Serifikatlashtirish asoslari


Download 0.61 Mb.
bet71/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)

Audit mezonlari – siyosat, protseduralar yoki talablarni jamlanmasi.
Audit maqsadlariga qarab, audit mezonlari sifatida xalqaro standartlar, ichki me’yoriy hujjatlar (hujjatlashtirilgan protseduralar, ishchi yo‘riqnomalar), rejalar, dasturlar, shartnomalar va tashkilot sifat tizimini boshka hujjatlari qo‘llanilishi mumkin.
Izoh. Audit mezonlari audit guvohliklari solishtiriladigan talablar sifatida qo‘llaniladi.
Audit guvohliklari – audit mezonlari bilan bog‘liq va tekshirilishi mumkin bo‘lgan yozuvlar, faktlarni bayon qilinishi yoki boshqa ma’lumotlar (ya’ni, audit mobaynida yig‘ilgan va tekshirilgan ma’lumotlar).
Izoh. Audit guvohliklari sifat yoki miqdoriy bo‘lishi mumkin.
Audit kuzatuvlari – raudit guvohliklarini audit mezonlariga muvofiq baholanishi natijalari.
Izoh. Audit kuzatuvlari audit mezonlariga muvofiqlik yoki nomuvofiqlikni, shuningdek yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rsatishi mumkin.
Audit natijalari bo‘yicha xulosa – audit maqsadlari va auditni barcha kuzatuvlarini ko‘rib chiqilgandan so‘ng auditorlar guruhi tomonidan taqdim qilingan auditni chiqish ma’lumotlari.
16.1-rasmda audit natijalari bo‘yicha xulosani chiqarish sxemasi ko‘rsatilgan.
SHunday qilib, audit mobaynidan yig‘ilgan ma’lumot, tekshirilgandan so‘ng audit guvohligiga aylanadi.
Auditni barcha kuzatuvlari tahlili natijalari bo‘yicha audit xulosa shakllanadi audita.

Audit buyurtmachisi – audit o‘tkazishga buyurtma bergan tashkilot yoki shaxs.
Izoh. Buyurtmachi sifatida tekshirilayotgan tashkilot yoki auditga buyurtma berish huquqiga ega bo‘lgan istalgan tashkilot bulishi mumkin.
Ichki auditda auditni buyurtmachisi bo‘lib tekshirilayotgan tashkilot rahbari hisoblanadi.
Tekshirilayotgan tashkilot – audit o‘tkazilayotgan tashkilot.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling