Sf usulida papavеrina gidroxloridni miqdoriy tahlili


§ 1. “Optik” diapazondagi spektral qurilma asbob-uskunalari


Download 0.96 Mb.
bet2/12
Sana05.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#213589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MUSTAQIL TALIM DVITU Rasulov Sobit


§ 1. “Optik” diapazondagi spektral qurilma asbob-uskunalari

16). “Optik” diapazondagi (emissiyali spektroskopiya, atom-absorbsiyali spektrometriya, olov fotometriyasi) spektral qurilmalarning konstruksiyalari xodimlarning elektr tokidan shikastlanishlari, ularning to‘satdan termik va ultrabinafsha nurlar ta’sirida kuyishlari, zaharli bug‘lardan (gaz) zaharlanishlari, elektromagnit to‘lqinlardan nurlanishlarining oldini olishi lozim.

17) “Optik” diapazondagi spektral qurilmalar GOST 12.2.008.0-91 01-toifa talablariga ko‘ra insonni elektr tokidan shikastlanishidan himoya qilish usullariga ega bo‘lishi lozim.

18). Ushbu qurilmalarni yerga ulash uchun 0,5 Om dan kam bo‘lmagan qarshilikka ega bo‘lgan alohida yerga ulanuvchi kontur qilinishi lozim.

19) Spektrni qo‘zg‘atuvchi manbalardan (elektr yoyi, uchqun, olov) ish hududlari havosiga ruxsat etilgan chegara konsentratsiyasidan oshiqcha miqdorda ozon, azot oksidlari, metall ajralib chiqishi hamda inson organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatishi oldini olish, shuningdek elektromagnit nurlanishdan himoya qilish va ultrabinafsha nurlar ta’sirida kuyishning oldini olish maqsadida spektrni qo‘zg‘atuvchi har bir manba ichki tomonda havoni so‘rib olish uskunalari va himoya ekranlari bilan jihozlangan moslamalar (quti) joylashtirilishi lozim.

20) Qutilar ovoz yutuvchi va elektr tokini o‘tkazmaydigan xususiyatga ega materiallardan bajarilgan bo‘lib, metall setkalar yoki yerga ulanish uchun qisqich bilan mahkamlangan tunuka bilan qoplangan bo‘lishi lozim. Qutilarning o‘lchami unga shtativlar va analiz qilinayotgan namunalarning erkin joylashishlari lozim bo‘lgan shaklda tanlanadi. Birmuncha katta gabaritli namunalarni o‘rnatishda elektr tokini o‘tkazuvchi qismlar bilan qutining eng yaqin devorlari orasidagi masofa kamida 50 mm bo‘lishi lozim. Qutidagi elektrsizlanish ustidan nazorat olib borishga mo‘ljallangan teshiklar qora oyna bilan yopilishi lozim.

Quti so‘rib oluvchi ventilatsiya bilan birlashtiriladi. Spektral qurilma generatorining korpusi ham spektrni qo‘zg‘atuvchi manbani tashqi tomondan o‘rab turuvchi quti singari u yerga ulanadi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling