Sf usulida papavеrina gidroxloridni miqdoriy tahlili


§ 4. Suyultirilgan, qizib turgan gaz balloning qurilmalari


Download 0.96 Mb.
bet4/12
Sana05.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#213589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MUSTAQIL TALIM DVITU Rasulov Sobit


§ 4. Suyultirilgan, qizib turgan gaz balloning qurilmalari

1)Siqilgan, suyultirilgan va aralash qizib turgan gaz solingan gaz ballonlarini gaz ballonlarning sig‘imidan qat’i nazar, laboratoriya binosining tashqarisiga, metall shkaflarga o‘rnatilishi lozim, metall shkaflar shamollatish uchun jalyuziga o‘xshash panjaralari va kesilgan joylarga ega bo‘lishi lozim.

2). Ballonlarni birinchi qavat devorlariga joylashtirishda ular eshik va derazadan kamida 0,5 m masofada, pastki va podval qavati devorlariga, shuningdek kanalizatsiya quduqlari va chuqurlariga joylashtirishda deraza va eshiklardan 3 m masofada o‘rnatilishi lozim.

Ballonlarni xonadan zaxira (yong‘in vaqtida) chiqish joylariga, bino asosiy old tomoniga va transport serqatnov o‘tish joylariga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ballon joylashtirilgan shkaflar hamda qulflanadigan kojuxlardagi ballonlar yonmaydigan tagliklarga o‘rnatilishi lozim, taglik balandligi yer sathidan kamida 0,1 m bo‘lishi lozim.

3). Har bir ballon qurilmasi gaz bosimini kamaytirib turuvchi regulyatorga (reduktor) ega bo‘lishi lozim.

4). Ballonlarni gaz asbobiga ulash rezina gazlamali shlanglar asosida amalga oshirilishi lozim. Gazoprovod rezina gazlamali shlangdan ishlanganda yaxlit bo‘lak qilib 10 m dan oshiq bo‘lmagan uzunlikda bajarilib, devorlarga maxsus skobalar bilan mahkamlanishi lozim. Gazoprovod, asbob hamda reduktorga ulangan joylardagi shlanglarga burmali uchliklar kiydirilib, birikmaning ishonchli va germetik bo‘lishini ta’minlash uchun metall xomutlar yordamida mahkamlanishi lozim. Sim xomutlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ballonlarni gaz asboblari bilan ulashda foydalaniladigan rezina gazlamali shlanglar davlat standartlari talablariga mos kelishi lozim, gaz ballon qurilmalarini montaj qilish ishlarini o‘tkazayotgan tashkilot esa ushbu ishlarning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi lozim.

Rezina gazlamali shlanglarda rezinalarning tashqi qatlamlariga shikast yetkazilgan joylari bo‘lmasligi lozim.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling