Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


hissiyotga berilish ma’rifatchilar nazdida oddiy zamin kishisi uchun


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

hissiyotga berilish ma’rifatchilar nazdida oddiy zamin kishisi uchun 
xos emas, buyuk shaxslar uchun esa uning ijtimoiy dunyoqarashini 
xiralashtiruvchi xususiyat deb topilgan. Shu sababli ma’rifatchilar yoki 
zaminga yaqin janrlarga yoki yuksak janr - tragediyaga ko'proq 
murojaat qilganlar. Ma’rilatchilar XVII asr klassitsizmining qolip tu.>inj


olgan qonuniyatlarini tanqid qilganlar, uning estetikasini sifat jihatdan 
o'zgartirganlar, unga zulmga qarshi g ‘oyalar, ma’rifatparvarlik 
ohanglarini kirgizganlar. Volterning «Edip», «Brut», Shillerning 
«Messinlik kelin» tragediyalari, Gyotening «Ifigeniya Tavridda» dramasi 
shu jihatlari bilan e ’tiborga molik.
Ma’rifatchilik davri adabiyotidagi novatorlik faqat yangi fikrda 
emas, yangi shaklda ham namoyon bo‘ldi. Ma’rifatchilar mavjud 
shakllarga yangi ko‘rinish, yangi mazmun baxsh etdilar. Drama janri 
rivoji yangi bosqichga ko‘tarildi. Klassitsizm dramasining yuqori 
(tragediya) va quyi (komediya) janiga qo‘yadigan talablaridan chetga 
chiqildi, drama qahramonlari oddiy kishilar, mavzusi esa zamonaviyligi 
bilan xarakterlanadi.
Ma’rifatchilik davri adabiyotining asosiy janri - roman vujudga keldi. 
Ma’rifatchilik romani erkin janr bo‘lib, qat’iy talablarga bo‘ysunmas, 
makon va zamonda chegaralanmagan, asosiy tasvir obyekti real voqelik 
va shaxslar edi. Roman janri, ayniqsa, Angliyada muvaffaqiyat qozondi. 
J.Sviftning «Gulliveming sayohati», D.Defoning «Robinzon Kruzo» 
romanlari ushbu janming imkoniyatlarini namoyish qildi.
Adabiyotdagi ma’rifatchilik deb nom olgan bu bosqich nazariy- 
estetik jihatdan olg‘a tashlangan qadam bo‘ldi, badiiy nasrda yangi 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling