Sezgi deganda nimani tushunasiz?


SHaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni


Download 179 Kb.
bet37/62
Sana16.04.2023
Hajmi179 Kb.
#1359391
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62
Bog'liq
psixologiya bbb

SHaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni. SHaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo’ladi.
Faoliyat o’zi nima? Faoliyat inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq o’zgartirishga yo’naltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning o’ziga xos shaklidir. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko’ra belgilanadi.
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to’g’ri tashkil etish lozim. Lekin ko’p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo’ladi.

Temperament tiplari va ularning xususiyatlari haqida tushuncha bering
T.I.xolerik, melanxolik, sangvinik, flegmatik,.
Temperament - shaxs faoliyati, xulq -atvorining tezligi va hissiy tomonini ifodalovchi shaxsning barqaror xususiyatlari yig`indisi. Tevarak - atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalarga bir xil odamlar tez va engillik bilan, bir xillari shoshmasdan va qiyinchilik bilan, boshqalari esa sust va befarq bo`ladilar, yana bir xillari keskin va g`ayratli, ayrimlari esa bir xil maromda va mulohazali bo`ladilar. Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo`ladigan individual xususiyatlardir. Temperament - lotincha “aralashma” yoki qismlarning nisbati, degan ma`noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo`zg`aluvchanligi va umumiy harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig`indisi. Temperament - inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo`lishi. Temperament his -tuyg`ularning paydo bo`lish tezligi va kuchida hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo`ladigan individual - psixologik xususiyatlarining majmuidir. Temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlarning asosiy belgilari:
1) temperamentning ayni bir xil xususiyatlari, xuddi bir odamning o`zida faoliyatning har xil turlarida va har turli maqsadlarda namoyon bo`ladi;
2) temperamentning xususiyatlari odam hayotining butun davomida va ma`lum bir qismida barqaror va o`zgarmasdir;
3) mazkur odamdagi temperamentning turli xususiyatlari bir - biri bilan tasodifiy birlashgan bo`lmay, balki bir - biri bilan qonuniy bog`langan bo`lib, bu xususiyatlar temperament tiplarini ifodalovchi muhim tuzilmani hosil qiladi.
Temperamentning xususiyatlari deganda, bir inson psixik faoliyati tezligini belgilovchi psixikaning barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda, motivlarda va maqsadlarda nisbatan o`zgarmaydi, hamda temperament tipini ifodalovchi tuzilmani tashqil qiladi.
Introversiya - Ayzenk tomonidan shaxs tipini ifodalash uchun kiritilgan tushuncha bo`lib, kamgaplik, odamovilik, boshqalarga e`tiborsizlik, o`z-o`zini tahlil qilishga moyil kishilarga nisbatan qo`llaniladi.
Melanholik - temperament tipi, tez ta`sirlanuvchan, arzimagan hodisalar haqida, chuqur qayg`uradigan kishilar.
Oliy nerv faoliyati tipi - oliy nerv faoliyati xususiyatlarining (kuchi, harakatchanligi, muvozanati) barqaror yig`indisi.
Sangvinik - temperament tipi, harakatchan, taassurotlari tez o`zgarishga moyil, muloqotga kirishuvchan, faol kishilar.
Flegmatik - temperament tipi, hissiy holatlari kuchsiz ifodalanadigan, barqaror, sekin harakat qiladigan kishilar.
Xolerik - temperament tipi, kuchli his-hayajon, tez - tez o`zgarib turuvchi kayfiyat, muvozanatsiz asab tizimi va umumiy harakatchanlikka ega kishilar.
 Sangvinik - yuksak reaktivlik. Bo`lar - bo`lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo`lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo`r qo`zg`alish bilan javob beradi. Imo - ishoralari va harakatlari yaqqol ko`rinib turadi. Uning aft - basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo`lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to`playdi. Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorug`lik qo`zg`ovchilarni payqamaydi. Xolerik - xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. SHuning uchun u tinimsiz o`zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va ko`proq qotib qolgan. SHuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo`r qat`iylik bor, diqqatini kuchirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga etkazadi. Flegmatik - senzitivligi sust, hissiy qo`zg`aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Hamma bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko`ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo - ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. g`ayrati, ishchanligi bilan ajralib turadi. YUksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. CHidamliligi, matonati, o`zini tuta bilish bilan ajralib turadi. Harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Melanholik - yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko`ra, ko`zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig`laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O`ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug`iladigan bo`lsa, qo`lini yuvib qo`ltigiga urib qo`ya qoladi. g`ayratsiz, qat`iy emas. Diqqati tez chalg`iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertirovanlik xususiyatiga ega.


Download 179 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling