Serifikatlashtirish asoslari


SMT muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish


Download 0.61 Mb.
bet69/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)

SMT muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish
Sertifikatlashtirish idorasining ijobiy qarori bilan SMT muvofiqlik sertifikati o‘rnatilgan shaklida rasmiylashtiriladi.
Sertifikatlashtirish idorasida sertifikatga ro‘yxat raqami qo‘yilib, keyin sertifikatlashtirish idorasi reestrida sertifikat ro‘yxatga olinadi.
Sertifikat ilovasi ham bo‘lishi mumkin. Sertifikatlashtirish idorasi rahbari sertifikatga ilovani rasmiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Sertifikatlashtirish idorasi rahbari yoki uning muovini va komissiya raisi o‘tkazilgan audit va sertifikatga imzo qo‘yadilar. Sertifikatga sertifikatlashtirish idorasi muhri qo‘yiladi. Sertifikatning hisobraqamini sertifikatlashtirish idorasi so‘rovi bo‘yicha sifat tizimi reestriga texnik markaz beradi. Hisob raqami sertifikat ramkasining pastki qismiga qo‘yiladi. Hisob raqami o‘zida sertifikat tartib raqamini namoyish etib, beshta belgili reestr ro‘yxatidan tarkib topgan bo‘ladi. SMT muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilganidan keyin sertifikatlashtirish idorasi ma’lumotni rasmiy nashr qilish uchun sertifikat nusxasini sifat tizimi reestri texnik markazga taqdim etadi.
6-bosqich. Sertifikatlashtirilgan SMT inspeksiya nazorati.
Inspeksiya nazorati rejali va rejadan tashqari bo‘lishi mumkin. Rejali inspeksiya nazorati sertifikat amal qilish muddati davomida yilida kamida bir marta o‘tkaziladi. Rejali inspeksiya nazorati sertifikat amal qilish muddati davomida 6, 10 va boshqa oylar oralig‘ida o‘kaziladi.
Rejali inspeksiya nazoratda audit ob’ektlari belgilanadi. Rejali inspeksiya nazoratda umumiy tekshirish hajmi qo‘shilib, sifat menejmenti tizimining 1/2 elementlaridan kam bo‘lmasligi lozim. Bunda har bir inspeksiya nazoratda quyidagi majburiy elementlar majmui tekshiriladi #S:
- hujjatlarga talablar;
- sifat sohasidagi maqsad;
- rahbariyat tomonidan tahlil;
- resurslar menejmenti;
- iste’molchilarni qoniqqanligi ;
- ichki auditlar (tekshirish);
- yaxshilash;
- sertifikat va muvofiqlik belgisidan foydalanish.
Rejadan tashqari inspeksiya nazorat quyidagi holatlarda o‘tkaziladi:
- sertifikatlashtirish idorasi sertifikatlangan SMTdan jiddiy buzg‘unchiliklar haqidagi ma’lumotlarni va shu bilan birga sertifikat oluvchining ishlab chiqaradigan mahsulot sifatiga iste’molchilarning shikoyatlar haqidagi ma’lumotlarni olishsa;
- tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, texnologiyasi, ishlab chiqarish shartlari, ishlovchi xodimlar va kadrlar tarkibi hamda shu kabi o‘zgarishlar yuzaga kelsa.
Rejadan tashqari inspeksiya nazoratda audit ob’ektlari sabablarga bog‘liqligi, inspeksiya nazorat zaruriyatini kelib chiqishi bilan aniqlanadi.
Sertifikatlashtirish idorasi inspeksiya nazoratni o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan shartnomadagi oldindan to‘lovlar olganidan so‘ng, sertifikatlashtirish idorasi rahbari inspeksiya nazorati bo‘yicha komissiya raisini tayinlaydi va ispeksion nazorat bo‘yicha komissiya tuziladi. Rahbariy hujjatlar talablariga muvofiq (inspeksiya nazorat) audit mehnat hajmi, ob’ektlarni tekshirish qiyinchiligi va soni hisobi bilan komissiya a’zolarining ishtirokchilari aniqlanadi.
Komissiya raisi sertifikatlashtirilgan SMT inspeksiya nazoratini o‘tkazish rejasini tuzib chiqadi.
Inspeksiya nazorat natijalari, xulosalari va tavsiyalarini komissiya shakl bo‘yicha dalolatnoma ko‘rinishida rasmiylashtirib, sertifikatlashtirish idorasiga taqdim qiladi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling