troyaliklarning sardori Gektoming o'limi bilan yakunlanadi.
«Iliada» qadimgi yunon qabilalari hayotini aks ettiradi. Albatta,
ko'proq urush davri hayoti aks etgan, unda o ‘lim, o'lim oldi holatlari,
yaradorlik azoblarining realistik tasvirini kuzatish mumkin. Biroq
ko’proq alohida olingan qahramonlar o ‘rtasidagi jang tasvirlariga keng
o'rin beriladi. Bu janglar tasviri qanchalar mahorat bilan berilgan
bo‘lmasin, urushning dahshatli mohiyatini oqlay olmaydi. Gomer urush
shafqatsizliklarini ham yashirmaydi. U zo'ravonlikning yovuz mohiyati,
g'oliblaming shafqatsizliklarini ochib tashlaydi. Gektoming xotini
Andromaxa bilan jang oldidan vidolashuvi, malika Gekubaning
marsiyasi, Priam shohining Axill chodirida iltijo qilishi kabi epizodlar
tuyg'ulaming haqqoniyligi bilan ajralib turadi.
«Iliada» voqealari 51 kun davom etadi. Bulardan voqealar
tasvirlanmasdan faqat ular to'g'risida xabar berilgan kunlami chiqarib
tashlash kerak (masalan, axeyliklar yurtidagi vabo, habashistonliklar
huzurida olimpiyaliklaming bazmi, qahramonlami ko‘mish marosimi,
Axillning Gektomi haqorat qilishi, Gektor gulxani uchun o ‘tin yig‘ish).
Shu tariqa «Iliada»da Troya urushining oxirgi 9 kuni aks etadi.
ODISSEYA
«O disseya»ning asosiy m azm unini Troya urushidan s o ‘ng
Odisseyning Itakaga qaytib kelishi tashkil qiladi. Bu jarayon juda
uzoq davom etgan, 10 yil vaqtni olgan. IX—XII qo‘shiqlarda Odissey
o ‘zining Troyadan chiqib ketgach uch yil davomidagi sayohatlarini
hikoya qiladi.
Boshida Odissey o ‘z hamrohlari bilan yowoyi odamlar — kikonlar
orasiga tushib qoladi, keyin bir ko‘zli sikloplar maskaniga borib qoladi,
u yerda odamxo‘r siklop Polifem Odisseyning bir necha hamrohlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |