Sezgi deganda nimani tushunasiz?
Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari
Download 179 Kb.
|
psixologiya bbb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv psixologiyasi haqida. T.I. Avtoritar,liberal,demokratik
Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari
Ma’lumki, sezgilar faqatgina tashqi ta’sirlar natijasida hosil bo‘lmay, balki organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv tizimining u yoki bu qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo‘ladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Sezgilarning nerv – fiziologik asosini qo‘zg‘atuvchining o‘ziga aynan o‘xshaydigan analizatorga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan nerv jarayoni tashkil qiladi. SHuningdek, sezgilarning nerv fiziologik asosini o‘rganishda I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi. Ko‘rish sezgilarining organi ko‘z hisoblanib, u ko‘z soqqasi undan chiqib keladigan ko‘ruv nervlaridan tashkil topgan bo‘lib, ko‘z soqqasini tashqi tomirlari va to‘r pardalari o‘rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo‘lmagan oq qismi sklera yoki qotgan qattiq parda deb nomlanadi. Uning old tomoniga joylashgan bir muncha qavariq qismi tiniq mugus parda bo‘lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko‘z ko‘k, qora kabi jilva beradi. Rangdor pardaning o‘rta qismida yumaloq tiniq modda bo‘lib, uni qorachig‘ deb ataymiz va u orqali ko‘z ichiga yorug‘lik nurlari kiradi. Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo‘lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi tonli, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topadi. Tonlardan biri asosiy ton hisoblanib, u tovushning balandigini, kuchini belgilaydi, boshqalari keluvchi tovushlar sanalib, ular obertonlar deyiladi. Musiqa asboblaridan taralayotgan tovushlarning o‘ziga xosligi fan tilida tembr deb ataladi. Hatto nutq tovushlari ham ohangli tovushlar (unli tovushlar) yoki shovqinlardan (undosh tovushlar) tashkil topgan bo‘ladi. Boshqaruv psixologiyasi haqida. T.I.Avtoritar,liberal,demokratik Rahbar va xodim munosabatlari, guruhdagi psixologik muhit, mehnat jamoasi faoliyatining samaradorligi ko’p jihatdan rahbar qo’llaydigan boshqaruv uslubiga bog’liq. Boshqaruv uslubi – rahbarning o’z xodimlariga nisbatan, ular orasida ishni tashkil etish bo’yicha qo’llaydigan odatiy xatti-harakatlari majmuasidir. Hozirga kelib boshqaruv fanida boshqaruv uslubini farqlashga turli yondoshuvlar mavjud bo’lib, ularning hech biri boshqaruv vaziyatiga mos keluvchi mukammal bir uslubni tavsiya etolmaydi. Har bir uslub albatta bironta cheklanishga ega. Quyida rahbarlik uslubiga turli yondoshuvlar haqida qisqacha izoh berib o’tamiz va bu matndan rahbar o’z faoliyatida uchraydigan vaziyatdan kelib chiqqan holda, muvofiq keluvchi usullar majmuasidan birontasini qo’llash haqida xulosa chiqarishi mumkin. Tizimli yondoshuv tamoyiliga asoslanish boshqaruv uslubi mavzusiga bir muncha to’la tahlil berishi mumkin. Bunga binoan, qo’llanilayotgan boshqaruv uslubi tashkilot hayoti, uning oldiga qo’ygan maqsad va birlamchi ravishda amalga oshirilayotgan vazifalariga mos kelishi kerak. Tizimli yondoshuvga binoan rahbar o’zi boshqarayotgan tizimni yaxshi bilishi, uning holatini to’g’ri baholashi, kelajakdagi qiyofasini tasavvur eta olishi hamda o’zgarishlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xodimlarni faollikka jalb eta olishi lozim. Demokratik boshqaruv uslubida jamoadagi do’stona munosabatlar rivojlanadi, rahbar guruh faolligi tarafdori, rasmiy tizimda shaxsiy manfaatlar xam nazarda tutilib, muloqot yuritishga keng yo’l ochib beriladi. Liberal boshqaruv uslubida esa rahbar jamoadagi norasmiy tizimni rivojlantiradi va muvaffaqiyatga erishishda rasmiy, ma`muriy shakldan ko’ra jamoaning norasmiy munosabatlari ustun qo’yiladi. Tashkilotda yangi kommunikaciya tarmoqlari yaratilishiga keng yo’l ochiladi va hatto bunday tashabbus ijobiy baholanadi. Xodimlar ish me`yorini o’zlari o’rnatishadi va uning bajarilgani uchun o’zlari mas`uldirlar. Xodimlar o’rtasida hamkorlik munosabati ustun turadi. Jamoa tavakkalga mushohada bilan bemalol boradi, har qanday qiyin vazifani ham yengil bajaradi. Yuqorida aytib o’tilgan uch xil boshqaruv uslubi jamoada turlicha muhitni yaratadi. Avtoritar rahbarlik uslubida guruhda hokimlikka intilish namoyon bo’ladi, mansabga ruju qo’yiladi, demokratik uslubli jamoada xodim uni tan olishlarini, hurmat va obro’ qozonishni istaydi va nihoyat, liberal uslubli jamoada muvaffaqiyatga erishish istagi ustun bo’ladi. Sanab o’tilgan rahbarlik uslublari jamoadagi mehnat samarasi uchun turlicha asos yaratadi. Download 179 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling