Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


olimlar tomonidan har ikki asarni ham bir muallif yozganligi shubha


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

olimlar tomonidan har ikki asarni ham bir muallif yozganligi shubha 
ostiga o lin a d i. Har ikki d oston d a ham qadim gi afsonalar, 
«sayyohlaming hikoyalari» va miken davri guvohlarining hikoyalari 
yig‘ilgan, biroq ayni paytda sujetning puxtaligi va xarakterlar tasviridagi 
haqqoniylik bu asarlami og'zaki epik ijod namunalaridan farqlaydi. 
«Iliada» muallifi loniyadan chiqqan va asarini Troya urushining boy 
materiallari asosida yozgan bo Isa kerak. «Iliada» dostoni voqealari


bir necha hafta ichida ro‘y beradi, biroq o'quvchi troya urushining 
butun tarixini biladi deb hisoblanadi. «Odisseya» ayni shu muallif 
yoki uning shogirdi tomonidan keyinroq yozilgan bo‘lsa kerak, degan 
qarash ham mavjud. «Odisseya» qahramonlari o'rtasidagi munosabatlar 
chigalroq, uning qahramonlari «Iliada» qahramonlariga nisbatan bir 
qadar hayotiyroq. Muallif Sharqiy 0 ‘rta Yer dengizi mamlakatlarini 
iwda chuqur bilishini namoyish qiladi. Dostonlar o'rtasida mantiqiy 
y.iqinlik ham mavjud. Biroq «Odisseya» o'ziga xosligi, sujetning 
puxlaligi va originalligi bilan ajralib turadi.
Qadimgi yunonlar Gomemi sevib o‘qiganlar. 0 ‘z davrida ham 
uning naqadar shuhrat qozonganligini Shimoliy Qora dengiz sohillarida 
qo'lga kiritilgan topilma misolida ham ko‘rish mumkin. Bu sohillarda 
qadimda antik davrda gullab-yashnagan yunon mustamlakalari 
joylashgan. U yerda tosh parchasi topilgan, unda «Iliada» dan 
«Yulduzlar tarqadi...» deb boshlanuvchi she’riy satr so'zlari o ‘yib 
yozilgan. Yozuv tugatilmagan va xatolari bo‘lganligi tufayli olimlar 
uni mustaqil ijodni endi boshlagan tosh yo‘nuvchi yoki uning shogirdi 
bitgan, deb hisoblaydilar. Biroq miloddan oldingi II asrga mansub bu 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling