Sezgi deganda nimani tushunasiz?


Shaxsning e'tiqodi va dunyoqarashi


Download 179 Kb.
bet34/62
Sana16.04.2023
Hajmi179 Kb.
#1359391
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
Bog'liq
psixologiya bbb

Shaxsning e'tiqodi va dunyoqarashi 
Jahon psixologiyasi ma'lumotlarining ko’rsatishicha, xulq-atvorning muhim 
motivlaridan biri bo’lib e'tiqod shisoblanadi. Ba'zi manbalarda unga mana bunday 
ta'rif berilgan: e'tiqod-shaxsni o’z qarashlariga, prinsiplariga, dunyoqarashiga 
muvofiq tarzda qarorga kelishga undaydigan muhim motivlar tizimidir. Bosha 
so’z bilan aytganda, e'tiqod shaklida namoyon bo’ladigan eshtiyojlarning 
mazmuni-bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar va ularning 
muayyan tarzdagi tushunilish demakdir. Bu bilimlar falsafiy, estetik, tabiiy-ilmiy nuqtai nazardan tartibga solinsa va ichki uyushgan tizimi tashkil etilsa, u taqdirga shaxsning dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi maqsadga muvofiq. 
Psixologiya fani dunyoqarashning shakllanish jarayonini tadqiqot qiladi, 
ijtimoiy tarixiy taraqqiyot hodisalarining to’g’ri basholanishini, evolyusion 
yo’sinda tarkib topishini, axloqiy prinsiplar, didlar yuz berishini, tabiat 
hodisalariga va jamiyatning qonuniyatlariga nisbatan qarashlarning shakllanisi 
qay tariqa yuz berishini va boshqalarni aniqlaydi.
 Motivasi. Motivasiya va motivlarning nazariy muammolari 
Motiv va motivasiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai 
nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o’ziga xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo’lib, ularning negizida ilmiy pozisiyalar va konsepsiyalar moshiyati jishatdan farqlanuvchi g’oyalar va 
yo’nalishlar mujassamlashdi.

Faoliyat haqida tushuncha. Faoliyatning turlari haqida izoh bering.
T.I Faoliyat, o`yin, o`qish, mehnat.
Faoliyat - odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik.
Faoliyat – bu sub’ektning olam bilan o‘zaro ta’sirlashuvining rivojlanuvchi tizimi. Bunday o‘zaro ta’sir jarayonida psixik tasvirning yuzaga kelishi va uning ob’ektda ifodalanishi, shuningdek, sub’ektning voqelik bilan o‘z munosabatlarini ro‘yobga chiqarishi sodir bo‘ladi. Faoliyatning istalgan oddiy akti sub’ekt faolligining ifodalanish  shakli bo‘lib hisoblanadi, bu esa, har bir faoliyatning undovchi sabablarga ega bo‘lishi va ma’lum natijalarga erishishga yo‘naltirilishini bildiradi.
Shunday qilib, faoliyatni odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik sifatida ta’riflash mumkin.
Muloqot - shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - inson bo‘lish, odamlarga o‘xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. SHaxs o‘z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.
O‘yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi. Bola toki o‘ynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab etolmaydi.
O‘qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol o‘ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi.
Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishdir.

Download 179 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling