba’zi bir xodimlarni faoliyati emas, balki butun sifatni boshqarish tizimi hisoblanadi. 1. Audit bo‘yicha tavsiyalar (XS ISO 19011:2002). Audit jarayonini tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar ISO 19011 «Sifatni boshqarish tizimi va/yoki ekologik boshqarish tizimlari auditi bo‘yicha tavsiyalar» standartida keltirilgan. Ushbu tavsiyalar kasb xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimlari (OHSAS 18001:99 bo‘yicha), oziq - ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda qaltisliklarni boshqarish (ISO 22000) va dengiz kemachiligi (ISM Code) tizimlarini tekshirishda qo‘llaniladi, shuningdek boshqa boshqarish tizimlarini auditlarida qo‘llanilishi mumkin. 2. Atamalar va ta’riflar ISO 19011:2002 xalqaro standartida quyida keltirilgan atamalar va ta’riflar qo‘llaniladi. Audit (tekshirish) – kelishilgan audit mezonlarini bajarilishi darajasini aniqlash maqsadida audit guvohliklarini olish va ularni ob’ektiv baholashni tizimli, mustaqil va hujjatlashtirilgan jarayoni. Qayd qilib o‘tishimiz joizki, ichki audit sifat tizimi jarayonlaridan biri hisoblanadi va uni boshqarish PDCA sikliga (Rejalashtirish - Bajarish- Nazorat -To‘g‘rilash) muvofiq amalga oshirilishi kerak. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling