Serifikatlashtirish asoslari
Akkreditlashtirishni o‘tkazish
Download 0.61 Mb.
|
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)
Akkreditlashtirishni o‘tkazish
Akkreditlashtirish milliy tizimi doirasida muvofiqlikni tasdiqlash sohasida o‘zining layoqatligini tan olinishini istagini bildiruvchi akkreditatsiya arizachisi, tizim qoidalarida o‘rnatilgan shakl bo‘yicha akkreditlishtirishga ariza va zaruriy hujjatlarni akkreditlishtirish idorasiga jo‘natadi. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi va nazorat idorasini akkreditlashtirish arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: ta’sis etuvchi hujjatlar nusxasi; akkreditatsiya sohasi loyihasi; bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha idora yoki nazorat idorasi to‘g‘risidagi Nizom loyihasi; muvofiqlikni tasdiqlash bo‘yicha ishlarni o‘tkazishni tavsiflovchi sifat bo‘yicha qo‘llanmasi; sifat menejmenti tizimi protseduralari. Laboratoriyalarni akkreditlashtirish arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: ta’sis etuvchi hujjatlar nusxasi (agar u yuridik shaxs bo‘lib hisoblangan holatlarda); sinov (o‘lchash) laboratoriyasi (markaz) to‘g‘risidagi Nizom loyihasi; akkreditatsiya sohasi loyihasi; laboratoriya pasporti loyihasi; sifat menejmenti tizimi protseduralaridan tarkib topgan sifat bo‘yicha qo‘llanma. Akkreditlashtirishga taqdim etilayotgan hujjatlar va arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha akkreditlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazilishi to‘g‘risida rasmiy qaror qabul qilinadi. Qarorni qabl qlish muddati ariza ro‘yxatga olingan kundan boshlab 3 kun. Ariza bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilgandan so‘ng, akkreditlashtiruvchi idora hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi. Ekspertizani ekspertiza bo‘yicha xizmatlarga to‘lovdan so‘ng akkreditlashtiruvchi idora, yoki uning toshirig‘i bo‘yicha Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti sifat bo‘yicha ekspert-auditorlari yoki boshqa sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar amalaga oshiradi. Ekspertiza, ariza bo‘yicha qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatda o‘tkaziladi. Sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar bergan xulosalar bo‘yicha ekspertiza natijalari rasmiylashtiriladi. Ekspertiza natijalari salbiy bo‘lsa, akkreditlashtiruvchi idora uni akkreditlashtirish mezonlariga nomuvofiqligi sababi bo‘yicha akkreditlashtirishni bera olmasligi haqida arizachini xabardor qiladi va aniqlangan tuzatishlarni bartaraf etish uchun (30 kundan ko‘p bo‘lmagan) muddat beradi. Akkreditlashtirishni bekor qilish haqidagi xabardor qilish arizachiga rasmiy shaklda, bekor qilish sababi va arizachi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilish muddati va qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim qilishi bildiriladi. Arizachi akkreditlashtirishni bekor qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi kamchiliklarni bartaraf qilgan holatlarida, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish arizachidan ariza va barcha zaruriy hujjatlar olingan kundan boshlab o‘n kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. Arizani qayta ko‘rib chiqish uchun to‘lovlar undirilmaydi. Akkreditlashtirishda bekor qilish haqidagi ma’lum qilinayotgan arizada ko‘rsatilgan muddati tugashi bo‘yicha yangidan berilgan deb hisoblash mumkin. Ekspertiza natijalari ijobiy bo‘lganda akkreditlash ob’ektini joyida baholash uchun komissiya tuziladi. Akkreditlashtiruvchi idora rahbari buyrug‘i bilan Komissiya tayinlanadi. Buyruqda komissiya tarkibi, maqsadi, kuni va joyida baholash o‘tkazish muddatidan tarkib topadi. Komissiya raisi sifat bo‘yicha ekspert-auditor lovazimiga akkreditlangan bo‘lishi shart. Komissiyani tuzishda holisona baholashni o‘tkazish uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va layoqatliligi hisobga olinadi. Komissiyada zaruriyat bo‘lgan holatlarda ya’ni komissiyaga ekspert-auditor rahbarligi ostida ishlovchi texnikaviy ekspertlarni jalb qilish mumkin. Komissiya rahbari ob’ektlar va baholash mezonlari tarkib topgan Baholash rejasini ishlab chiqadi va akkreditlashtiruvchi idora rahbari yoki bunga vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Buyruq va baholash rejasi baholashni o‘tkazishgacha tanishish uchun arizachiga taqdim etiladi. Joyida akkreditlash ob’ektini baholashda arizaga taqdim etilgan ob’ektning haqiqiy holatini hujjatlarga muvofiqligi va talabgorning vazifalarni bajarish layoqatlari tekshiriladi. Komissiya akkreditlash ob’ektining muvofiqligini o‘rnatilgan akkreditlashtirish mezonlariga bilan baholash rejasiga muvofiq o‘tkazadi. Baholashning davomiyligi bir oydan oshmasligi lozim. Akkreditlash ob’ektini joyida baholash natijalari akkreditlashtirish qoidalarida o‘rnatilgan shakl bo‘yicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaga komissiyaning barcha a’zolari imzo chekadilar. Komissiya xulosasi bilan komissiya a’zolaridan qandaydir kelishmovchiliklar bo‘lgan holatlarda, yozma ravishda e’tirozlar ya’ni baholash dalolatnomasiga ilova qilinib berilishi mumkin. Akkreditlashtiruvchi idora arizachi tomonidan taqdim qilingan hujjatlar ekspertizasining natijalarini tahlil qilib, baholash dalolatnomasi, dalolatnoma bo‘yicha fikr va xulosalar, arizachi taqdim qilgan fikrlar barchasi tekshirilganidan so‘ng akkreditlash Kengashiga ko‘rib chiqish uchun qaror loyihasini tayyorlaydi. Kengash 15 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda qaror loyihasini, hamda arizachi va komissiya taqdim qilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va akkreditlash haqida, yoki akkreditlashni bekor qilish haqida qaror qabul qiladi. Kengash akkreditlashni bekor qilgan holatda akkreditlash ob’ektiga akkreditlashtirish talablari nomuvofiqligi va bildirilgan fikr-mulohazalarni bartaraf etishi uchun bir oy muddat beradi. Agarda qayta baholashda akkreditlashtirish talablari nomuvofiqligi va bildirilgan fikr-mulohazalari yana takrorlansa, Kengash akkreditlashtirishni bekor qilish haqida yakuniy qororni qabul qiladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling