yetadi.
Yunon yozma adabiyoti mif — asotirlar, rivoyatlar zaminida vujudga
kelgan. Ushbu rivoyat va asotirlarda ma’budlar Olimp tog'ini makon
qilib olganlar, u yerdan turib butun koinotni boshqaradilar. Asotirlar
yunonlaming ko‘pxudolilik davriga oid tushuncha va e ’tiqodlarini
aks ettiradi, ularda xudolar insonlar qiyofasida namoyon bo‘ladilar
Olimp ma’budalari tabiatning hamma yerida yashab, uni boshqarib
turadila* Zevs — yunonlaming eng muqaddas, bosh xudosi, osmon,
momaqaidiroq, chaqmoq va yomg‘ir sultoni, uning ukasi Poseydon
- «yemi tebratuvchi» dengizlar hukmroni, Aid — yer osti saltanati,
oxirat xoqoni, Dionis - vinochilik, Gera (Zevsning rafiqasi) — osmon
ma’budasi, ma’budalar malikasi, hoxnilador xotinlar, kelin-kuyovlar
rahnamosi, Geraning o ‘g‘li Gefest — otash ma’budi, temirchilar piri,
ikkinchi o ‘g‘li Ares - qonli urushlar ma’budi, Apollon - yorug‘lik,
san’at, sh e’riyat va musiqa ma’budi, ulug‘ kohin va yoyandoz,
Artemida — oy ma’budasi, o'rmonda yashovchi jonzotlarning homiysi,
Zevsning miyasidan dunyoga kelgan Afina - urush, g'alaba, san’at,
bilim va donolik ma’budasi, shaharlar homiysi, Olimpning qizi Afrodita
dastlab hosil, keyinchalik sevgi va go‘zallik, ayni paytda dengiz
sayohatchilarining homiysi, uning shumtaka o ‘g‘ilchasi Erot ishq-
muhabbat m a’budi, Zevsning parizod Mayyadan tug'ilgan o ‘g‘li
Germes — ma’budalar jarchisi, badantarbiya ishlarining rahnamosi,
to ‘rt oppoq uchar ot qo‘shilgan oltin aravaga o'tirib ko‘kka parvoz
etuvchi quyosh ma’budi — Geliosdir.
Bu o ‘n ikki ma’buddan tashqari yana bir qancha ma’budalar
mavjud. Ularning hayoti xuddi insonlarnikiga o ‘xshaydi, tuyg‘u-
Do'stlaringiz bilan baham: |