«Qur’ondan iqtibos», «Andrey Shene», «Vakxik qo'shig'i», «18-
oktabr», «Faustdan sahna», «Stenka Razin haqida qo'shiq» asarlari
vujudga keladi. Shu yerda «Lo'lilar» asarini tamomlaydi. «Yevgeniy
Onegin» she’riy romani, «Boris Godunov» tragediyalari ustida ish
olib boradi.
Pushkinning «Boris Godunov» tragediyasi uning ijodi yangi
yo'nalishga kirganidan dalolat beradi, asarlarida realistik uslubga
moyillik ko'zga tashlana boshlaydi. Shekspir ta’sirida yozilgan ushbu
asarda Pushkin klassik tragediyaga yangicha ruh olib kiradi,
klassitsizmning «uch birlik» qonunidan dadil voz kechadi, she’riy va
nasriy sahnalarni uyg'unlashtira biladi, jonli xalq tili leksikasidan erkin
foydalanadi. Ayni paytda tarix haqiqatiga sodiqlikka, qahramonlar
xarakterini butun murakkabliklari, ziddiyatlari bilan namoyon qilishga
intiladi.
Pushkin davming ijtimoiy masalalaridan ham chetda turmadi, 1826-
yilgi Rossiyadagi dekabristlar qo'zg'olonida shaxsan ishtirok etmagan
bo'lsa-da, dekabrist do'stlari harakatiga befarq qaramadi. Pushkin chin
hassos ijodkor sifatida erkinlik, haqiqat, umuman, ezgulik tarafdori
edi, u har qanday ko'rinishdagi zulmga qarshi edi. Shu sababli shoh
g'azabiga duchor bo'lgan do'stlariga chin dildan hamdard bo'ladi.
Shu tariqa uning «Sibirga», «Arion» kabi she’rlari vujudga keladi.
Pushkinning bu davrda yaratilgan «Sezgi», «Uch kalit» kabi she’rlari
inson hayotining ma’nosi, taqdirini yaratish uchun kurash va ayni
paytda taqdiri azal oldidagi ojizlik tuyg'ularini ifodalaydi.
20- yillarning ikkinchi yarmida Pushkin «Yevgeniy Onegin» ustidagi
ishini davom ettiradi. Romanning birinchi to'liq nashri 1833- yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |