Sezgi deganda nimani tushunasiz?
Download 179 Kb.
|
psixologiya bbb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakat xotirasi
- Obraz li xotira
Ixtiyoriy esda saqlash maqsadsiz esda saqlashdan insonning o‘z oldiga ma’lum maqsad qo‘yib, yod olishning maxsus usullarini qo‘llashi bilan farqlanadi. Ixtiyoriy esda saqlash yod olish vazifasiga bo‘ysungan o‘ziga xos murakkab aqliy faoliyatdir. Matarialni esda olib qolish usulariga yod olish kiradi, uning mohiyati o‘quv materialini to‘liq va xatosiz yod olmagunicha ko‘p marta takrorlashdan iborat. Masalan, she’r, qoida, ta’rif, qonunlar, formulalar, tarixiy sanalar va boshqalarni yod olish. Xotiraning navbatdagi jarayoni – yodda saqlab qolish. Bu idrok qiingan ma’lumotni ma’lum muddatgacha esda saqlab qolishdan iborat bo‘lgan xotira jarayoni. Esda saqlab qolish xotira jarani sifatida o‘zining qonuniyatlariga ega. Masalan, esda saqlab qolishning dinamik va statik bo‘lishi aniqlangan.
Xotira turlarining mana shu to‘rt xilining xususiyatlarini keltiramiz. Harakat xotirasi – bu turli harakatlar yoki tizimlarini esda olib qolish, saqlash va eslash. U, masalan, piyoda yurish, mashinani boshqarish, raqs tushish va boshqalarda turli harakatli malaka va ko‘nikmalarning shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Emotsional xotira – bu boshdan kechirilgan sezgi va emotsional holatga nisbatan xotira. Hissiyotlar doimo ehtiyoj va qiziqishlarimizning qanday qoniqtirilayotgani, atrof-olam bilan munosabatlarimiz qanday amalga oshirilayotgani haqida xabar berib turadilar. Boshdan kechirilgan va xotirada saqlanib qolgan sezgilar harakatga boshlovchi yoki o‘tmishda salbiy kechinmalarni uyg‘otgan harakatdan tutib qoluvchi xabarlar sifatida namoyon bo‘ladi. Obrazli xotira – bu tasavvurlar, tabiat va hayot manzaralari, shuningdek, ovoz, hid, ta’mlarga nisbatan bo‘lgan xotira. U ko‘rish, eshitish, tuyish, hid bilish va ta’m bilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ba’zaneydetik xotira – ba’zi individlarning(eydetiklar) avval idrok qilingan jism va sahnalar o‘ta to‘laqonli va obrazini esda saqlash va eslash qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlar uchrab turadi. Eydetikobrazlar jismning mavjud emasligida yuzaga kelib, oddiy tasavvurga xos bo‘lmagan izchil ko‘rgazmalilik xususiyatiga ega bo‘lishi bilan tasavvurlarga o‘xshash bo‘ladi. Download 179 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling