Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


namoyon qildi. Uyg‘onish davrining buyuk namoyandalari inson


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

namoyon qildi. Uyg‘onish davrining buyuk namoyandalari inson 
shaxsini ulugMaydilar, uning qadr-qim m ati, h is-tu y g ‘ularini 
qadrlaydilar, qoloq urf-odatlarga qarshi chiqadilar, ruh erkinligini 
yuqori qo‘yadilar. Uyg‘onish davri vakillarini gumanistlar ham deb 
ataganlar. Gumanistlar antik adabiyotga alohida hurmat bilan 
qaraganlar. Ular Rim va yunon adabiyotiga yuqori baho berganlar, 
ijodda ular yaratgan ch o‘qqilarga intilganlar, unutib yuborilgan 
qadimgi qo‘lyozmalami qidirib topganlar, yunon va Rim shoirlari 
asarlarini, Gomer dostonlarini nashr qilganlar. G'arbiy Yevropada 
tashkil qilingan universitetlarda qadimgi — lotin, grek, yahudiy tillari 
o'qitilgan.
Ayni paytda uyg‘onish davri ijodkorlari yaratgan asarlarda antik 
adabiyot an’analari realistik elementlar bilan uyg‘unlashadi. Bu zamin 
kishisi hayotidan olingan vaziyatlar, hayotiy obrazlar, insoniy 
kechinmalaming tabiiyligi kabilarda ko‘zga tashlanadi. Uyg‘onishning 
boshlanishi Italiyada namoyon bo‘ldi, uning ilk yirik vakili Dante 
hisoblanadi. Keyinchalik Petrarka she’rlari, Bokachcho hikoyalarida 
bu davrga xos asosiy belgilar — mavhum ramziy obrazlar o‘mini realistik 
obrazlar egallashi, voqelikni asliga muvofiq tasvirlashga intilish kabilar 
ko'zga tashlandi. Bu harakat keyinchalik butun Yevropaga yoyildi, 
Leonardo da Vinchi, Albrext Dyurer, Jordano Bruno, Kopemik, Rable 
va Servantes kabi yirik mutafakkir va ulug‘ yozuvchilami yuzaga keltirdi.
Renessans G ‘arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari mada- 
niyatidagi o ‘rta asrlardan yangi davrga o ‘tish bosqichini anglatadi. 
Nemis faylasufi Gegel «Falsafa tarixi»da Uyg'onish davrini «tong 
yog‘dusi» deb atagan edi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling