Sezgi deganda nimani tushunasiz?
Xotiraning xotira haqida tushuncha bering
Download 179 Kb.
|
psixologiya bbb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Esda saqlash
Xotiraning xotira haqida tushuncha bering.
T. Esda olib qolish, esga tushirish, xotira turlari xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir. Xotirasiz inson «abadiy go‘daklik holatida» qolgan bo‘lar edi (I.M. Sechenov). S.L. Rubinshteyn ta’kidlaganidek: «Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo‘lar edik. O‘tmishimiz kelajak uchun o‘lik bo‘lardi. Hozirgi zamon kechmishiga ko‘ra o‘tmishda badar yo‘qolardi».[1] Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘ziga xos xususiyati uning atrof-olamni bevosita aks ettirishga yo‘nalmaganligi, moddiy jismlar va hodisalar bilan ish eritmasligidan iborat. Jismlar olamini aks ettirish idrok va tafakkurda amalga oshiriladi. Xotira qabul qilingan obraz va tushunchalarni «ikkinchi aks ettirish» bilan ish ko‘radi. otira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi: - yodda saqlash tezligi – axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan takrorlashlar soni; - unutish tezligi – esda qolganlarning xotirada saqlanish muddati; - yodda saqlash hajmi – insonning ma’lum vaqt ichida esda olib qolishga qodir bo‘lgan jismlar yoki dalillar soni; - o‘zlashtirilganlarni yodda saqlash davomiyligi – insonning zarur axborotni ma’lum vaqt oralig‘ida yodda olib qolish qobiliyati; - qayta tiklash aniqligiinsonning xotirada saqlanib qolgan axborotni aniq saqlash, asosiysi esa, aniq ishlab chiqish qobiliyati; - xotira shayligi – talab etilganlarni darhol esga tushirish malakasi. Esda saqlash – bu idrok qilingan ma’lumotni eslab qolish va esda saqlash jarayoni. Bu jarayonning kechish darajasiga ko‘ra, eslab qolish ikki turga bo‘linadi: ko‘zlanmagan (ixtiyorsiz) va ko‘zlangan (ixtiyoriy). Ixtiyorsiz esda olib qolish – bu hech qanday vositalarsiz va kuchlarni namoyon qilmasdan bemaqsad eslab qolish. Masalan, o‘rmondagi sayr yoki spektakl tomoshasidan so‘ng eslab qolish uchun ma’lum maqsadni ko‘zlamagan bo‘lsakda, taassurotlarimizdan ko‘proq qismini yodimizga tushirishimiz mumkin. Inson uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan, uning qiziqishlari va ehtiyojlari, faoliyatining maqsad va vazifalaribilan bog‘liq bo‘lgan, barchasining esda saqlanib osonroq kechadi. Shuning uchun ixtiyorsiz eslab qolish ma’lum ma’noda tanlab o‘tkazish xususiyatiga ega va bizning atrofdagilarga bo‘lgan munosabatimiz bilan belgilanadi. Download 179 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling