Sf usulida papavеrina gidroxloridni miqdoriy tahlili
§ 5. Suyuq azotli Dyuar idishlari
Download 0.96 Mb.
|
MUSTAQIL TALIM DVITU Rasulov Sobit
§ 5. Suyuq azotli Dyuar idishlari 5) Qaynash harorati t = -198°S bo‘lgan suyuq azot rentgen-radiometrik apparatlar yarim o‘tkazgich detektorlarini sovutishda foydalaniladi. Undan foydalanishdagi xavf suyuq azotning inson badaniga tushishda barcha darajali kuyish jarohatlarini olish bilan bog‘liqdir. Dyuar idishi ikki devorli sig‘imdan iborat bo‘lib, ikkala devor oralig‘idagi bo‘shliq vakuumlashtirilgan va ko‘p qatlamli izolatsiya (alyuminiy folgasi) bilan to‘ldirilgan. Uzoq vakuum holatini saqlab turish maqsadida devorlar oralig‘idagi bo‘shliqda absorbent va vodorod yutuvchi joylashgan. Bo‘shliq og‘zi lenta bilan mahkamlangan, zanglamaydigan po‘latdan ishlangan silfondan tashkil topgan. 6)Dyuar idishi bo‘sh holatda ham suyuq azot solingan holatda ham barcha turdagi transport vositalarida tashilishi mumkin. Avtomobil transportida tashishda faqatgina yuk ko‘tarish quvvati 1500 kg dan oshiq bo‘lmagan avtomashinalarda tashishga ruxsat etiladi. Istisno tariqasida, yuk ko‘tarish quvvati 3500 kgdan oshiq bo‘lmagan maxsus avtomobillarda tashishga ruxsat etiladi. Har qanday yo‘nalishda idishlarni transportda tashish vaqtida tayanch yuzasiga nisbatan joyini o‘zgartirish qayd qilinishi lozim. Avtomobil kuzovini ichkaridan amortizatsiya beruvchi materiallar, jumladan g‘alvirak rezina, namat, porolon (poliuretandan hosil qilingan yengil elastik material) joylashtirilgan uyalar bilan jihozlash tavsiya qilinadi. Samolyot va vertolyotda tashilgan vaqtda idishlarga 50% sig‘imda suyuq azot solinishi lozim. Idishlarni qiya va gorizontal holatda tashish taqiqlanadi. Idish bilan birgalikda yo‘lda harakatlanganda qattiq qoplamali yo‘llarda yer usti transportining tezligi 80 km/soatdan oshmagan holda, tuproqli yo‘llarda yo‘l profili va qoplamaning yoki tuproqli yerning holatiga bog‘liq holda 40 km/soatdan oshmagan tezlikda harakatlanish lozim. Idishlarni foydalanishga tushirishga qadar xonalarda (isitiladigan va isitilmaydigan) saqlash lozim. Idishlarni xonadan tashqarida saqlashga ruxsat etiladi. Bunday hollarda idishlar zavod tomonidan tayyorlangan upakovkada ayvon tagida saqlanishi lozim. Idishlarni kislota va ishqor suvlari bug‘lari bilan to‘yingan atmosfera sharoitida saqlashga ruxsat etilmaydi. Idishlarni saqlash va tashish vaqtida ular vertikal holatda bo‘lishi lozim. 86. Analizator detektorini to‘ldirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: apparatura detektor blokining qopqog‘ini ochish; dastlab ikki vintni buragan holda detektor blokining yon devorini chiqarib olish; detektor blok stoliga shlang uzunligini detektor blokida turgan Dyuar idishi qopqog‘i teshigigacha yetishini hisoblab chiqqan holda maxsus voronkani mahkamlash; shlang oxirini Dyuar idishi teshigiga 5—10 sm kiritish; maxsus voronkani Dyuar idishidan suyuq azot bilan to‘ldirish; voronkadan suyuq azot oqib chiqqanidan keyin detektorlovchi blokda turgan Dyuar idishini to‘ldirgunga qadar voronka suyuq azot bilan to‘ldirilishi lozim. Dyuar idishini to‘ldirish suyuq azotning Dyuar idishi bo‘g‘zidan har tomonga intensiv oqishi bo‘yicha belgilanadi; detektor bloki stolidan maxsus voronkani olib tashlash va shlang oxirini idish qopqog‘i teshigidan chiqarish faqatgina shlang va voronkalarning suyuq azotdan to‘liq bo‘shaganidan keyingina amalga oshirish lozim. 7). Dyuar idishlari bilan ishlashda quyidagi xavfsizlik choralarini ko‘rish lozim: Dyuar idishi og‘zini biror-bir tiqin bilan yopish taqiqlanadi. Dyuar idishlarining og‘zi faqatgina shtatli qopqoqlar yordamida yopilishi lozim. Idishga suyuq azot solish vaqtida xizmat ko‘rsatuvchi xodim tana yuzasini to‘liq yopib turuvchi maxsus kiyimda, qo‘llarida qo‘lqop va ko‘zoynakda (ayniqsa, organik oynadan ishlangan soyabon) bo‘lishi lozim. Ayniqsa, tananing ochiq qolgan joylarining suyuq azot yoki uning bug‘lari ta’sirida sovutilgan metall detallariga tegib ketishini oldini olish lozim. Suyuq azot solingan idishlar turgan xona aylanuvchi-so‘ruvchi ventilatsiya bilan jihozlanishi lozim. Idishlarga suyuq azot solishda azotning polga to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, suyuq azot polga to‘kilgan hollarda xonani shamollatish choralarini ko‘rish lozim. Suyuq azotning idishdan bug‘lanishining oldini olish maqsadida idishlarni isituvchi asboblar (radiator, pechka) yaqiniga va to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh yorug‘ligiga qo‘ymaslik lozim. Suyuq azotdan foydalanish jarayonida idish kojuxi yuqori qopqog‘i yuzasida paydo bo‘lgan qirov qatlami azotning bug‘lanishini kuchaytirib, vakuum holatining yo‘q bo‘lishiga va azotning to‘kilishiga sabab bo‘lgan hollarda idishni xona sharoitida odamlar kirishini taqiqlagan holda bir sutka davomida qizdirishga qo‘yish lozim. Bu esa idishning portlashi mumkin bo‘lgan holatining oldini olishda zarurdir. V bob. Spektral analiz laboratoriya va punktlarida sozlash va ta’mirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari. Radionuklid manbalar bilan ishlashda avariya holatlarini tugatish 8)Har qanday turdagi spektral qurilmalarda sozlash va ta’mirlash ishlarini bajarishda qurilmaning har xil bloklaridagi elektr kuchlanish manbadan uzilishi lozim. 9). Rentgen spektral qurilmalarda sozlash ishlarini nurlanish kuchi quvvati dozimetrik nazoratini olib borish bilan bir vaqtda minimal rejimda o‘tkazish lozim. Bunda nurlanishning ekspozitsiyaviy kuchi qo‘llar uchun 1,084*10-9 Kl*(kg*s)-1 dan oshmasligi, butun tana uchun esa 1,81*10-10 Kl*(kg*s)-1 dan oshmasligi lozim. 10). Manbaga ulangan rentgen trubkasida nurlanish ehtimollarining oldini olish maqsadida: kanalning ichki hajmiga kirish; kanalning chiqish kollimatoridan detektorni olib tashlash; tirgakning orqa tomonidagi (ariq orqasidagi) plastinka va kojuxlarni olib qo‘yish taqiqlanadi. Kojux va zichlash tizimi rentgen trubkalarida xodimlarni rentgen nurlari ta’sirida nurlanishlaridan ishonchli himoya qiladi. Bu maqsadlarda elektr blokirovka tizimlari rentgen trubkalarini ish faoliyati davomida buzilish sodir bo‘lganda hamda germetik holatlarda elektr manbadan ajratadi. 11). Radionuklid manbalardan foydalanish jarayonida avariyaviy holatlarga quyidagilar kiradi: nurlanish manbalari bloklaridagi biologik himoya qilish sifatining buzilishi; nurlanish manbalarini “ish” holatidan “saqlash” holatiga o‘tkazish mexanizmlari ishlarining buzilishi; nurlanish manbalarining asboblar bloklaridan tushishi; nurlanish manbai germetikligining buzilishi; radionuklid manbalar va ularning bloklarining yo‘q bo‘lishi. 12)Avariyaviy holatlar vujudga kelganda: odamlarni nurlanish manbalari bloklari o‘rnatilgan hududdan olib chiqish; dozimetrik nazorat yo‘li bilan ekspozitsiyaviy kuch quvvati 3 k 3v*soat-1 yoki 30 mk Rentgen*soat-1 dan oshgan radiatsiyaviy xavfli hududni aniqlash; radiatsiyaviy xavfli hududlar chegarasiga to‘siqlar va radiatsiyaviy xavflilik to‘g‘risidagi ogohlantirish belgilarini qo‘yish; avariyaviy holatlar vujudga kelganda zudlik bilan yuqori turuvchi tashkilotga, joylardagi ichki ishlar bo‘limiga va sanitariya - epidemiologiya nazorat xizmatiga xabar berish lozim; nurlanish manbalarining yo‘q bo‘lishi bilan bog‘liq avariya holatlarida uni qidirishga qaratilgan choralarni qo‘llash lozim. 13)Avariya holatlarining kelib chiqishi sabablarini tekshirish va uni tugatish uchun korxona ma’muriyati avariya sabablarini tekshirishi va avariya oqibatlarini tugatishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishi lozim bo‘lgan komissiyani tuzish to‘g‘risida buyruq chiqaradi. Komissiya avariya oqibatlarini tugatish rejalarini tuzadi, ushbu reja joylardagi ichki ishlar bo‘limi va sanitariya - epidemiologiya nazorati xizmati bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. Avariya oqibatlari tugatilgan hududda ishlarni qaytadan boshlashga faqatgina sanitariya - epidemiologiya xizmatining roziligi bilangina ruxsat etiladi. Papavеrin gidroxloridning maksimum nur yutilishi 310 nm da solishtirma nur yutish ko’rsatkichini hisoblash kеrak. Hisoblash quyidagi formula bo’yicha olib boriladi: Bu еrda S- tеkshiriluvchi modda konsеntratsiyasi, (100 ml da g miqdorda); l - qatlam qalinligi, sm; D – tеkshiriluvchi eritmaning optik ko’rsatkichi; Nur yutilishining molyar koeffitsiеntini solishtirma nur yutish koeffitsiеnti bo’yicha quyidagi formuladan foydalanib hisoblash mumkin: Prеparat haqida qisqacha ma'lumot. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling